Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Гиалуронидаза
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
3000 МЕ
Производитель
Петровакс Фарм,НПО,ООО,Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Shamchalar
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Longidaza®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) bovgialuronidaza azoksimeri (bovhyaluronidasum azoximerum)
Kimyoviy nomi N-oksid 1,4-etilenpiperazin va (N-karboksimetil)-1,4-etilenpiperazi-niy bromidi sopolimeri bilan gialuronidaza kon'yugati
Dori shakli
vaginal va rektal suppozitoriylar.
Tarkibi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol modda bovgialuronidaza azoksimeri (Longidaza®) - 3000 XB;
yordamchi modda kakao moyi - 1,3 g vaznli suppozitoriy olingunicha.
Ta'rifi torpedasimon, kuchsiz o‘ziga xos kakao moyi xidiga ega, och-sariq rangli suppozitoriylar, bo‘yalishi marmarlik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
ferment vosita.
ATX kodi V03AX.
Farmakologik ta'siri
Farmakodinamika
si
Longidaza® uzoq muddat ta'sir etuvchi gialuronidaz (fermentativ) faollikka, xelatlovchi, antioksidant, immunomodulyator va o‘rtacha ifodalangan yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega.
Fermentning uzoq muddatli ta'siriga, fermentni o‘zining farmakologik faolligiga ega bo‘lgan fiziologik faol yuqori molekulali tashuvchi (azoksimer) bilan kovalent bog‘lanishi orqali erishiladi. Longidaza® fibrozga qarshi xususiyatlarni nomoyon qiladi, yallig‘lanishning o‘tkir bosqichini kechishini susaytiradi, yallig‘lanish mediatorlari (interleykin-1 va o‘sma nekrozining - alfa omili) sintezini boshqaradi (dastlabki darajasiga qarab, oshiradi yoki pasaytiradi), gumoral immun javobni va organizmning infektsiyalarga bo‘lgan rezistentligini oshiradi.
Longidaza®ning yaqqol fibrozga qarshi ta'siri gialuronidazaning tashuvchi bilan kon'yugatsiyasi orqali ta'minlanadi, bu fermentning denaturatsiya qiluvchi ta'sirlarga va ingibitorlarning ta'siriga chidamliligini axamiyatli oshiradi Longidaza® ning fermentativ faolligi 37oS gacha isitilganida 20 sutka davomida saqlanadi, ayni paytda tabiiy (nativ) gialuronidaza esa, shunday sharoitlarda o‘z faolligini bir sutka davomida yo‘qotadi. Longidaza® preparatida bir vaqtda proteolitik ferment gialuronidaza va matriks komponentlarining gidrolizida ajralib chiquvchi ferment ingibitolrlari va kollagen sintezining stimulyatorlarini (temir, mis ionlari, geparin va boshq.) bog‘lash qobilyatiga ega bo‘lgan tashuvchining lokal mavjudligi ta'minlanadi. Ko‘rsatilgan xususiyatlari tufayli, Longidaza® nafaqat biriktiruvchi to‘qimaning fibroz-granelumatoz xosilalarida matriksni depolimerizatsiya qilish, balki biriktiruvchi to‘qimaning komponentlarini sinteziga yo‘naltirilgan teskari boshqaruv reaktsiyasini susaytirishqobilyatiga xam egadir.
Testikulyar gialuronidazaning spetsifik substrakti biriktiruvchi to‘qima matriksining asosini tashkil qiluvchi glikozaminoglikanlar (gialuron kislotasi, xondriotin, xondriotin-4-sulfat, xondriotin-6-sulfat) xisoblanadi. Depolimerizatsiya natijasida (S1 atsetilglyukozamin va S4 glyukuron yoki induron kislotalari orasidagi bog‘ning uzilishi) glikozaminoglikanlar o‘zlarining asosiy xususiyatlarini o‘zgartiradilar qovushqoqlik kamayadi, suv, metall ionlarini bog‘lash xususiyati kamayadi, to‘qima to‘siqlarining o‘tkazuvchanligi vaqtinchalik oshadi, xujayralararo bo‘shliqda suyuqlikning xarakati yengillashadi, biriktiruvchi to‘qimaning elastikligi oshadi, bu to‘qimaning shishini kamayishi, chandiqlarni yozilishi, bo‘g‘imlarda xarakat xajmini oshishi, kontrakturalarni kamayishi, va ularning shakllanishini oldini olinishi, bitishma jarayonini kamayishida nomoyon bo‘ladi. Biokimyoviy, immunologik, gistologik va elektron-mikroskopik tadqiqotlarda, Longidaza® ni normal biriktiruvchi to‘qimani shikastlamasligi, balki fibroz soxasidagi tarkibi va tuzilishi bo‘yicha o‘zgargan biriktiruvchi to‘qimaning destruktsiyasini chaqirishi isbotlangan.
Longidaza® mutagen, embriotoksik, teratogen va kantserogen ta'sirga ega emas.
Preparat patsiyentlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi, maxalliy va umumiy allergik reaktsiyalar aniqlanmagan.
Operativ davolash vaqtida yoki undan keyin Longidaza®ni terapevtik dozalarda qo‘llash, operatsiyadan keyingi davrning kechishini yomonlashishini yoki infektsion jarayonning o‘sishini chaqirmaydi; suyak to‘qimasining tiklanishini sekinlashtirmaydi.
Farmakokinetikasi
Suppozitoriylarning farmakokinetikasini eksperimental tekshirish, rektal yuborilganida preparatni organizmda taqsimlanishning yuqori tezligi bilan xarakterlanishini, tizimli qon oqimiga yaxshi so‘rilishini va qondagi maksimal kontsentratsiyasiga 1 soat o‘tgach erishilishini aniqlash imkonini bergan. Yarim taqsimlanish davri - taxminan 0,5 soat, yarim chiqarilish davri 42 soatdan 84 soatgachani tashkil etadi. Asosan buyrak orqali chiqariladi.
Preparat barcha a'zolar va to‘qimalarga kiradi, shu jumladan gematoentsefalik va gematooftalmik to‘siqlar orqali o‘tadi. To‘qimalarda to‘planmasligi aniqlangan.
Longidaza® preparati rektal yuborilganda biokiraolishligi yuqori taxminan 90% ni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda monoterapiya ko‘rinishida va biriktiruvchi to‘qimaning giperplaziyasi bilan, shu jumladan yallig‘lanish jarayoni fonida xam, birga kechuvchi kasalliklarni majmuaviy davolash tarkibida
• urologiyada surunkali prostatit, interstitsial nefrit, uretra va siydik yo‘llarining strikturalari, Peyroni kasalligi, prostata bezini xavfsiz giperplaziyasining boshlang‘ich bosqichi, uretra, qovuq, siydik yo‘llaridagi jarrohlik aralashuvlaridan keyingi chandiqlar va strikturalarni xosil bo‘lishini oldini olish;
• ginekologiyada ichki jinsiy a'zolarning surunkali yallig‘lanish kasalliklarida, ginekologik muolajalardan, shu jumladan sun'iy abortlar, ilgari o‘tkazilgan kichik chanoq a'zolaridagi jarrohlik aralashuvlaridan keyingi kichik chanoqdagi bitishma jarayoni (oldini olish va davolash); bachadon ichki sinexiyalari, bachadon naycha-peritoneal bepushtlik, surunkali endomiometrit;
• dermatovenerologiyada cheklangan sklerodermiya, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infektsiyalarning fibroz asoratlarini oldini olish;
• jarrohlikda qorin bo‘shlig‘i a'zolaridagi operativ aralashuvlardan keyingi bitishma jarayonini oldini olish va davolash;
• pulmonologiya va ftiziatriyada pnevmofibroz, sideroz, tuberkulyoz (kavernoz-fibroz, infiltrativ, tuberkulema), interstitsial pnevmoniya, fibrozlovchi alveolit, plevrit;
• urologiya, ginekologiya, dermatovenerologiya, xirurgiya, pulmonologiya va boshqalarda antibakterial davolashning biokiraolishini oshirish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Longidaza®suppozitoriylari 3000 XB rektal yoki vaginal qo‘llash uchun sutkada bir marta kechasiga 10 dan 20 martagacha yuborish kursi bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga suppozitoriylarni faqat rektal yuborish kerak.
Kattalarga va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga 1 suppozitoriydan sutkada 1 marta ichak tozalanganidan keyin rektal yuborish buyuriladi.
Kattalarga 1 suppozitoriydan sutkada 1 marta (kechasiga) vaginal yuborish buyuriladi, suppozitoriy qinga yotgan xolatda kiritiladi.
Yuborish sxemasiga kasallikning og‘irligi, bosqichi va kasallikning davomiyligiga qarab, tuzatish kiritiladi Longidaza®kunora yoki 2-3 kunlik tanaffuslar bilan buyuriladi.
Tavsiya qilingan sxemalar va dozalar
• urologiyada 1 suppozitoriydan kunora 10 marta yuboriladi, keyin har 2-3 kundan keyin 10 marta yuboriladi, umumiy kurs 20 suppozitoriyni tashkil etadi.
• ginekologiyada rektal yoki vaginal 1 suppozitoriydan har 2 kundan keyin 10 marta yuboriladi, keyin zarurati bo‘lganida erishilgan samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash buyuriladi.
• dermatovenerologiyada 1 suppozitoriydan har 1-2 kundan keyin 10-15 marta yuboriladi.
• xirurgiyada 1 suppozitoriydan har 2-3 kundan keyin 10 marta yuboriladi.
• pulmonologiya va ftiziatriyada 1 suppozitoriydan har 2-4 kundan keyin 10-20 marta yuboriladi.
Zarurati bo‘lganida Longidaza® ning takroriy kursi uch oydan keyin yoki 1 suppozitoriydan 5-7 kunda 1 marta 3-4 oy davomida uzoq muddatli bir maromda ushlab turuvchi davolash tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush reaktsiyalar tez-tezligi quyidagi tasnif bo‘yicha keltirilgan juda tez-tez ≥ 10%; tez-tez ≥ 1% va < 10%; tez-tez emas ≥0,1% va < 1%; kam hollarda ≥ 0,01% va < 0,1%; juda kam hollarda < 001%.
Juda kam hollarda – preparatning komponentlarigi individual ravishda sezuvchanlik bilan bog‘liq qizarish, shish, perianal sohani qichishi, vaginal qichishish kabi mahalliy reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• gialuronidaza asosida bo‘lgan prpeparatlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• o‘pkadan qon ketish va qon tupurish;
• shishasimon tanaga yangi qon quyilishi;
• xavfli o‘smalar;
• o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (klinik tadqiqotlar natijalari mavjud emas);
• homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Surunkali buyrak yetishmovchiligi va anamnezida o‘pkadan qon ketishlari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan haftada 1 martadan ortiq bo‘lmagan miqdorda qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Longidaza® preparati antibiotiklar, viruslarga va zamburug‘larga qarshi preparatlari, bronxolitiklari bilan majmuada buyurish mumkin. Boshqa dori vositalari (antibiotiklar, mahalliy anestetiklar, diuretiklar) bilan majmuada buyurilganida, ularni biokiraolishini oshishi va ta'sirini kuchayishi mumkinligini hisobga olish kerak. Salitsilatlarning katta dozalarini, kortizon, adrenokortikotrop gormoni (AKTG), estrogenlar yoki antigistamin preparatlarni bilan birga qo‘llanganda, Longidaza® preparatini ferment faolligikamayishi mumkin.
Longidaza® preparati furosemid, benzodiazepin, fenitoin saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qabul qilganda hamisha ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ko‘rsatmalariga rioya qiling.
Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa, maslahat olish uchun shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Infektsiya o‘choqlarini zo‘rayishi fonida qo‘llanganida, infektsiyaning tarqalishini oldin olish uchun mikroblarga qarshi vositalar fonida buyurish kerak.
Nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarga ham taalluqlidir, davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak. Ko‘z bilan ko‘ringan yaroqsizlik belgilari bo‘lsa (o‘ramni defekti, suppozitoriyani rangi o‘zgarishi) preparat ishlatilmasin.
O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun preparatni odatdagi tartibda qo‘llash kerak (ikki barobar dozasini qabul qilmang).
Longidaza® preparatini bekor qilish zarurati bo‘lganda, dozani asta-sekin kamaytirmasdan qabul qilishni darhol to‘xtatish mumkin.
Homiladorlik va emizish
Homilador va emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas (qo‘llash bo‘yicha klinik tajriba mavjud emas).
Preparatni transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta'siri
Longidaza® preparati qo‘llanganda transport vositalarini, mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga va yuqori diqqat va psiximotor reaktsiyalarni tezligini talab qiluvchi boshqa ish turlariga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishining simptomlari et uvishishi, haroratni oshishi, bosh aylanishi, gipotenziya bilan nomoyon bo‘lishi mumkin.
Davolash preparatni yuborish to‘xtatiladi va simptomatik davolash buyuriladi.
Chiqarilish shakli
Vaginal va rektal suppozitoriylar 3000 XB.
5 suppozitoriydan polivinilxlorid plenkali kontur uyali o‘ramda. Bir, ikki yoki to‘rtda kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2oS dan 15oS gacha haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqaruvchi va qayd qilish guvohnomasini egasi
«NPO Petrovaks Farm» MChJ
Yuridik manzili/Iste'molchilarning e'tirozlarini taqdim qilish uchun manzil
Rossiya Federatsiyasi, 142143, Moskva viloyati, Podolskiy rayoni,
Pokrov qish., Sosnovaya ko‘ch., 1 uy, tel/faks(495) 926-21-07,
info@petrovax.ru.
e'tirozlarini taqdim qilish uchun tel. (495) 730-75-45,
adr@petrovax.ru
Ishlab chiqaruvchi/Qadoq (birlamchi o‘ram)
Rossiya Federatsiyasi, 115598, Moskva sh.,Zagorevskaya ko‘ch., 10 uy, 4 korp.,
tel./faks (495) 329-17-18.
Ikkilamchi (iste'molchilar) o‘ram/Sifat nazoratiga ma'sul
Rossiya Federatsiyasi, 142143, Moskva viloyati, Podolskiy rayoni,
Pokrov qish., Sosnovaya ko‘ch., 1 uy, tel/faks(495) 926-21-07.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“FAGUSAL» MChJ
100005, Toshkent sh., Mirobod tumani, Inokobod berk ko‘ch. №1, 7A uy
Tel. + 998 71 2911198, + 998 71 2833071
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.