Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Midokalm tab. 150mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Толперизон
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
150 мг
Производитель
Gedeon Richter PLC
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
1. DORI PREPARATINING NOMI
Midokalm® 50 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Midokalm® 150 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
XPN Tolperizon
2. SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI
Midokalm 50 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka 50 mg tolperizon gidroxloridi saqlaydi.
Midokalm 150 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka 150 mg tolperizon gidroxloridi saqlaydi.
Yordamchi moddalarning ro‘yxati - 6.1. bo‘limga qarang.
3. DORI SHAKLI
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Midokalm plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 50 mg oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida “50” gravirovkasi bo‘lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan, o‘ziga xos hidli tabletkalar.
Midokalm plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 150 mg oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida “150” gravirovkasi bo‘lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan, o‘ziga xos hidli tabletkalar.
4. KLINIK XUSUSIYATLARI
4.1.
Qo‘llanilishi
• Organik nevrologik kasalliklarda (piramid yo‘llarini shikastlanishi, tarqoq skleroz, serebrovaskulyar buzilishlar, miyelopatiya, entsefalomiyelit va hokazolarda) skelet mushaklarini patologik yuqori tonusini shoshilinch yoki uzoq muddat davolash.
• Tayanch-harakat apparati kasalliklari (masalan, spondilyoz, spondiloartrit, bo‘yin (tservikal) va lyumbal sindromlar, yirik bo‘g‘imlarning artrozi) bilan birga kechuvchi mushak gipertoniyasi va mushak spazmlarini davolash.
• Ortopediya va travmatologiyada jarrohlik aralashuvlardan keyin tiklovchi davolash.
• Qon tomirlarini innervatsiyasini oqibatida yuz beruvchi qon tomirlarning obliteratsiyalovchi kasalliklari, shuningdek sindromlarni (masalan, akrotsianoz, o‘zgarib turuvchi angionevrotik disbaziya) davolash.
• Pediatriya amaliyotidagi spetsifik ko‘rsatmalar mushak distoniya bilan kechuvchi Littl kasalligi va boshqa entsefalopatiyalarda qo‘llaniladi.
4.2.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar
Shaxsiy ehtiyoj va patsiyent tomonidan preparatni o‘zlashtira olinishiga qarab, sutkada 150-450 mg ni tashkil qiladi, 3 marta qabul qilishga bo‘linadi.
Bolalar
Dori vositasi tana vazni 30 kg dan ortiq (10 yoshdan katta) bolalarga tana vazniga 2-
4 mg/kg sutkalik dozada, 3 marta qabul qilishga bo‘lib buyuriladi.
Yuqori bo‘lmagan sutkalik dozalarni hisobga olib, bolalarni davolashda Midokalm 50 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni qo‘llash tavsiya qilinadi. Tabletkalar qismlarga bo‘lish uchun mo‘ljallanmaganligi tufayli, preparatni tana vazni 30 kg va undan ortiq bo‘lgan bolalarga buyurish lozim.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar cheklangan. Ushbu guruh patsiyentlarida nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanishi ancha ko‘proq kuzatilgan. Buyrak faoliyatini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozani titrlash va sinchkov kuzatuv o‘tkazish lozim. Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda tolperizonni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar cheklangan. Ushbu guruh patsiyentlarida nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanishi ancha ko‘proq kuzatilgan. Jigar faoliyatini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozani titrlash va sinchkov kuzatuv o‘tkazish lozim. Jigar faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda tolperizonni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Bolalarda qo‘llanilishi
Tolperizonni bolalarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi yuzasidan ma'lumotlar cheklangan.
Preparatni ovqatdan keyin, bir stakan suv bilan qabul qilish kerak.
Preparatni och qoringa qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki ovqat miqdori yetarli bo‘lmasa, tolperizonning biokiraolishligi pasayishi mumkin.
4.3.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Tolperizonga yoki shunga o‘xshash boshqa kimyoviy moddalarga (eperizonga), shuningdek yordamchi komponentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
-Miasteniya.
-Laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
4.4. Maxsus ogohlantirishlar va qo‘llanganda maxsus ehtiyotkorlik choralari
Bu dori preparati laktoza monogidratini saqlaydi. Galaktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmasligi, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoz malabsorbtsiyasi bo‘lgan patsiyentlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Postregistratsion davrda eng ko‘p o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini rivojlanganligi to‘g‘risida xabar berilgan. Allergik reaktsiyalar yengil teri reaktsiyalaridan og‘ir tizimli reaktsiyalargacha, shu jumladan anafilaktik shokkacha avj olishi mumkin. Allergik reaktsiyaning simptomlari qizarish, toshma, eshakemi, qichishish, angionevrotik shish (Kvinke shishi), taxikardiya, gipotenziya va hansirash.
Boshqa preparatlarga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan yoki anamnezida allergik reaktsiyalari bo‘lgan ayol patsiyentlar yanada yuqoriroq xavfga duch keladilar.
Lidokainga ma'lum o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan hollarda tolperizonni qo‘llash vaqtida, kesishgan reaktsiyalar yuz berishi mumkinligi tufayli, yuqori ehtiyotkorlikka amal qilishlari lozim.
Patsiyentlarga yuqori sezuvchanlikning har qanday simptomlari yuzasidan e'tiborli bo‘lishni tavsiya etish kerak. Agar simptomlar avj olsa, tolperizonni qabul qilishni darhol to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Tolperizonga o‘ta yuqori sezuvchanlik epizodidan keyin tolperizonni takror buyurish mumkin emas.
4.5. Boshqa dori vositalar bilan o‘zaro ta'siri va o‘zaro ta'sirning boshqa shakllari
CYP2D6 marker substrati bo‘lgan dekstrometorfan bilan dori vositalarning farmakokinetik o‘zaro ta'sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar, tolperizonni bir vaqtda qo‘llanishi, asosan CYP2D6 tomonidan metabolizmga uchraydigan dori vositalar (tioridazon, tolterodin, venlafaksin, atomoksetin, dezipramin, dekstrometorfan, metoprolol, nebivalol, perfenazin) ning qondagi miqdorini oshirishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Odam jigari mikrosomalarida va odam gepatotsitlarida o‘tkazilgan laborator tajribalar CYP boshqa izofermentlarini (CYP2B6, CYP2C8, CYP2C9, CYP2C19, CYP1A2, CYP3A4) sezilarli susayishi (ingibirlanishi) yoki induktsiyasini chaqirmagan.
CYP2D6 substratlari va/yoki boshqa preparatlarni bir vaqtda qo‘llanganda tolperizonning turli metabolik yo‘llari borligi tufayli, tolperizonning ta'sirini oshishini taxmin qilinmaydi.
Agar tolperizonni och qoringa qabul qilinsa, uning biokiraolishligi pasayadi.
Garchi tolperizon markaziy ta'sirga ega preparat bo‘lsada, uning sedativ samarasi juda past. Markaziy ta'sirga ega boshqa miorelaksantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda tolperizonning dozasini pasaytirish kerak.
Tolperizon niflumin kislotasining ta'sirini kuchaytiradi, shuning uchun bir vaqtda qo‘llanganda niflumin kislotasining yoki boshqa NYaQV ning dozasini pasaytirishni ko‘rib chiqish kerak.
4.6. Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik
Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda tolperizonning teratogen ta'siri aniqlanmagan. Ahamiyatli klinik ma'lumotlarning yo‘qligi tufayli, homiladorlik vaqtida (ayniqsa birinchi uch oyligida), faqat kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan aniq ustun bo‘lgan hollardan tashqari hollarda Midokalmni qo‘llash mumkin emas.
Emizish davri
Tolperizonni ko‘krak suti bilan chiqarilishi to‘g‘risida tegishli ma'lumotlarning yo‘qligi tufayli, Midokalmni emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
4.7. Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Midokalm avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparatni qabul qilish vaqtida bosh aylanishi, uyquchanlik, diqqatni buzilishi, tirishishlar, ko‘rishni buzilishi yoki mushak kuchsizligi kuzatilgan patsiyentlar shifokorga murojaat qilishlari lozim.
4.8. Nojo‘ya reaktsiyalari
Tolperizon saqlovchi dori vositalarning xavfsizlik profili, preparatni 12 000 dan ortiq patsiyentlar tomonidan qo‘llanishi natijasidagi ma'lumotlar bilan tasdiqlanadi. Bu ma'lumotlarga muvofiq, eng ko‘p teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar, umumiy, nevrologik va me'da-ichak buzilishlari ta'riflangan.
Postregistratsion davrda tolperizonni qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini rivojlanishi to‘g‘risida olingan xabarlarning soni, olingan barcha xabarlarning taxminan 50-60% ni tashkil qilgan. Ko‘pchilik hollarda bular jiddiy bo‘lmagan nojo‘ya reaktsiyalar bo‘lgan. Hayotga xavf tug‘diruvchi allergik reaktsiyalar to‘g‘risida juda kam xabar berilgan.
Nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligi quyidagi toifalarga muvofiq aniqlanadi
Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha)
Kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1 000 gacha)
Juda kam hollarda (<1/10 000), noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholashning iloji yo‘q).
Quyida keltirilgan jadvalda MedDRA bo‘yicha tizim a'zolari sinfida (TAS) kuzatilgan ma'lumotlar bazasiga muvofiq kodlangan nojo‘ya reaktsiyalar ko‘rsatilgan va ularning tez-tezligi keltirilgan
MedDRA bo‘yicha TASTez-tez emas
(>1/1 000 <1/100 gacha)Kam hollarda
(>1/10 000 <1/1 000 gacha)Juda kam hollarda
(<1/10 000)
Qon va limfatik tizimi tomoni-dan buzilishlar Anemiya
Limfadenopatiya
Immun tizimi tomonidan buzilishlarO‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi*
Anafilaktik reaktsiyaAnafilaktik shok
Ovqatlanish va moddalar alma-shinuvi tomoni-dan buzilishlarAnoreksiya
Polidipsiya
Ruhiy buzilishlarUyqusizlik
Uyquni buzilishiFaollikni pasayishi
Depressiya
Nerv tizimi tomonidan buzilishlarBosh og‘rig‘i
Bosh aylanishi
Uyquchanlik Diqqatni buzilishi
Tremor
Tirishishlar
Sezuvchanlikni pasayishi
Paresteziya
Patologik qotib qolishOngni chalkashuvi
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlarKo‘rishni xiralashishi
Eshitish va muvo-zanat a'zolari tomonidan buzilishlarQuloqlarni shang‘illashi
Bosh aylanishi
Kardiologik buzilishlarStenokardiya
Taxikardiya
Yurakni tez urishini his etishBradikardiya
Qon-tomir tizi-mi tomonidan buzilishlarArterial gipotenziyaYuzni patologik qizarishi
Respirator, torakal va mediastinal buzilishlarDispnoe
Burundan qon ketishi
Taxipnoe
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar Qorinda diskomfort
Diareya
Og‘izni qurishi
Dispepsiya
Ko‘ngil aynishiEpigastriya sohada og‘riq
Qabziyat
Meteorizm
Qusish
Gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlarJigar tomonidan yengil buzilishlar
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlarAllergik dermatit
Kuchli terlash
Qichishish
Eshakemi
Toshmalar
Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlarEnurez
Proteinuriya
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlarMushakni kuchsizligi
Mialgiya
Qo‘l-oyoqlarda og‘riqOyoq-qo‘llarda diskomfortOsteopeniya
Tizimli buzi-lishlar va yubo-rish joyidagi asoratlarAsteniya
Lohaslik
Toliqish Mastlik hissi
Qizib ketish hissi
Jizzakilik
Chanqoq Ko‘krak qafasida diskomfort
Laborator tadqiqotlarda aniqlangan normadan siljishlarArterial bosimni pasayishi
Qonda bilirubinning kontsentratsiyasini oshishi
Jigar fermentlari faolligini o‘zgarishi
Trombotsitlar sonini kamayishi
Leykotsitlar sonini oshishiQonda kreatinin miqdorini oshishi
* Postmarketing qo‘llash tajribasi quyidagi reaktsiyalar (tez-tezligi noma'lum) angionevrotik shish (shu jumladan yuzni shishi, shishgan lablar) to‘g‘risida xabarlarni saqlaydi.
4.9.
Dozani oshirib yuborilishi
Midokalmning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘p emas.
Midokalm keng terapevtik intervalga ega.
Toksiklikni o‘rganish bo‘yicha klinika oldi tadqiqotlarda preparatning yuqori dozalari ataksiya, toniko-klonik tirishishlar, dispnoe va nafas falajini chaqirgan.
Midokalmning spetsifik antidoti yo‘q. Doza oshirib yuborilgan hollarda simptomatik va erishilgan samarani ushlab turuvchi davolash tavsiya qilinadi.
5. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
5.1. Farmakodinamik xususiyatlari
Farmakoterapevtik guruhi
markaziy ta'sirga ega miorelaksant,
ATX kodi M03V X04
Tolperizon markaziy ta'sirga ega miorelaksantdir. Tolperizonning ta'sir mexanizmi to‘liq aniqlanmagan.
U nerv to‘qimasiga yuqori yaqinlikka ega bo‘lib, bosh miya ustunida, orqa miyada va periferik nerv tizimida eng yuqori kontsentratsiyalariga yetadi.
Tolperizonning asosiy samarasi spinal reflektor yoylarni tormozlanishi bilan bog‘liq. Ehtimol, bu samara, pastga yo‘nalgan yo‘llar bo‘ylab qo‘zg‘alishni o‘tkazilishini yengillashtirilishini bartaraf etilishi bilan birga tolperizonning terapevtik ta'sirini ta'minlaydi.
Tolperizonning kimyoviy tuzilishi lidokainning tuzilishiga o‘xshash. Lidokain kabi u ham membranani mustahkamlovchi ta'sirga ega va harakatlantiruvchi neyronlar va birlamchi afferent tolalarning elektr qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi. Tolperizon dozaga bog‘liq ravishda harakat potentsialiga bog‘liq natriy kanallari faolligini tormozlaydi. Muvofiq ravishda, harakat potentsialining amplitudasi va tez-tezligi pasayadi.
Harakat potentsialiga bog‘liq kaltsiy kanallariga ham susaytiruvchi samarasi isbotlangan. Membranani mustahkamlovchi ta'siriga qo‘shimcha ravishda, tolperizon shuningdek mediatorni ajralib chiqishini tormozlashi mumkinligi ham taxmin qilinadi.
Shu bilan birga, tolperizon alfa-adrenergik antagonistlarning biroz kuchsiz xususiyatlari va antimuskarin ta'sirga ega.
5.2. Farmakokinetik xususiyatlari
Ichga qabul qilinganidan keyin tolperizon ingichka ichakda yaxshi so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga qabul qilinganidan keyin 0,5-1 soatdan so‘ng erishiladi. Ahamiyatli tizim oldi metabolizmi tufayli, biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil qiladi. Yog‘larni ko‘p miqdorda saqlovchi ovqat peroral buyurilgan tolperizonning biokiraolishligini taxminan 100% gacha oshiradi va preparatni och qoringa qabul qilinganiga qaraganda, cho‘qqi kontsentratsiyasiga erishish vaqtini taxminan 30 minutga kechiktirib, plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasini taxminan 45% ga oshiradi.
Tolperizon jigarda va buyrakda jadal metabolizmga uchraydi. Birikma buyrak orqali metabolitlari ko‘rinishida deyarli to‘liq (99% ortiq) chiqariladi.
Metabolitlarining farmakologik faolligi noma'lum.
Vena ichiga yuborilganidan keyin yarim chiqarilish davri taxminan - 1,5 soatni, ichga qo‘llanganidan keyin esa - taxminan - 2,5 soatni tashkil qiladi.
5.3. Xavfsizlik yuzasidan klinika oldi ma'lumotlari
Farmakologik xavfsizligi, qayta qo‘llash toksikligi, genotoksiklik, reproduktiv faoliyatga toksik ta'sirini o‘rganish yuzasidan klinika oldi tadqiqotlarining ma'lumotlari asosida, odamlar uchun spetsifik xavf aniqlanmagan.
Klinika oldi tadqiqotlaridagi samaralari faqat odam uchun maksimal ruxsat berilgan dozalardan ancha yuqori dozalarda qo‘llanganda kuzatilgan, bu klinik qo‘llash uchun kam ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
Kalamushlar va quyonlarda, preparatni muvofiq ravishda tana vazniga 500 mg/kg va tana vazniga – 250 mg/kg dozalarda peroral yuborilganda embriotoksik o‘zgarishlar kuzatilgan. Biroq bu dozalar odam uchun tavsiya qilingan terapevtik dozalardan ko‘p marta yuqoridir.
6. FARMATSEVTIK XARAKTERISTIKASI
6.1. Yordamchi moddalarnin ro‘yhati

Tabletkaning yadrosi
Limon kislotasi monogidrati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, stearin kislotasi, talk, mikrokristallik sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati
(48,500 mg).
Tabletkaning qobig‘i
Suvsiz kolloid kremniy dioksidi, titan dioksidi (E 171), laktoza monogidrati
(0,392 mg), makrogol 6000, gipromelloza.

(145,50 mg).
Tabletkaning qobig‘i
Suvsiz kolloid kremniy dioksidi, titan dioksidi (E 171), laktoza monogidrati(0,785 mg), makrogol 6000, gipromelloza.
6.2. Nomutanosiblik
Ma'lumotlar yo‘q.
6.3.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
6.4.
Saqlash sharoiti
+15°S dan +30°S gacha haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach, preparat ishlatilmasin.
6.5.
Dorixonalarda berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
6.6. O‘rami
10 tabletkadan PVX/AI folga blisterda.
3 blister ilova qilingan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida
Ishlab chiqaruvchi
va muomalaga chiqarish uchun mas'ul
«Gedeon Rixter» OAJ
1103 Budapesht, Demrei ko‘ch., 19-21, Vengriya

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.