Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Нуклео Ц.М.Ф. Форте капс. №30 (V005##2 521) |
UZS 194 300
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Цитидин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ispaniya
Производитель
Ferrer Internacional S.A.
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Капсулы
Nukleo S.M.F. Forte kaps. №30 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Nukleo s.m.f. forte
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 5 mg sitidin-5-monofosfatining dinatriyli tuzini, uridin-5-trifosfatining trinatriyli tuzi, uridin-5-difosfatining dinatriyli tuzi, uridin-5-monofosfatining dinatriyli tuzini, hammasi bo‘lib 3 mg (1,330 mg toza uridinga to‘g‘ri keladi) saqlaydi;
yordamchi moddalar limon kislotasi, natriy sitrati, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, mannit (E 421)
Ta'rifi oq, gigroskopik kukun saqlovchi moviy rangli qopqoqcha va kulrang korpusli №2 kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
. nerv tizimiga ta'sir qiluvchi vositalar.
ATX kodi N07XX
Farmakologik xususiyatlari
Nukleo S.M.F. Forte o‘z tarkibida markaziy nerv tizimi (MNT) kasalliklarini davolash uchun keng qo‘llaniladigan nukleotidlar sitidin monofosfati (TSMF) va uridin trifosfatini (UTF) saqlaydi.
Biokimyoviy nuqtai nazardan ushbu komponentlarning ta'siri quyidagicha
SMF neyronal membrana, asosan sfingomiyelin – miyelin qobiqning asosiy komponentini shakllantiruvchi lipidlar kompleksining sintezida ishtirok etadi. Shuningdek SMF nuklein kislotalarining (DNK va RNK) o‘tmishdoshi hisoblanadi, u o‘z navbatida xujayra metabolizmining (masalan, oqsil sintezida) asosiy elementa hisoblanadi.
UTF SMF ta'sirini to‘ldirib glikolipidlar, neyronal strukturalar va miyelin qobiqning sintezida koferment sifatida ta'sir qiladi. Bundan tashqari UTF mushaklarni qisqarish jarayonida energiya manbai sifatida ta'sir qiladi.
SMF va UTF asosan miyelin qobiq va boshqa nerv strukturalari asosini tashkil qiluvchi fosfolipidlar va glikolipidlar sintezida ishtirok etadi. Bu jadal metabolik faollikka yordam beradi. Bu o‘z navbatida periferik nervlarni shikastlanishida demiyelinizatsiyani boshqarib miyelin qobiqning regeneratsiya jarayonlariga yordam beradi. Shunday qilib, SMF va UTF ta'sirlarining birlashishi miyelin qobig‘ining regeneratsiyasi, nerv qo‘zg‘alishini to‘g‘ri o‘tkazilishi va mushak trofikasini tiklanishiga yordam beradi.
Nukleo S.M.F. Forte o‘z tarkibida fiziologik mahsulotlar saqlaydi. Undagi ekzogen va endogen komponentlarni miqdoriy aniqlash murakkabligi sababli preparatda klassik farmakokinetik tekshirishlarni o‘tkazish imkoniyati yo‘q. Shuningdek katta radiologik yuklanish sababli radioaktiv nishonlangan mahsulot bilan taxlil o‘tkazish imkoniyati yo‘q.
Qo‘llanilishi
Suyak-bo‘g‘im (ishias, radikulit), metabolik (alkogolli, diabetik polineyropatiya), infektsion (o‘rab oluvchi temiratki) nevropatiyalarini va Bella falajini davolash.
Yuz, uch shoxli nerv, qovurg‘alararo nevralgiya, lyumbagoni davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Nukleo S.M.F. Forte ichga qabul qilinadi.
Kattalar 1-2 kapsuladan sutkada 2 marta.
5 yoshdan oshgan bolalar 1 kapsuladan sutkada 2 marta.
Nukleo S.M.F. Forte ovqatdan oldin yoki keyin qabul qilinishi kerak. Zarurati bo‘lganida kapsulalarni qabul qilish shifokor tavsiyasiga ko‘ra 20 sutkaga uzaytirilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ta'riflanmagan. Yuqori sezuvchanligi bo‘lgan shaxslarda allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Preparatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalarni paydo bo‘lish hollarida shifokor bilan maslahatlashing.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning alohida komponentlariga ma'lum allergik reaktsiyalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi agar shifokor fikricha ona uchun kutilayotgan ijobiy samara homila/bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lsa preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash mumkin.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati nukleo S.M.F. Forte transport vositalarini boshqarish va murakkab mexanizmlar bilanishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Bolalar. preparat 5 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning past toksikligini e'tiborga olib, hatto tasodifan terapevtik doza oshirib yuborilganida ham zaharlanishning ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
15 kapsuladan blisterda, 2 blisterdan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Bolalar olaolmaydigan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili.
Ferrer Internacional, S.A./Ferrer Internacional, S.A.
Gran Via Karlos III, 94, 08028 Barselona, Ispaniya/Gran Via Carlos III, 94, 08028 Barcelona, Spain.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.