Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tridoks krem 15g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бетаметазон, клотримазол, гентамицин
Страна производитель
Индия
Дозировка
15 г
Производитель
Oxfort Lifesciences Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Крем
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tridoks
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) betametazon dipropionati, klotrimazol, gentamitsin sulfati
Dori shakli
krem
Tarkibi
1 g krem quyidagilarni saqlaydi
faol modda 0,5 mg betametazonga ekvivalent betametazon dipropionati, 10,0 mg klotrimazol, 1,0 mg gentamitsinga ekvivalent gentamitsin sulfati.
yordamchi moddalar setostearil spirti, setomakrogol 1000, rangsiz yumshoq parafin, tiniq suyuq parafin, propilenglikol, natriy metabisulfiti, butilgidroksitoluyen, dinatriy etilendiamintetraatsetati, natriy gidrofosfati, natriy digidrofosfati, glitserilmonostearat, metilparaben, propilparaben.
Ta'rifi oq rangli, yumshoq, bir xil krem.
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy ko‘llash uchun majmuaviy kortikosteroidlar.
ATX kodi D07XC01
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antibakterial va zamburug‘larga qarshi (fungitsid) ta'sir ko‘rsatadi.
Gentamitsin - aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega antibiotik, bakte¬ritsid ta'sir ko‘rsatadi. Grammanfiy mikroorganizmlar yuqori sezgir - Proteus spp. (indolmusbat va indolmanfiy), Escherichia coli, Klebsiella spp., Salmonella spp., Shigella spp., Campylobacter spp., Sttaphylococcus spp. (metitsilinrezistentlari). Sezgirlar Enterococcus faecalis, Serratia spp., Pseudomonas spp., Acinetobacter spp., Citrobacter spp. Chidamlilar Neisseria meningitides, Treponema pallidum, anaerob mikroblar Streptococcus spp. (Streptococcus pneumoniae dan tashqari), Enterococcus faecalis, Providencia rettgeri.
Betametazon - GKS, mahalliy yallig‘lanishga qarshi, qon tomirlarni toraytiruvchi, allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Klotrimazol - mahalliy qo‘llash uchun imidazol hosilalari guruhiga mansub zamburug‘larga qarshi vosita. Zamburug‘larning xujayra membranasining tarkibiy qismi bo‘lgan ergosterol sintezini buzishi hisobiga ta'sir ko‘rsatadi. Keng ta'sir doirasiga ega dermatofitlar, mog‘or zamburug‘lari, Candida urug‘i zamburug‘lari, Malassezia furfur, Cotynebacterium minutissimun, Streptococcus spp., Staphylococcus spp., T richomonas vaginalis larga nisbatan samarali.
Qo‘llanilishi
Oddiy va allergik dermatit (ayniqsa ikkilamchi infektsiyalanish bilan asoratlangan), aseptik dermatit (shu jumladan diffuz neyrodermatit), cheklangan neyrodermatit, ekzema, dermatomikozalar (dermatofitiyalar, kandidoz, rangbarang temiratki), ayniqsa chov sohasi va terining katta burmala- rida joylashgan; oddiy surunkali temiratki (cheklangan neyrodermit) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sutkada ikki marta terining shikastlangan sohalariga ko‘p bo‘lmagan miqdorda qo‘yiladi va biroz ishqalanadi. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi va kasallikning nozologik shakli va og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi. Oyoq panjalarining dermatomikozida davolashning o‘rtacha davomiyligi 2-4 haftanitashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Qichishish, achishish, ta'sirlanish, terining quruqligi, follikulit, gipertri¬xoz, steroid xusnbuzar, gipopigmentatsiya, allergik reaktsiyalar. Okklyuzion bog‘lovlar qo‘llanganida - matseratsiya, infektsiyalanish, terining atrofiyasi, striyalar, issiqlik toshmasi. Uzoq muddatli davolashda yoki katta yuzaga qo‘yilganida - tizimli nojo‘ya samaralarini rivojlanishi; tana vaznini oshishi, osteoporoz, AB oshishi, shishlar, MYT shilliq qavatini yaralanishi, infektsiyaning yashirin o‘choqlarini zo‘rayishi, giperglikemiya, qo‘zg‘alish, uyqusizlik, dismenoreya.
Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlik (I uch oyligi), bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, teri tuberkulyozi, sifilisning teri ko‘rinishlari, suvchechak, oddiy gerpes, vaktsinatsiyadan keyingi teri reaktsiyalari, ochiq jarohatlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dorilarning o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.
Turg‘un bakterial yoki zamburug‘li mikro¬flora paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish va muvofiq davolashni buyurish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari giperkortitsizm ko‘rinishlari.
Davolash preparatni asta-sekin bekor qilish. Simptomatik davolash.
Zarurati bo‘lganida - elektrolit buzilishlarni muvofiqlashtirish.
Chiqarilish shakli
15 g dan tubada, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
15°-30°S (59°-86°F) xona haroratida, yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Oksford Laboratoriz Pvt. Ltd.»,
V-306 Kristal Plaza, Nyu Link Roud, Andxeri (Vest), Mumbay 400 053, Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.