Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Glitserin MR rekt. supp. 1.24g №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Глицерол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
1,24 г
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суппозитории ректальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
MR Glitserin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Glitserol
Dori shakli
Rektal suppozitoriylar
Tarkibi
1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol modda glitserol – 1,24 g yoki 2,11 g;
yordamchi moddalar stearin kislotasi, natriy karbonat dekagidrati, polietilenglikol 400.
Ta'rifi tiniq yoki yarimtiniq, deyarli rangsiz yoki sarg‘ish-jigarrang tusli rangli, torpedosimon shaklli suppozitoriylar. Gigroskopik,
Farmakoterapevtik guruhi
Surgi vositasi.
ATX kodi A06AG04
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Surgi vositasi bo‘lib, qotgan ahlat massalarini yumshatadi, ularni yo‘g‘on ichak bo‘ylab o‘tishini yengillashtiradi, ichak shilliq qavatiga qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatib, ichak motorikasini reflektor rag‘batlatlantiradi.
Farmakokinetika
Rektal qo‘llanganda deyarli so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Turli etiologiyali qabziyat, shu jumladan homiladorlik va emizish davrida simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Defekatsiya vaqtida kuchanish mumkin emas bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal qo‘llanadi. Ovqat qabul qilinganidan keyin 15-20 minut o‘tgach buyuriladi.
Suppozitoriylar 2,11 g kattalar va 7 yoshdan oshgan bolalarga – 1 suppozitoriy sutkada 1 marta buyuriladi.
Suppozitoriylar 1,24 g hayotining birinchi kunlaridan boshlab qo‘llashga ruxsat beriladi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1 suppozitoriy sutkada 1 marta uyuriladi.
Zarurati bo‘lganida doza sutkada 2 suppozitoriygacha oshiriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, mahalliy reaktsiyalar (terini qichishishi va achishishi). Uzoq muddat qo‘llanganida – ich kelishi fiziologik jarayonini susayishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, zo‘riqish bosqidagi gemorroy, to‘g‘ri ichak yallig‘lanish kasalliklari va o‘smalari, qorinda sabablari aniqlanmagan og‘riqlarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Glitserin bilan suppozitoriylar rektal qo‘llanadigan dori vositalarning ta'sirini kamaytirishi mumkin. Boshqa rektal preparatlar qo‘llash zarurati bo‘lsa, ular qo‘llash orasida1 soatdan kam bo‘lmagan interval saqlash lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Muntazam qabul qilish tavsiya etilmaydi. Ichakni normal peristaltikasi tiklanganidan keyin davolash to‘xtatiladi. Suppozitoriylarga suyuq yoki quyuq mineral moylarni surkash mumkin emas.
Qo‘llanganda ichakdan suppozitoriylarni qoldiqlari ahlat bilan chiqariladi.
Transport vositalarni, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Preparatni qo‘llash transport vositalarni, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish holatlari noma'lum. Preparat qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma muvofiq qo‘llansa dozani oshirib yuborilishi ehtimoldan uzoq.
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 1,24 g yoki 2,11 g. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda joylanadi. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.