Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Filtrum tab. 400mg №50
Nomi | Narx | |||||
Фильтрум таб. 400мг №50 (70324##2 267) |
UZS 47 600
UZS 49 600
-4%
Экономия UZS 2 000
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Фильтрум таб. 400мг №50 (70324##2 274) |
UZS 47 600
UZS 49 600
-4%
Экономия UZS 2 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Фильтрум таб. 400мг №50 (70324##2 318) |
UZS 47 600
UZS 49 600
-4%
Экономия UZS 2 000
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Лигнин гидролизный
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Дозировка
400 мг
Производитель/Ishlab chiqaruvchi
АВВА РУС, АО,Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Filtrum®
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda gidrolizlangan lignin (100% moddaga hisoblaganda) – 400 mg;
yordamchi moddalar povidon K 17 (polivinilpirrolidon), kaltsiy stearati, natriy kroskarmelloza.
Ta'rifi to‘q-jigarrang rangli, kulrang-jigarrang dog‘lari bo‘lgan, ikki tomonlama qavariq, kapsulasimon shaklli, riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
enterosorbent vosita.
ATX kodi A07VS
Farmakologik xususiyatlari
Filtrum® – yog‘och komponentlarining gidrolizi mahsulotlaridan tashkil topgan tabiiy enterosorbent - lignin polimeri, fenilpropan va gidrotsellyuloza hosilalari uning struktura elementlaridir.
Yuqori so‘rib oluvchi faollikka va nospetsifik dezintoksikatsion ta'sirga ega.
Patogen bakteriyalar va bakterial toksinlar, dori preparatlari, zaharlar, og‘ir metall tuzlari, alkogol, allergenlar, hamda oshiqcha ayrim modda almashinuvi mahsulotlarini, shu jumladan bilirubin, xolesterin, mochevina, endogen toksikoz rivojlanishiga ma'sul bo‘lgan metabolitlarni bog‘lab oladi va organizmdan chiqaradi.
Zaharli emas, so‘rilmaydi, ichakdan 24 soat davomida to‘liq chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Dezintoksikatsion vosita sifatida kattalar va bolalardagi kelib chiqishi turlicha bo‘lgan quyidagi ekzogen va endogen intoksikatsiyalarda qo‘llanadi
-dori preparatlari, alkaloidlar, og‘ir metall tuzlari, alkogol va boshqa zaharlar bilan o‘tkir zaharlanish;
-oziq-ovqat toksikoinfektsiyalari, salmonellyoz, dizenteriya, dispepsiyalarini majmuaviy davolash;
-yaqqol intoksikatsiya bilan birga kechuvchi yiringli-yallig‘lanish kasalliklari;
-giperbilirubinemiya va giperazotemiya (jigar va buyrak yetishmovchiligi);
-oziq-ovqat va dori allergiyasi;
-zararli ishlab chiqarish xodimlardagi surunkali intoksikatsiyani oldini olish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, oldindan maydalangandan keyin, ovqatlanishdan va boshqa dori preparatlarini qabul qilishdan bir soat oldin suv bilan ichish maqsadga muvofiqdir.
Preparatning dozasi yoshga, tana vazniga va kasallikning og‘irligiga bog‘liq, preparat kuniga 3-4 marta qabul qilinadi, o‘rtacha bir martalik dozasi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – ½ tabletka; 1-3 yoshgacha ½-1 tabletka; 4-7 yoshgacha 1 tabletka, 7-12 yoshgacha – 1-2 tabletka; kattalar uchun 2-3 tabletka.
Zarurati bo‘lganida, shifokor tavsiyasiga ko‘ra sutkalik dozani 20-30 g gacha, 3-4 qabulda, oshirish mumkin.
O‘tkir holatlarda davolashning davomiyligi 3-5 kun, allergik kasalliklarda va surunkali intoksikatsiyalarda 14-21 kungacha.
Davolashning qayta kurslari shifokor tavsiyasiga ko‘ra 2 haftadan keyin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam – allergik reaktsiyalar, qabziyat.
Uzoq vaqt qo‘llash vitaminlarning, kaltsiyning so‘rilishini buzilishiga olib kelishi mumkin, shu sababli polivitaminlar va kaltsiy preparatlarini profilaktik qabul qilish tavsiya etiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik. Preparatni me'da va 12-barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayishida ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda ichga qabul qilinadigan ayrim dori vositalarining davolovchi samarasi pasayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat alohida qabul qilish qoidasiga rioya qilinganida, boshqa dori vositalari bilan majmuaviy davolashda qo‘llanishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
10 yoki 15 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va 3 turdagi bosma laklangan alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
10 tabletkadan 1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ram yoki 15 tabletkadan 2 yoki 4 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Qayd etish guvohnomasining egasi
“AVVA RUS” OAJ, Rossiya, 121614, Moskva sh., Krilatskiye Xolmi ko‘ch., 30 uy, 9 korp.
Tel (495) 956-75-54.
www.avva-rus.ru
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
“AVVA RUS” OAJ, Rossiya, 610044, Kirov sh., Luganskaya ko‘ch., 53a uy.
Tel (8332) 25-12-29, (495) 956-75-54
www.avva-rus.ru
Iste'molchilarning e'tirozlarini ishlab chiqaruvchining manziliga yuborilsin
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.