Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Полисорб МП пор.д/приг. сусп. 12г (У01060824##2 387) |
UZS 59 500
UZS 62 000
-4%
Экономия UZS 2 500
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Кремния диоксид коллоидный
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
12г
Производитель
АО Полисорб
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Ichishga mo‘ljallangan suspenziya tayyorlash uchun kukun
Polisorb MP ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun 12g haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Polisorb MP
Ta'sir etuvchi modda (XPN) kolloid kremniy dioksidi
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun
Tarkibi
preparatning bir grammi quyidagilarni saqlaydi
faol modda kolloid kremniy dioksidi 1,0 g
Ta'rifi Oq yoki moviy tusli oq rangli, yengil, hidsiz kukun. Suv bilan aralashtirilganda suspenziyani hosil qiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Enterosorbent vosita.
ATX kodi A07V
Farmakologik xususiyatlari
Polisorb MP (meditsinskiy peroralnыy) - kimyoviy formulasi SiO2 bo‘lgan, zarrachalarining o‘lchami 0,09 mm gacha yuqori dispersiyali kremnezem asosida olingan, anorganik, noselektiv, polifunktsional enterosorbentidir.
Farmakodinamika
si
Polisorb MP yaqqol sorbtsion va detoksikatsion xususiyatlariga ega. Me'da-ichak yo‘llarida preparat turli tabiatga ega bo‘lgan endogen va ekzogen toksik moddalarni, shu jumladan patogen bakteriyalar va bakterial toksinlar, antigenlar, ovqat allergenlari, dori preparatlari va zaharlar, og‘ir metall tuzlari, radionuklidlar, alkogolni bog‘lab oladi va organizmdan chiqaradi. Polisorb MP shuningdek organizmning modda almashuvini ayrim mahsulotlarini, shu jumladan bilirubin, siydikchil, xolesterin va lipid komplekslarini, hamda endogen toksikozni rivojlanishiga mas'ul bo‘lgan metabolitlarni ham sorbtsiyalaydi.
Farmakokinetikasi
Polisorb MP me'da-ichak yo‘llarida parchalanmaydi va so‘rilmaydi va o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-kattalar va bolalarda kelib chiqishi turlicha bo‘lgan o‘tkir va surunkali intoksikatsiyalar;
-har qanday genezli o‘tkir ichak infektsiyalari, shu jumladan ovqat toksikoinfektsiyalari, shuningdek noinfektsion kelib chiqishga ega diareya sindromi, disbakterioz (kompleks davolash tarkibida);
-yaqqol intoksikatsiya bilan kechuvchi yiringli-septik kasalliklar;
-kuchli ta'sir etuvchi va zaharli moddalar bilan, shu jumladan dori preparatlari va alkogol bilan, alkoloidlar, og‘ir metall tuzlari va boshqalar bilan o‘tkir zaharlanishlar;
-ovqat va dorivor allergiyalar;
- va boshqa o‘tkir rivojlanuvchi ekzo- va (yoki) endogen intoksikatsiyalarda (gripp, ORVI);
-gepatitlar va boshqa sariq kasalliklar;
-surunkali buyrak yetishmovchiligi;
-ekologik noxush hududlarda yashovchilarda va zararli moddalarni ishlab chiqarish korxonalari xizmatchilarida profilaktik maqsadlarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Polisorb MP ichga, faqat suvli suspenziya ko‘rinishida qabul qilinadi!
Suspenziyani tayyorlash uchun preparatning kerakli miqdorini 1/4-1/2 stakan suvda yaxshilab aralashtiriladi. Preparatni har gal qabul qilishdan oldin yangi suspenziyani tayyorlash va uni ovqat va boshqa preparatlarni qabul qilishdan 1 soat oldin ichish tavsiya etiladi.
Kattalarda o‘rtacha sutkalik doza 1 kg tana vazniga 0,1-0,2 g (6-12 g) ni tashkil etadi.
Preparat sutka davomida 3-4 marta qabul qilinadi.
Kattalarda maksimal sutkalik doza 1 kg tana vazniga 0,33 g (20 g) ni tashkil etadi.
Bolalar uchun doza tana vazniga qarab hisoblanadi (jadvalga qarang).
Patsiyentning tana vazni Dozasi Suvning hajmi
10 kg gachaSutkada 0,5-1,5 choy qoshiq30-50 ml
11-20 kg1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lmagan” 1 choy qoshiq30-50 ml
21-30 kg1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 1 choy qoshiq 50-70 ml
31-40 kg1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 2 choy qoshiq 70-100 ml
41-60 kg1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 1 osh qoshiq100 ml
60 kg dan ortiq1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 1-2 osh qoshiq100-150 ml
1 “to‘la” choy qoshiq - 1 gramm preparat saqlaydi,
1 to‘la osh qoshiq – 2,5-3 gramm preparat saqlaydi.
Ovqatdan allergiya bo‘lgan hollarda preparat bevosita ovqat qabul qilishdan oldin qabul qilinadi, sutkalik dozani kun davomida 3 marta qabul qilishga bo‘linadi.
Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligiga va qo‘yilgan tashxisga bog‘liq, o‘tkir intoksikatsiyalarda davolash kursi – 3-5 kun; allergik kasalliklarda, surunkali intoksikatsiyalarda davolash kursi 10-14 kungacha davom etadi.
2-3 haftadan keyin shifokor tavsiyasiga ko‘ra takroriy kurslarni o‘tkazish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda allergik reaktsiyalar, dispepsiya, qabziyat. Polisorb MP preparatini uzoq muddat, 14 kundan ortiqroq qabul qilinganida vitaminlarni so‘rilishi buziladi, shu boisdan polivitamin preparatlarni profilaktika maqsadida qabul qilish tavsiya etiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-me'da va 12 barmoq ichakning zo‘rayish bosqichidagi yara kasalligi;
-me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi;
-ichak atoniyasi;
-preparatni individual o‘zlashtira olmaslikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Polisorb MP preparatini boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda, oxirgi vositalarning terapevtik samarasi pasayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
1. Ovqat toksikoinfektsiyasi va o‘tkir zaharlanishlar.
Davolashni Polisorb MP preparatining 0,5-1% li suspenziyasi bilan me'dani yuvishdan boshlash tavsiya etiladi. Og‘ir zaharlanishlarda birinchi sutkalarda me'dani yuvishni zond orqali har 4-6 soatda o‘tkaziladi, shu bilan bir qatorda preparat ichga ham beriladi. Kattalarda bir martalik doza kuniga 2-3 martadan, bemorning tana vazniga 0,1-0,15 g/kg ni tashkil etishi mumkin.
2. O‘tkir ichak infektsiyalari.
Polisorb MP preparati bilan davolashni birinchi soatlarda yoki sutkalarda kompleks davolash tarkibida boshlash tavsiya etiladi. Birinchi sutkalarda sutkalik doza 5 soat davomida qabul qilishlar orasida 1 soatlik interval bilan beriladi. 2-nchi sutkalarda sutkalik doza sutka davomida 4 marta qabul qilishga beriladi. Davolash davomiyligi 3-5 kunni tashkil etadi.
3. Gepatitni davolash.
Gepatitni kompleks davolashda Polisorb MP kasallikning birinchi 7-10 kuni davomida detoksikatsiya qiluvchi vosita sifatida odatdagi dozalarda qo‘llanadi.
4. Allergik kasalliklar.
Dori yoki ovqat genezli (oqibatidagi) o‘tkir allergik reaktsiyalarda avval Polisorb MP preparatining 0,5-1% li suspenziyasi bilan me'dani va ichakni yuvish tavsiya etiladi. so‘ngra preparatni odatdagi dozalarda klinik samaraga erishilguncha beriladi. Surunkali ovqat allergiyasida Polisorb MP preparati bilan 7-10-15 kundan iborat davolash kurslari tavsiya etiladi, preparat bevosita ovqatdan oldin qabul qilinadi.
5. Surunkali buyrak yetishmovchiligi.
Polisorb MP preparati bilan tana vazniga 0,15-0,2 g/kg sutkalik dozada 25-30 kun davomida 2-3 haftalik tanaffus bilan davolash kurslari qo‘llaniladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun.
3 g dan termo qavatli etiketka qog‘ozidan bir marta ishlatiladigan paketlarda. 10 ta bir marta ishlatiladigan paketdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Bir martalik paketlarni guruhlangan o‘ramga joylashga ruxsat beriladi, yo‘riqnomalar paketlar soniga muvofiq joylanadi.
Shuningdek 12/25/50 g dan polistirol, polietilen, polietilenterftalat (PETF) dan, xuddi shunday materialdan qopqoqchalar bilan berkitilgan bankalarda. Bankalarni karton qutiga joylanadi. Davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani o‘ramga joylanadi yoki buklangan varaq ko‘rinishida murakkab etiketkaning harakatlanuvchi qismining ostiga joylanadi yoki murakkab etiketkaning ichki qismiga qo‘yiladi.
Yoxud bankalarni, yo‘riqnomalarni bankalarning soniga muvofiq ravishda joylab, termo joylashtiruvchi plyonkaga o‘ramlanadi yoki yo‘riqnomalarni buklangan varaq ko‘rinishida murakkab etiketkaning harakatlanuvchi qismining ostiga joylanadi yoki murakkab etiketkaning ichki qismiga qo‘yiladi.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
O‘rami ochilganidan so‘ng zich yopiladigan idishda saqlansin.
Suspenziyani saqlash muddati 48 soatdan ko‘p emas.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Polisorb» AJ,
Rossiya, 456652, Chelyabnnsk viloyati, Kopeysk shahri, Tomskaya ko‘chasi, 14 uy
Tel.8-800-100-19-89
Tel./faks (351) 778-91-26
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.