Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Уголь активированный 250мг таб. №10 Ирбитский ХФЗ (880524##2 353) |
UZS 1 400
UZS 1 500
-7%
Экономия UZS 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Уголь активированный 250мг таб. №10 Ирбитский ХФЗ (890524##2 391) |
UZS 1 400
UZS 1 500
-7%
Экономия UZS 100
Stokda yetarli (79)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Уголь активированный 250мг таб. №10 Ирбитский ХФЗ (890524##2 426) |
UZS 1 400
UZS 1 500
-7%
Экономия UZS 100
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Уголь активированный
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
250 мг
Производитель
Ирбитский ХФЗ
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Tabletkalar
Ugol aktivirovanniy tab. 250mg №10 Irbitskiy XFZ haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ugol aktivirovanniy
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) faollashtirilgan ko‘mir
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar faollashtirilgan ko‘mir - 250 mg;
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali - 47 mg.
Ta'rifi qora rangli, yassitsilindrik, biroz g‘adir-budir, riska va faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
zaharlanishda va intoksikatsiyada qo‘llanadigan vosita (enterosorbtsiya qiluvchi vosita).
ATX kodi A07BA01
Farmakologik xususiyatlari
Preparat adsorbtsiya qiluvchi va nospetsifik detoksikatsiya qiluvchi ta'sirga ega. Me'da-ichak yo‘llarining ichida faollashtirilgan ko‘mir turli tabiatli endogen va ekzogen zaharli moddalarni, shu jumladan bakteriyalarni, bakterial toksinlarini, ovqat allergenlarini, dori preparatlarini, zaharlarni, alkaloidlarni, og‘ir metall tuzlarini va gazlarni bog‘laydi va organizmdan chiqaradi.
Qo‘llanilishi
Turli kelib chiqishga ega bo‘lgan ekzogen va endogen zaharlanishlarda zaharsizlantiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Ovqat toksikoinfektsiyalarni, salmonelezni va dizenteriyani majmuaviy davolashda.
Dori preparatlari (psixotrop, uxlatuvchi, narkotik vositalar va boshqa), alkaloidlar, og‘ir metall tuzlari va boshqa zaharlar bilan zaharlanishda.
Dispepsiya, meteorizm bilan kechuvchi me'da-ichak yo‘llarining kasalliklarida.
Ovqat va dori allergiyasida.
Giperbilirubinemiyada (virusli gepatit va boshqa sariqliklar) va giperazotemiyada (buyrak yetishmovchiligi).
Ultratovush va rentgenologik tekshirishlar oldidan ichakda gaz hosil bo‘lishini kamaytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faollashtirilgan ko‘mir ichga tabletkalarda yoki avval maydalangandan so‘ng, suvli aralashma ko‘rinishida, ovqatlanishdan va boshqa dori vositlarni qabul qilishdan 1 soat oldin qo‘llanadi. Preparatning kerakli miqdori ½ stakan suv bilan aralashtiriladi.
Kattalarga dozalash tartibi o‘rtacha 1,0-2,0 g (4-8 tabletka) dan sutkada 3-4 marta, maksimal bir martalik doza – 8 g gacha.
Bolalarga preparat o‘rtacha tana vaznining 1 kg ga 0,05 g hisobidan sutkada 3 marta buyuriladi, maksimal bir martalik doza tana vaznining 1 kg ga - 0,2 g gacha.
O‘tkir kasalliklarda davolash kursi– 3-5 kun, allergiya va surunkali kasalliklarda - 14 kungacha. Takroriy kurs - shifokorning tavsiyasi bo‘yicha 2 haftadan so‘ng.
O‘tkir zaharlanishda davolash me'dani faollashtirilgan ko‘mirning suvli aralashmasini ishlatish bilan yuvishdan boshlanadi, so‘ngra ichga 20-30 g preparat beriladi.
Meteorizmda preparat ichga 1-2 g (4-8 tabletka) dan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Davolash kursi 3-7 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Qabziyat, diareya. Uzoq muddat (14 kundan ortiq) qabul qilinganida kaltsiyning, vitaminlarning so‘rilishini buzilishi mumkin. Ahlat qora rangga bo‘yalishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Me'da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi, nospetsifik yarali kolit, me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, ichak atoniyasi, preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Faollashtirilgan ko‘mir, u bilan birga bir vaqtda ichga qabul qilingan dori preparatlarining samaradorligini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Maksimal bir martalik dozani ahamiyatli darajada oshishi, preparatning dozasi kamaytirilganidan yoki bekor qilingandan keyin yo‘qoladigan nojo‘ya reaktsiyalarni (ko‘ngil aynishi, qusish va qabziyat) rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Chiqarilish shakli
tabletkalar 250 mg.
6 yoki 10 tabletkadan kontur uyasiz o‘ramda.
1000 (6 tabletkadan) yoki 550 (10 tabletkadan) kontur uyasiz o‘ramlar teng miqdordagi yo‘riqnomalar bilan guruh o‘ramiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Irbitskiy ximiko-farmatsevticheskiy zavod» OAJ,
623856, Sverdlovsk vil., Irbit sh., Kirov ko‘ch. 172.
Tel. (34355) 3-60-90; faks. 3-60-89, 3-60-73.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.