Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Omaron tabletkalar №60
Nomi | Narx | |||||
Омарон таблетки №60 (0031023##2 249) |
UZS 54 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Пирацетам, циннаризин
Страна производитель
Россия
Дозировка
400 мг+25 мг
Производитель
Нижфарм
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Omaron
Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlash nomi
Piratsetam+TSinnarizin
Dori shakli
Tabletkalar
Bir tabletkani tarkibi
faol moddalar piratsetam – 400 mg; sinnarizin - 25 mg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, magniygidroksikarbonat pentagidrati, povidon K30, kolloid kremniy dioksidi (aerosil A-380), kaltsiy stearat monogidrati, krospovidon (kollidon SL-M).
Ta'rifi oq rangli, dumaloq, yassi silindrik shaklli, bir tomoni riskali va ikki tomoni faskali tabletkalar. Yuzasining marmarligiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruxi Nootrop vositalar
ATX kodi N06BX.
Farmakologik ta'siri
Farmakodinamika
Yaqqol antigipoksik, nootrop va tomirlarni kengaytiruvchi samaraga ega majmuaviy dori vositasi.
Piratsetam bosh miyada energetik va oqsil almashinuvini bevosita kuchaytirishi, hujayralar tomonidan glyukozani utilizatsiyasini kuchaytirishi va ularning gipoksiyaga chidamligini oshirishi orqali metabolik jarayonlarni faollashtiradi; markaziy nerv tizimida neyronlararo o‘tkazuvchanlikni yaxshilaydi, ishemiya sohasida regional qon oqimini yaxshilaydi.
Sinnarizin – “sekin” kaltsiy kanallarining selektiv blokatori, hujayralarga kaltsiy ionlarining kirishini pasaytiradi va uning plazmolemma deposidagi miqdorini kamaytiradi, arteriolalarning silliq mushaklarining tonusini pasaytiradi, ularning tomirlarini toraytiruvchi biogen moddalarga (adrenalin, noradrenalin, dofamin, angiotenzin II, vazopressin, serotonin) reaktsiyasini kamaytiradi. Arterial qon bosimiga ta'sir ko‘rsatmasdan, qon tomirlarni kengaytiruvchi samaraga ega (ayniqsa, bosh miya qon tomirlariga nisbatan, piratsetamning antigipoksik ta'sirini kuchaytirib). O‘rtacha antigistamin faollik ko‘rsatadi, vestibulyar apparatining qo‘zg‘alishini kamaytiradi, simpatik nerv tizimining tonusini pasaytiradi. Eritrotsitlar membranasining elastikligini, ularning deformatsiyalanish qobiliyatini oshiradi, qonning yopishqoqligini pasaytiradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi. Ichga qabul qilinganidan keyin piratsetam va sinnarizin me'da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Piratsetamning biokiraolishligi taxminan 100% ni tashkil qiladi. Piratsetamning maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) qabul qilinganidan keyin 0,5-1 soat o‘tgach erishiladi. Sinnarizinning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 1-3 soatdan keyin erishiladi. Sinnarizinning biokiraolishliginordon muhitda oshadi.
Taqsimlanishi. Piratsetam qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanmaydi. Taqsimlanish hajmi taxminan 0,6 l/kg ni tashkil qiladi. Gematoentsefalik va yo‘ldosh to‘siq orqali, barcha a'zolar va to‘qimalarga, shuningdek gemodializda ishlatiluvchi filtrlovchi membranalardan ham o‘tadi. Hayvonlardagi tadqiqotlarda piratsetamning bosh miya po‘stlog‘ining to‘qimalarida, asosan peshona, tepa va ensa bo‘laklarida, miyacha va bazal gangliyalarda tanlab to‘planishi aniqlangan.
Sinnarizin. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 91% ni tashkil qiladi. Ichga qabul qilinganidan keyin 1-4 soat o‘tgach jigar, buyrak, yurak, o‘pka, taloq va miyada aniqlanadi.
Metabolizmi. Piratsetam deyarli organizmda metabolizmga uchramaydi.
Sinnarizin dealkillanish yo‘li bilan faol va to‘liq metabolizmga uchraydi; metabolizm jarayoni ichga qabul qilinganidan keyin 30 minut o‘tgach boshlanadi.
Chiqarilishi. Piratsetam. Ichga qabul qilingan dozaning 95 % dan ko‘prog‘i o‘zgarmagan holda buyraklar filtratsiyasi orqali 30 soat davomida chiqariladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda piratsetamning buyrak klirensi minutiga 86 ml ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – qon plazmasidan 4-5 soat va orqa miya suyuqligidan 8,5 soat. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda T1/2 uzayadi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda piratsetamning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi.
Sinnarizin organizmdan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi (1/3 – buyraklar, 2/3 – ichaklar orqali), T1/2 – taxminan 4 soat.
Qo‘llanilishi
Intellektual-mnestik faoliyatlarning pasayishi bilan birga kechuvchi markaziy nerv tizimining kasalliklari.
Majmuaviy davolash tarkibida bosh miya qon aylanishini yetishmovchiligi (bosh miya qon tomirlarining aterosklerozi, ishemik va gemorragik insultning tiklanish davri); intoksikatsiya yoki jarohatlardan keyingi entsefalopatiya; depressiya; asteniya va adinamiya belgilarining ustunligi bilan ifodalangan psixoorganik sindrom; vestibulyar buzilishlar; Mener sindromi; bolalardagi intelektual rivojlanishning orqada qolishi, migrenni oldini olish; kattalar va bolalarda kinetozlarni oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning asosiy va/yoki yordamchi komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; og‘ir jigar yetishmoyachiligi; og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam); gemorragik insult; parkinsonizm (shu jumladan Parkinson kasalligi); psixomotor qo‘zg‘alish; Gentington kasalligi; homiladorlik; emizish davri; 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar; laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktazaning yetishmovchiligi, glyukoza-galaktozaning kam so‘rilishi sindromida (preparat laktoza saqlaydi) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Jigar va/yoki buyrak kasalliklari, surunkali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 20-80 ml); yuqori ko‘z ichki bosimi; porfiriya; gemostazning buzilishi; katta jarrohlik aralashuvlar; og‘ir qon ketishlari; gipertireoz; tutqanoq; bosh miya qon tomirlarining yaqqol aterosklerozi; nevrotik reaktsiyalarga moyillikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin.
Kattalarga kasallikning og‘irligiga qarab 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta 1-3 oy davomida. Yiliga 2-3 marta davolash kursini qayta o‘tkazish mumkin.
5 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 tabletkadan kuniga 1-2 marta. 3 oydan ko‘p qo‘llanmasin.
Kinetozlarning oldini olish uchun kattalarga – 1 tabletkadan, 5 yoshdan oshgan bolalarga- ½ tabletkadan sayohatni boshlashdan 30 minut oldin, har 6-8 soatda qayta qabul qilish bilan (zarurati bo‘lganida).
Buyrak funktsiyasi buzilgan patsiyentlarga surunkali buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 20-80 ml) – 1 tabletkadan kuniga 2 marta.
Nojo‘ya ta'sirlari
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan harakatchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik, uyquchanlik, depressiya, asteniya, bosh og‘rig‘i. Yakka hollarda bosh aylanishi, ataksiya, tutqanoqning zo‘rayishi, ekstrapiramid buzilishlar, tremor, bezovtalik, diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, xavotirlik, gallyutsinatsiyalar, jinsiy moyillikni oshishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial bosimni pasayishi yoki oshishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan dispeptik ko‘rinishlar, og‘izni qurishi hissi; yakka hollarda - ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘riqlari, xolestatik sariqlik.
Teri qoplamlari tomonidan yakka hollarda dermatit, qichishish, teri toshmasi.
Moddalar almashuvi tomonidan tana vaznini oshishi.
Allergik reaktsiyalar angionevrotik shish.
Boshqalar ter ajralishini kuchayishi; yakka hollarda - yuguriksimon sindrom, qizil yassi temiratki.
Dozani oshirilib yuborilishi
Dozani oshirilib yuborilishining simptomlari, asosan, sinnarizinning m-xolinobloklovchi faollligi bilan bog‘liq bo‘lib, ongni buzilishi, qusish, ekstrapiramid simptomlar, arterial bosimni pasayishini o‘z ichiga oladi. Piratsetam75 g dozada og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin qonli bo‘lgan diareya va qorin og‘riqlari kuzatilgan.
Davolash spetsifik antidoti yo‘q. Doza oshirilib yuborilgan hollarda me'dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish kerak, simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi. Piratsetam uchun gemodializning samarasi 50-60% ni tashkil qiladi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Markaziy nerv tizimining faoliyatini susaytiruvchi, shuningdek etanol, nootrop va antigipertenziv vositalar bilan birga qo‘llanganida sedativ ta'siri kuchayadi.
Preparatning ta'sirini vazodilyatatorlar kuchaytiradi.
Antipsixotik dori vositalari va tritsiklik antidepressantlarning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.
Bir vaqtda qo‘llanganida piratsetam qalqonsimon bezi gormonlarining markaziy samaralarini kuchaytiradi (tremor, bezovtalik, qo‘zg‘aluvchanlik, uyquni buzilishi kuzatilishi mumkin); peroral antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq vaqt qo‘llanganida jigar va buyrak funktsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi (ayniqsa, surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda).
Arterial gipotenziyasi bo‘lgan patsiyentlarning arterial bosimini davolash davrida ko‘proq pasaytirishi mumkin.
Davolanish davrida alkogol iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.
Doping sinamasi va teri allergik testlari natijalarini buzishi mumkin; tekshirishdan 4 kun oldin preparatni bekor qilish lozim.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolanish davrida avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalarin tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 400 mg+25 mg.
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyumin folga kontur uyali o‘ramda.
3, 6 yoki 9 kontur uyali o‘ramlar preparatni tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.