Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vamelan kaps № 30
Nomi | Narx | |||||
Вамелан капс № 30 (021023##2 232) |
UZS 78 100
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сухой экстракт: валерианы, мяты перечной, мелиссы
Страна производитель
Польша
Производитель
World Medicine, Англия произведено: P.P.F. Hasco-Lek S.A.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Vamelan
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Valeriana, Qalampir yalpiz, Limono‘t
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun yumshoq jelatin kapsulalar.
Tarkibi
Preparatining 1 kapsulasi quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
Valeriananing quruq ekstrakti125 mg;
Qalampir yalpizning quruq ekstrakti25 mg;
Limono‘tning quruq ekstrakti25 mg.
yordamchi moddalar soya letsitini, asalari mumi, kokos moyi, palma moyi, soya moyi.
kapsula qobig‘ining tarkibi jelatin, glitserin, titan dioksidi, xlorofillin mis kompleksi, sariq kvinolin, temir II-III oksidi.
Farmakoterapevtik guruhi
Nerv tizimini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar. Uxlatuvchi va sedativ vositalar.
ATX kodi N05CM
Farmakologik hususiyatlari
Vamelan – sedativ ta'sirga ega bo‘lgan majmuaviy fitopreparat. Uning tarkibiga uchta komponent - dorivor o‘simliklar valeriana, qalampir yalpiz va limono‘t ekstraktlari kiradi.
Valeriana ekstrakti sedativ xususiyatlarga ega, ruhiy toliqish va nevrasteniya uchun xos bo‘lgan zo‘riqish va ta'sirchanlikni kamaytiradi. Uyqusizlikda me'yoriy uyquni tiklaydi. Spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi.
Qalampir yalpiz ekstrakti me'da-ichak yo‘llarining silliq mushaklariga spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek safro haydovchi va karminativ ta'sirga ega, yengil uyqusizlikda samarali.
Limono‘t ekstrakti, tarkibida efir moylari mavjudligi tufayli, o‘zining yoqimli spetsifik hidi va ta'miga ega. Limono‘tning efir moylari og‘riqni va tirishishlarni bartaraf qiladi. Mana shu hususiyati tufayli limono‘t sanchiqlarda spazmolitik va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida keng qo‘llanadi. Limono‘tning efir moylari shuningdek tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, nevrasteniya bilan xastalangan bemorlarda ko‘pincha pasaygan ishtahani oshiradi.
Qo‘llanilishi
Tinchlantiruvchi vosita sifatida Vamelan quyidagi holatlarda buyuriladi
• kuchli nerv qo‘zg‘aluvchanligida;
• nerv tizimini zo‘riqishida;
• ta'sirchanlikda;
• xavotirlik, tushkunlik hissida;
• uyquni buzilishlarida va uyqusizlikda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga va 12 yoshdagi va undan oshgan bolalarga odatda 1-2 kapsuladan sutkada 2-3 marta buyuriladi.
Uyqusizlikda preparatning dozasi 1-2 kapsulani tashkil etadi - uyqudan bir-ikki soat oldin qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda allergik reaktsiyalar, holsizlik.
Uzoq muddat qo‘llanganida qabziyat kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanganida Vamelan markaziy nerv tizimining faoliyatiga susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatuvchi preparatlarning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Vamelan preparatini qo‘llash davomiyligi cheklanmagan. Preparat bekor qilinganida abstinentsiya sindromi rivojlanmaydi.
Preparat uyquni buzilishi va nerv qo‘zg‘aluvchanligini yengil shakllarida qo‘llanadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat shifokorning ko‘rsatmasi va kuzatuvi ostida qo‘llash mumkin.
Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolanish vaqtida avtotransportni xaydash va diqqatni yukori jamlash hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar bosh aylanishi, qorinda spastik og‘riq, ko‘krakda ezilishi, qorachiqlarni kengayishi bo‘lishi mumkin.
Davolash me'dani yuvish mumkin, zarurat bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Vamelan preparati to‘q-yashil rangli yumshoq jelatin kapsulalar ko‘rinishida chiqariladi. 15 yumshoq jelatina kapsula blisterga joylangan. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
15-250S haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
P.P.F. «XASKO-LEK» S.A., Polsha 51-131 Vrotslav, Jmigrodzka 242 Ye
P.P.F. «HASCO-LEK» S.A., Poland, 51-131 Wroclaw, Zmigrodzka 242 E
«Uorld Meditsin», Angliya uchun ishlab chiqarilgan
(«World Medicine», England)
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositasining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Evro Farm Biznes», MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Yakkasaroy ko‘ch., 1 uy
Telefon 212-18-41,212-20-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.