Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Рыбий жир
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Производитель
Lekinterkaps
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Капсулы
Oziq-ovqat mahsuloti baliq yog'i "LIK" qo'shimchalarsiz 0,78g № 60 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vitaminlashtirilgan baliq moyi
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Vitaminlashtirilgan baliq moyi.
Dori shakli
Kapsulalar
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
Faol modda Vitaminlashtirilgan baliq moyi - 500 mg.
Yordamchi moddalar
jelatin - 191,8 mg
glitserin- 87,64 mg
metilparagidroksibenzoat- 0,56 mg
tozalangan suv- 0,51 mg
Ta'rifi Oval yoki uzunchoq shaklli, tiniq, chokli, egiluvchan, yumshoq jelatin kapsulalar.
Kapsula ichidagisi - och-sariqdan sariq rangligacha bo‘lgan, kuchsiz o‘ziga xos hidli, tahir hidi va ta'mi bo‘lmagan tiniq moyli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitaminlar.
Farmakologik xususiyatlari
“Vitaminlashtirilgan baliq moyi” kapsulalari – hayvonlardan olinadigan dori vositasi bo‘lib, uning ta'siri tarkibiga kiruvchi A va D vitaminlar, shuningdek to‘yinmagan yog‘ kislotalari bilan belgilanadi. A va D - vitamini, gipolipidemik, bilvosita qon-tomirlarni kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Trombotsitlarning agregatsiyasini tormozlaydi, qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi.
A vitamini - yog‘da eruvchan vitamin, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida muhim rolь o‘ynaydi, mukopolisaxaridlarning, oqsillarning, lipidlarning sintezida ishtirok etadi. G‘ira-shira vaqtda normal va rangli ko‘rish uchun zarur bo‘lgan pigmentlarining shakllanishida ishtirok etadi; epitelial to‘qimalarni butunligini ta'minlaydi, suyaklarning o‘sishini boshqaradi.
D vitamini - ichakda kalьtsiy va fosforning so‘rilishini, buyrakda kalьtsiy va fosforning qayta so‘rilishini, hujayra membranasi orqali kalьtsiyning tashilishini rag‘batlantiradi, suyaklar strukturasini qurilishi jarayonini boshqaradi. Shuningdek immun tizimining rivojlanishiga, hujayralarning proliferatsiyasi va differentsiatsiyasiga, lipidlarning va qator gormonlarning sinteziga, yurak qon-tomir tizimi va me'da-ichak yo‘llarining funktsional faolligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, qondagi paratireoid gormonining darajasini pasaytiradi. U qalqonsimon bezi oldi bezlarining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun kerak, ATF sintezida ishtirok etadi.
To‘yinmagan yog‘ kislotalari araxidon kislotasi, leykotriyenlar va prostaglandinlarning sintezida ishtirok etadi, qon plazmasida xolesterin va triglitseridlarning kontsentratsiyasini pasaytiradi.
Qo‘llanilishi
“Rыbiy jir vitaminizirovannыy” dori vositasini qo‘llashga quyidagilar ko‘rsatma bo‘ladi
- A va D gipo- va avitaminozi (tez-tez respirator kasalliklar, suyaklarning o‘sishini buzilishi, ko‘rishni pasayishi, teri, soch, tirnoqlar, tishlarning strukturasini buzilishi, raxit, rekonvalestsentsiya davrida);
- turli genezli osteopatiyalarni oldini olish va davolash; osteomalyatsiya, osteoporoz, sinishlarni sekinlashgan konsolidatsiya ko‘rinishlari bilan bo‘lgan “yolg‘on” bo‘g‘imlar bo‘yicha operativ aralashuvlardan keyingi tiklanish davri suyak qadog‘ini hosil bo‘lishini rag‘batlantirish;
- ateroskleroz va uning tomirli asoratlarini oldini olish;
- giperlipidemiya.
Ko‘z kasalliklarini pigmentli retinit, kseroftalьmiya, keratomalyatsiya, kon'yunktivit, qovoqlarning ekzematoz shikastlanishini majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
“Rыbiy jir vitaminizirovannыy” kapsulalari ovqatdan keyin, suv bilan birga qabul qilinadi.
Tavsiya qilinadigan doza 7 yoshdan katta bolalarga - sutkada 3-4 kapsuladan. Kattalar uchun sutkada - 2-3 qabulga bo‘lingan 6-8 kapsula buyuriladi.
Konkret dozani patologiyaning xarakteriga qarab shifokor buyurishi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Dori vositasi tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ko‘rinishlar odatda kuzatilmaydi.
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, idiopatik giperkalьtsiyemiya, giperkalьtsiuriya, o‘pka tuberkulyozining faol shakllari, jigar va buyrakning o‘tkir va surunkali kasalliklari, nefrourolitiaz, surunkali pankreatit (kasallikni zo‘rayishi mumkin), D gipervitaminozi, sarkoidoz, uzoq muddatli immobilizatsiya (yuqori dozalarda), tireotoksikoz (o‘ta yuqori sezuvchanlik ehtimoli) 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda dori vositasini qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lib hisoblanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
D vitamini tirishishga qarshi vositalar yoki barbituratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularning faolligi pasayishi mumkin.
Estrogenlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida A gipervitaminozni xavfi oshadi.
A vitamini glyukokortikoidlarning yallig‘lanishiga qarshi ta'sirini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
“Rыbiy jir vitaminizirovannыy” dori vositasini boshqa A va D vitaminlarini saqlovchi vitamin preparatlari bilan birga, ushbu vitaminlarning dozasini oshirib yuborilishidan saqlanish uchun, qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Dori vositasini homiladorlik va emizish davrida faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qo‘llash mumkin.
Yurakning shikastlanishlarida, buyrak, jigar va me'da-ichak yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklarida, me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida, gipotireozda, keksalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari kattalarda - uyquchanlik, bo‘shashish, bosh og‘rig‘i; bolalarda - haroratni oshishi, uyquchanlik, ko‘p terlash, qusish, teri toshmalari.
Davolash simptomatik, preparatni bekor qilish, kalьtsiyni ovqat bilan organizmga tushishni keskin/cheklash.
Chiqarilish shakli
500 mg kapsulalar. 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«LEKINTERKAPS» MChJ,
Toshkent vil., Zangiota tumani, Qizg‘aldoq QFY, Beruniy ko‘chasi 1 uy.
Tel. (99895) 170 99 48
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.