Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Regimed eritmasi №6
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин B1, В6, В12
Страна производитель
Македония
Дозировка
5 мл
Производитель
Spey Medical Ltd., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Regimed
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) piridoksin + tiamin + sianokobalamin
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
Tiamin gidroxloridi (V1) - 250 mg,
Piridoksin gidroxloridi (V6) - 250 mg;
Sianokobalamin (V12) - 2 mg;
yordamchi moddalar benzil spirti, dinatriy edetati, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi rangsiz, tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
V1 vitamini va uning V6 va V12 vitaminlari bilan majmuasi.
ATX kodi A11DB.
Farmakologik ta'siri
Farmakodinamika
si
Regimed V1, V6 va V12 vitaminlarining muvozanatlashtirilgan va barqaror birikmasi bo‘lib hisoblanadi. regimed vitamin tanqisligini davolash uchun ishlatiladi, qon aylanishini yaxshilanishiga yordam beradi va qon yaratish jarayoni va nerv tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Neyrotrop xususiyatlarga ega, nerv to‘qimalari, shuningdek mushaklarda kuzatiladigan turli degenerativ va yallig‘lanish jarayonlariga ta'sir ko‘rsatadi. Tiamin (V1 vitamini) odam organizmida fosforlanish jarayonlari oqibatida ko‘pgina ferment reaktsiyalarning kofermenti hisoblangan kokarboksilazaga aylanadi. Tiamin uglevod, oqsil va yog‘ almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Sinapslarda nerv qo‘zg‘alishini o‘tkazish jarayonida faol ishtirok etadi. Bu vitamin yetishmovchiligida to‘qimalarda metabolizm mahsulotlarini – birinchi navbatda piruvat va sut kislotalarini ortiqcha to‘planishi kuzatiladi. Bu nerv tizimining markaziy ham, periferik ham qismlari faoliyatini buzilishiga olib keladi.
Piridoksin (V6 vitamini) moddalar almashinuvida ishtirok etadi; markaziy va periferik nerv tizimini normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur. Organizmga tushib u fosforlanadi, piridoksal-5-fosfatga aylanadi va aminokislotalarning dekarboksilizatsiya va peraaminizatsiyasini amalga oshiruvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Triptofan, metionin, sistein, glutamin va boshqa aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Gistamin almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Lipid almashinuvini normallashishiga yordam beradi.
Sianokobalamin (V12 vitamini) normal qon yaratilishi va eritrotsitlarni yetilishi uchun zarur, shuningdek organizmning hayot faoliyatini ta'minlovchi bir qator biokimyoviy reaktsiyalarda – metil guruhni o‘tkazilishi, nuklein kislotalari, oqsil sintezi, aminokislotalar, uglevodlar, lipidlar almashinuvida ishtirok etadi. Nerv tizimidagi jarayonlarga (RNK, DNK, miyelin va serebrozidlarning lipid tarkibi va fosfolipidlar sintezi) ta'sir ko‘rsatadi. Sianokobalaminning koferment shakllari – metilkobalamin va adenozilkobalamin – xujayra replikatsiyasi va o‘sishi uchun zarur.
Farmakokinetikasi
Tiamin mushak ichiga yuborilgandan keyin tez so‘riladi va qonga tushadi. 50 mg dozada preparat yuborilgandan keyin (yuborishning 1 kuni) 15 minut o‘tgach tiaminning kontsentratsiyasi 484 ng/ml ni tashkil qiladi.
Piridoksin mushak ichiga yuborilgandan keyin tizimli qon oqimiga tez so‘riladi va 5-holatda SN2ON guruhini fosforlanishidan keyin koenzim vazifasini bajarib organizmda taqsimlanadi. Tiamin organizmda bir tekis taqsimlanmaydi. Tiaminning miqdori leykotsitlarda 15%, eritrotsitlarda – 75% va plazmada – 10% ni tashkil qiladi. Organizmda tiaminning ahamiyatli zahiralarini yo‘qligi tufayli, u organizmga har kuni tushishi kerak. Tiamin gematoentsefalik to‘siq va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutida aniqlanadi.
Piridoksin butun organizm bo‘yicha taqsimlanadi, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutida aniqlanadi. Organizmda 40-150 mg V6 vitamini mavjud, uning har kunlik chiqarilishi 2,2-2,4% to‘ldirilish tezligida taxminan 1,7-3,6 mg ni tashkil qiladi. Piridoksinning taxminan 80% qon plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Tiaminning asosiy metabolitlari bo‘lib tiamin karbon kislotasi, piramin va ayrim noma'lum metabolitlari hisoblanadi. Barcha vitaminlar orasida tiamin organizmda kam miqdorda saqlanadi. Katta odam organizmi 80% tiamin pirofosfati, 10% tiamin trifosfati va qolgan miqdori tiamin monofosfati ko‘rinishida taxminan 30 mg tiamin saqlaydi. Tiamin siydik bilan chiqariladi, T1/2 α-fazada– 0,15 soat, β-fazada – 1 soat va terminal fazada – 2 kunni tashkil qiladi.
Piridoksin jigarda to‘planadi va 4-piridoksin kislotasiga oksidlanadi, u so‘rilgandan keyin maksimum 2-5 soatdan keyin siydik bilan chiqariladi.
Sianokobalamin asosan safro bilan chiqariladi, buyrak orqali chiqarilishi o‘zgaruvchan – 6% dan 30% gacha. V12 vitamini ko‘krak sutiga o‘tadi.
Qo‘llanilishi
• V1, V6 va V12 vitaminlarining isbotlangan tanqisligi bilan bog‘liq nevrologik kasalliklar;
• turli etiologiyali nerv tizimi kasalliklarini nevritlar va polinevritlar (shu jumladan og‘riq sindromi bilan kechuvchi), retrobulbar nevrit, periferik falajlar (shu jumladan yuz nervi), nevralgiya, polineyropatiyalar (diabetik, alkogolli va boshqalar) ni simptomatik davolash uchun qo‘shimcha vosita sifatida;
• antibiotiklar yoki izoniazidlar bilan davolash chaqirgan vitaminlarni yetishmovchiligida;
• alkogolizmning barcha shakllarini (ayniqsa alkogolli entsefalopatiya) davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mushak ichiga qo‘llash uchun buyuriladi. Dozalash har bir patsiyent uchun individual bo‘lishi kerak. Kasallikning og‘ir holatlarida 1 ampula har kuni sekin mushak ichiga (dumba mushagiga chuqur) yuboriladi. Kasallikning ingilroq shakllarida xaftada 2 dan 3 ampulagacha yoki shifokor ko‘rsatmalari bo‘yicha.
Nojo‘ya ta'sirlari
Immun tizimi tomonidan kam hollarda – allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, nafas olishni qiyinlashishi, anafilaktik shok, Kvinke shishi).
Nerv tizimi tomonidan ayrim hollarda – bosh aylanishi, ongni chalkashishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan juda kam hollarda – taxikardiya; ayrim hollarda – bradikardiya, aritmiya.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan ayrim hollarda – qusish.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan juda kam hollarda – ko‘p terlash, akne, qichishish, eshakemi.
Suyak-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan ayrim hollarda – tirishishlar.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar ayrim hollarda – preparatni yuborish joyida ta'sirlanish yuzaga kelishi mumkin, tizimli reaktsiyalar tez yuborganda yoki doza oshirib yuborilganda kuzatilishi mumkin.
Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi chuqurlashsa yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday boshqa yangi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, bu haqida shifokorga xabar berish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• dekompensatsiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi;
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan Vernike entsefalopatiyasi, ayollarda klimaks oldi davri va klimaks davri, og‘ir stenokardiya, megaloblast anemiya va V12 vitamini tanqisligi bilan kechuvchi xavfsiz va xavfli o‘smalar, tromb hosil bo‘lishiga moyillik, keksalarda (65 yoshdan oshgan) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Piridoksin terapevtik dozalarda periferik dekaroboksilizatsiyani kuchayishi hisobiga levodopaning ta'sirini (antiparkinsonik samarasi) kamaytirishi mumkin, shuning uchun V6 vitamini levodopa bilan va levodopa saqlovchi preparatlar bilan qo‘llanilmaydi. Sianokobalamin og‘ir metall tuzlari mavjudligida faolsizlanadi. Sulfat eritmalari bilan aralashtirilganda V1 vitamini to‘liq parchalanadi. Tiamin metabolizmi mahsulotlari mavjudligida boshqa vitaminlar faolsizlanadi. Tiamin qo‘rg‘oshin xloridi, atsetatlar, karbonatlar, yodidlar, tanin kislotasi, riboflavin, temir ammoniy sitrati, penitsillin (benzilpenitsillin), metabisulfit va glyukoza mavjudligida faolsizlanadi. Mis mavjudligida (katalizatsiyani kuchayishi) va rN ni oshganida tiaminning faolligi kamayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni vena ichiga yuborish mumkin emas.
V6 vitaminining sutkalik dozasi 2 g dan oshmasligi kerak.
Preparatning tavsiya etilgan dozasini oshirish mumkin emas.
V12 vitaminini yuborganda funikulyar miyeloz yoki pernitsioz anemiyada klinik manzara, shuningdek laborator tahlillar o‘zining spetsifikligini yo‘qotishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik va laktatsiya davrida faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyingina Regimed preparattini qo‘llash mumkin.
Transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari nojo‘ya ta'sirlar ko‘rinishlarini kuchayishi – yaqqol bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, aritmiya, bradikardiya, ko‘p terlash, tirishishlar.
Davolash simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
5 ml dan to‘q sariq rangli ampulalarda. 6 ampuladan plastik poddonda tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Savdo markasining va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi
SPEY MEDICAL Ltd.,
London, Buyuk Britaniya.
Ishlab chiqaruvchi
HELP S.A.,
Attika, Gretsiya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar)ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
Toshkent sh., Yunusobod tumani,
S-6, 92/2
Tel. +99871 2356501
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.