Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ketotifen tab 1 mg №30 (Navbahor Sanoat)
Nomi | Narx | |||||
Кетотифен таб 1мг №30 (Navbahor Sanoat) (020523##2 266) |
UZS 4 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кетотифен
Страна производитель
Узбекистан
Производитель
Navbahor-Sanoat
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Tarkibi
1 tab quyidagilarni saqlaydi
Faol moddala ketotifen fumarati – 1mg.
Yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, laktoza, kalsiy stearate yoki magniy stereati, talk, aerosil.
Ta’rifi
oq rangli, yassi silindrik shaklli, bir tomoni riskasi va ikki tomoni faskasi bo’lgan tabletkalar.
Farmakologik xususiyatlari
Semiz hujayralarning membranasini barqarorlashtiruvchi, H1 gistamin reseptorlarini o’rtacha bloklovchifaollikka ega, bazofillar va neytrofillardan gistamin, leykotrientlarni ajralib chiqishini ingibisiya qiladi, nafas yo’llarida eozinofillarni to’planishini va gistaminga bo’lgan reaksiyani pasaytiradi, allergenga nisbatan erta va kech kuzatiladigan reaksiyani bostiradi.
Bronxospazmni rivojlanishini oldini oladi, bronxlarni kengaytiruvchi samara ko’rsatmaydi.Fosfodiesterazani ingibisiya qiladi va buning natijasida yog’ to’qimasi hujayralarida siklik adeno-zinmo-nofosfat (samf) miqdori oshadi.
Terapevtik ta’siri davolash boshlanganidan keyin 1,5 – 2 oy o’tgach to’liq namoyon bo’ladi.
Farmokinetikasi
Surilishi deyarli to’liq, biokiraoshligi – taxminan 50% ni tashkil etadi (jigardan birinchi o’tish samarasi bo’lgani tufayli). Qonda maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (tc max) – 2,4 soat, plazma oqsillari bilan bog’lanishi – 75%. Gematoensefalik to’siq orqali o’tadi. Ko’krak sutiga o’tadi.
Jigarda metabolizmga uchraydi. Buyraklar orqali metabolitlari ko’rinishida (asosiy metaboliti – ketotifen-N—glyukoronid farmakologik faol emas) chiqariladi. Qabul qilingan dozaning asosiy qismi buyrak orqali 48 soat davomida (1% - o’zgarmagan shaklda va 60-70% metabolitlari ko’rinishida chiqariladi). Chiqarilishi – ikki bosqichli birinchi fazaning yarim chiqarilish davri – 3-5 soat, ikkinchi fazaniki – 21 soat.
3 yoshdan oshgan bolalardagi farmokinetikasi kattalarnikidan farq qilmaydi.
Qo’llanilishi
Atopik bronxial astma, pollinoz, allergic rinit, allergic kon’yunktivit, atopic dermatit, eshakemida qo’llanadi.
Qo’llash usuli
va dozalari
Ichga ovqatlanish vaqtida qabul qilish uchun buyuriladi. Kattalarga – 1 mg dan sutkada 2 marta ertalab va kechqurun. Zarurati bo’lganida doza 2 mg dan sutkada 2 martagacha oshiriladi.
Bolalarga 3 yosh va undan kattalarga 1 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi.
Davolash kursi – 8-12 xafta. Zarurati bo’lganida preparatni bekor qilishni asta-sekin 2-4 xafta davomida o’tkaziladi.
Nojuya ta’sirlari
Nerv tizimi tomonidan uyquchanlik, bosh aylanishi, reaksiya tezligini pasayishi, sedative samara, charchoqlik hissi, bezovtalik, uyquni buzilishi, asabiylik (ayniqsa bolalarda).
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan og’iz bo’shlig’ining shilliq qavatini qurishi, ishtaxanini oshishi, ko’ngil aynishi, qusish, gastralgiya, qabziyat.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan dizuriya, sistit.
Boshqalar trombositopeniya, tana vaznini oshishi, teri allergic reaksiyalari.
Qo’llash mumkin bo’lmagan xolatlar
O’ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktasiya davri, 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda qo’llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan tutqanoq, jigar yetishmovchiligi.
Dorilarning o’zaro ta’siri
Uxlatuvchi vositalar, angistamin preparartlar, etanolning ta’sirini kuchaytiradi.
Gipoglekimik preparatlar bilan birga qo’llanganida trombotsitopeniyani rivojlanish ehtimoli oshadi.
Maxsus ko’rsatmalar
Bronxial astma va bronxopastik sindromi bo’lgan bemorlar ketotifenni qo’llashdan avval beta-adrenostimulyator , glyukokortikosteroidlar, adrenokortikotrop gtoormonlar bilan davolanayotgan bo’lsalar, davolashga ketotifen qo’shilganidan keyin, ularni keskin bkor qilish maqsadga muvofiqemas, preparatni bekor qilish dozani asta-sekin pasaytirib, kamida 2 xafta davomida amalga oshiriladi. Davolash asta-sekin 2-4 xafta davomida tox’tatiladi (astmatik simptomlar qaytalanishi mumkin).
Sedativ ta’siriga sezgir shaxslarga birinchi 2 xafta davomida preparat kichik dozalarda buyuriladi.
Bronxial astma hurujini bartaraf qilosh uchun mo’ljallanmagan.
Bir vaqtda peroral gipoglikemik vositalarni qabul qilayotgan patsiyentlarda, periferik qonda trombotsitlar sonini nazorat qilish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo’llanishi
Preparatni homiladorlikda va emizish davrida qo’llash mumkin emas.
Maxsus e’tibor va tezkor reaksiyalarni talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga preparatning ta’siri davolash vaqtida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda tezkor psixomotor reaksiyalarni talab etuvchi potensiyal xaxvfli faoliyat turlari bilan shug’ullanishdan saqlanish lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari uyquchanlik, ongni chalkashishi, dezoriyentasiya, bradikardiya yoki taxikardiya, arterial bosimni pasayishi, xansirash, siyanoz, tirishishlar, yuqori qo’zg’aluvchanlik, koma.
Davolash me’dani yuvish, simptomatik davolash, tirishish simptomlari rivojlanganida
-Qisqa muddat ta’sir qiluvchi barbituratlar yoki benzodiazepinlar buyuriladi. Dializ samarasiz.
Chiqarilish shakli
1 mg li tabletkalar. Kontur uyali o’ramlarda 10 ta {(nomer 10, (1x10), nomer 20 (2x10), nomer 30 (3x10), nomer 50 (5x10)} tabletkadan qo’llanishga doir yo’riqnomasi bilan karton qutida yoki kontur uyasiz o’ramlarda 10 ta tabletkadan.
Saqlash sharoyiti
Quruq, yorug’likdan ximoyalangan joyda 25 gradusdan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo’yicha.
Yaroqlik muddati
2 yil
Yaroqlilik muddati
tugagandan so’ng qo’llanilmasin.
Ishlab chiqaruvchi
O’zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo’yicha etirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«NAVBAHOR SANOAT» MCHJ
O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. Chilonzor-6, Cho’pon-Ota ko’chasi 17/1-uy
Tel +99871 202-15-51
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.