Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Клиндамицин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
2%
Производитель
Акрихин АО
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Klindatsin vaginal krem 2% 20g (№3) haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Klindatsin®
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) klindamitsin
Dori shakli
vaginal krem
Tarkibi
100 g krem quyidagilarni saqlaydi
faol modda - klindamitsin fosfati 100% moddaga qayta hisoblanganda– 2 g;
yordamchi moddalar natriy benzoati – 4 g; propilenglikol – 44 g; makrogol (polietilenoksid 1500) – 30 g, emulgator №1 yoki emulgator YeM 3398 – 10g, kanakunjut moyi – 10 g;
Ta'rifi oqdan sarg‘ish yoki kremsimon tusli oq rangligacha bo‘lgan krem. Kuchsiz o‘ziga xos hid bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
antibiotik – linkozamid
ATX kodi G01AA10
Farmakologik xususiyatlari
Qin ichiga qo‘llash uchun linkozamid guruhi antibiotiki. Preparatning ta'sir mexanizmi mikrob xujayrasida ribosomalarning 50S subbirligi darajasida oqsillarning xujayra ichki sintezini buzilishi bilan bog‘liq.
Klindamitsin keng ta'sir doirasiga ega, bakteriostatik, yuqoriroq kontsentratsiyalarda ba'zi mikroorganizmlarga nisbatan – bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi. Bakterial vaginozlarni chaqiruvchi mikroorganizmlar Gardnerella vaginalis, Mobiluncus spp., Bacteroides spp., Mucoplasma hominis, Peptostreptococcus spp.ga nisbatan faol. Trichomonas vaginalis va Candida albicans klindamitsinga sezgir emas.
Farmakokinetikasi
100 mg klindamitsinni bir marta qin ichiga yuborilganidan so‘ng, yuborilgan dozaning o‘rtacha 4% tizimli so‘riladi. Plazmada klindamitsinning maksimal kontsentratsiyasi
20 ng/ ml ni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan bakterial vaginoz.
Qo‘llash usuli va dozalari
Applikator yordamida qin ichiga yuboriladi.
Tavsiya qilingan bir martalik doza 100 mg klindamitsinni (bitta to‘liq applikator) tashkil qiladi, 3-7 kun davomida uyqudan oldin qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, kiritilgan joyda ta'sirlanish, sevritsit, vaginit, vulgovaginal kandidoz rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Klindamitsin yoki linkomitsinga yuqori sezuvchanlik. Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar (xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Klindamitsin va eritromitsin orasida antagonistik o‘zaro ta'siri aniqlangan. Klindamitsin va linkomitsin orasida kesishgan chidamlilik mavjud.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat uzoq muddat qo‘llanganida unga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar ko‘payishi mumkin, ayniqsa, Candida turkumi zamburug‘lari.
Preparatni minimal tizimli so‘rilishi mumkinligi xisobga olib (taxminan 4%), preparatni qo‘llash fonida diareyani paydo bo‘lishini istisno qilib bo‘lmaydi. Bunday holda preparatni bekor qilish kerak.
Boshqa qin ichiga vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Bolalarda qin ichiga qo‘llashda klindamitsinning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Ayollarda homiladorlikning I uch oyligida klindamitsinni qo‘llash bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun preparatni faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun xavfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Homiladorlikning II va III uch oyliklarida qo‘llash mumkin, chunki homilaga xech qanday noxush ta'siri aniqlanmagan.
Klindamitsin intravaginal (qin ichiga) qo‘llanganida ona suti bilan chiqarilishi noma'lum, shuning uchun emizish davrida preparatni qo‘llashdan kutiladigan foyda va go‘dak uchun mumkin bo‘lgan xavfni qiyoslash kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat qin ichiga qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishi aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
2% li vaginal krem.
20 g dan alyumin tubada. Har bir tuba 3 ta applikator va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan komplektda karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar
O‘ramida Klindamitsin® bilan birga beriladigan bir martalik applikatorlar kremni qinga to‘g‘ri kiritish uchun mo‘ljallangan.
1.Kremli tyubikning qopqoqchasini yeching. Plastmassa applikatorni tyubikning bo‘yinchasidagi rezbaga burang.
2.Tyubikning qarama-qarshi oxiridan qisib, kremni applikatorga asta chiqaring. Applikatorning porsheni zarur hajm to‘lgunicha mustaqil harakatlanadi. Uning porsheni oxirigacha yetganida applikator to‘ladi.
3.Chalqanchi yotib applikatorni gorizontal ushlang va uni qinga mumkin qadar chuqurroq kiriting, lekin noxush xislar chaqirmasin.
4.Sekin porshenni oxirigacha sekin bosing.
5.Applikatorni qindan ehtiyotkorlik bilan chiqaring va uni tashlab yuboring.
Ishlab chiqaruvchi
. E'tirozlar quyidagi manzilda qabul qilinadi
«Ximiko-farmatsevticheskiy kombinat» AKRIXIN» ochiq aktsionerlik jamiyati (“AKRIXIN” OAJ),
Rossiya, 142450, Moskva viloyati, Noginskiy r-n, Staraya Kupavna sh., Kirov ko‘ch., 29.
Telefon/faks (495) 702-95-03.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.