Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Фосфомицин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Turkiya
Производитель
GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Ichish uchun eritma tayyorlash uchun granulalangan kukun
Urofos 3g № 1 donador, og'iz orqali yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Urofos, Urofos
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Fosfomitsin, Fosfomycin
Dori shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulyatsiya qilingan kukun.
Tarkibi
1 paketcha quyidagilarni saqlaydi
faol modda 3,0 g fosfomitsin (fosfomitsin trometamoli shaklida);
yordamchi moddalar saxaroza, suvsiz kolloidli kremniy dioksidi, apelьsin essentsiyasi, mandarin essentsiyasi, natriy saxarini.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, apelьsin-mandarin hidli granulyatsiya qilingan bir xil kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
Tizimli qo‘llash uchun antibakterial vositalar. Boshqa antibakterial vositalar.
ATX kodi J01XX01
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Urofos (ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulyatsiya qilingan kukun) peroral qo‘llash uchun keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan sintetik bakteritsid antibiotik bo‘lib, fosfomitsin trometamolini (fosfonat kislotasining hosilasi) saqlaydi.
Fosfomitsin (faol komponenti fosfomitsin trometamoli) in vitro sharoitida siydik yo‘llarining asoratlanmagan infektsiyalarini chaqiradigan keng doiradagi grammusbat va grammanfiy aerob mikroorganizmlarga nisbatan faol.
Fosfomitsin terapevtik dozalarda siydikda bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi. Dori vositasining bakteritsid ta'siri enolpiruvil-transferaza fermentini ingibitsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lib, natijada bakteriya hujayrasi devori sintezining birinchi bosqichlaridan biri bo‘lgan, uridindifosfat-N-atsetilglyukozaminni
r-enolpiruvat bilan kondensatsiya qilinish jarayoni qaytarib bo‘lmaydigan darajada buziladi; bunda shuningdek siydik yo‘llaridagi epitelial hujayralarda bakteriyalarni adgeziyasi kamayadi.
Qoida bo‘yicha, fosfomitsin va β-laktamlar va aminoglikozidlar kabi boshqa sinfdagi antibakterial vositalar o‘rtasida kesishgan rezistentlik yo‘q.
Fosfomitsinni in vitro sharoitida, hamda klinik amaliyotda qo‘llanilganida quyida sanab o‘tilgan mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan faolligi aniqlangan
Aerob grammusbat mikroorganizmlar Enterococcus faecalis.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar Escherichia coli.
In vitro sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlarda shuningdek quyida keltirilgan ma'lumotlar olingan, biroq ularning klinik jihatdan ahamiyati noma'lum.
In vitro sharoitida quyida keltirilgan mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlari (≥90%) uchun fosfomitsinni minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentratsiyasi (MIQK)
64 mkg/ml yoki kamroqni tashkil etadi; biroq bu mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalarni davolashda dori vositasi qo‘llanilishining xavfsizligi va samaradorligi kerakli tarzda nazoratlangan klinik tadqiqotlarda aniqlanmagan
Aerob grammusbat mikroorganizmlar Enterococcus faecium.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar Citrobacter diversus, Citrobacter freundii, Enterobacter aerogenes, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens.
Mikroorganizmlarning sezgirligi bo‘yicha tadqiqotlar
Suyultirish usullari
Bakteriyalarning mikrobga qarshi vositalarga sezgirligini baholashga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan MIQKni aniqlash uchun miqdoriy usullar qo‘llaniladi. Bunday standart usullardan biri agarda suyultirish usulidir (standartlashtirilgan kontsetratsiyadagi biologik material, glyukozo-6-fosfat (25 mkg/ml) qo‘shilgan standartlashtirilgan kontsetratsiyadagi fosfomitsin trometamoli kukuni (fosfomitsinga qayta hisoblangan)). Mikroorganizmlarni fosfomitsinga sezgirligini baholash uchun suyuq oziqlantiruvchi muhitni (bulьon) suyultirish usulini qo‘llash kerak emas. Olingan MIQKni qiymatlarini quyidagi mezonlarga muvofiq tarzda izohlanishi kerak MIQK ≤64 mkg/ml – sezgir mikroorganizm (S); MIQK 128 mkg/ml – o‘rta rezistent mikroorganizm (I); MIQK ≥256 mkg/ml - rezistent mikroorganizm (R).
Siydikda erishiladigan odatdagi kontsentratsiyalarda fosfomitsin, ehtimol, sezgir mikroorganizmlarga nisbatan faol bo‘ladi. Agar mikroorganizmni o‘rta rezistentlikka ega ekanligi aniqlansa, natijani shubhali deb hisoblash lozim va, agar mikroorganizm qo‘llaniladigan muqobil dori vositalariga sezgir bo‘lmasa, u holda tadqiqotni to‘xtatish lozim. Bunday toifa bufer zona bo‘lib hisoblanadi, bunda tadqiqot natijalarini izohlashdagi ahamiyatga ega bo‘lgan tafovutlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ahamiyatsiz nazoratlanmagan texnik omillar e'tiborga olinadi. Siydikda erishiladigan odatdagi kontsentratsiyalarda fosfomitsin, ehtimol, rezistent mikroorganizmlarga nisbatan faol bo‘lmaydi, shuning uchun bunday hollarda davolashni boshqa dori vositalar bilan o‘tkazish lozim.
Mikroorganizmlarni fosfomitsinga sezgirligini aniqlashni standart usullari laboratoriya uchun nazoratlangan mikroorganizmlar qo‘llanilishini talab etadi. Fosfomitsin trometamolini standartlashtirilgan kukuni glyukozo-6-fosfat (25 mkg/ml) qo‘shilgan agarda suyultirish usuli qo‘llanilganda, bunday mikroorganizmlar uchun MIQK quyidagilarni tashkil etishi zarur Enterococcus faecalis (ATCC 29212) uchun
32-128 mkg/ml, Escherichia coli (ATCC 25922) uchun 0,5-2 mkg/ml, Pseudomonas aeruginosa (ATCC 27853) uchun 2-8 mkg/ml, Staphylococcus aureus (ATCC 29213) uchun 0,5-4 mkg/ml; tadqiqotlar o‘tkazilganda suyuq oziqlantiruvchi muhitni (bulьon) suyultirish usulini qo‘llash kerak emas.
Diffuziya usullari
Mikroorganizmlarni mikrobga qarshi vositalarga sezgirligini aniqlash uchun shuningdek o‘sishni kechikishi zonasining diametrini o‘lchash bilan o‘tkaziladigan miqdoriy usullar qo‘llaniladi. Mikroorganizmlarni fosfomitsinga bo‘lgan sezgirligini aniqlashda o‘tkaziladigan standart tadqiqotlardan biri uchun standartlashtirilgan kontsentratsiyadagi biologik material va fosfomitsinli (200 mkg) va glyukozo-6-fosfatli (50 mkg) qog‘ozli disklar qo‘llaniladi.
Disk (200 mkg fosfomitsin va 50 mkg glyukozo-6-fosfat) qo‘llanilishi bilan sezgirlikni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan standart laboratoriya tadqiqotlarining ma'lumotlaridan olingan natijalar quyidagi mezonlarga muvofiq izohlanishi lozim o‘sishni kechikishi zonasining diametri ≥16 mm – sezgir mikroorganizm (S); o‘sishni kechikishi zonasining diametri 13-15 mm – o‘rta rezistent mikroorganizm (I); o‘sishni kechikishi zonasining diametri ≤12 mm - rezistent mikroorganizm (R).
Dori vositasini bu kabi tadqiqotlar o‘tkazilgandan keyin qo‘llanilishiga nisbatan ma'lumot mikroorganizmlarni fosfomitsinga sezgirligini aniqlash uchun foydalaniladigan suyultirish usullarini xuddi shundayiga muvofiq keladi (yuqoriga qarang). O‘sishni kechikishi zonasining diametrini aniqlash bo‘yicha va fosfomitsinni MIQK tadqiqotlari natijalari o‘rtasida korrelyatsiya taxmin qilinadi.
Suyultirishni standart usullari qo‘llanilgan hollardagi kabi, diffuziya usullari laboratoriya uchun nazoratlangan mikroorganizmlar qo‘llanilishini talab etadi (laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazishning texnik jihatlarini nazorat qilish). Diffuziya usuli qo‘llanilganda (fosfomitsinli (200 mkg) va glyukozo-6-fosfatli (50 mkg) disk) bunday mikroorganizmlar uchun o‘sishni kechikishi zonasining diametri quyidagilarni tashkil etishi zarur Escherichia coli (ATCC 25922) uchun 22-30 mm, Staphylococcus aureus (ATCC 29213) uchun 25-33 mm.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Peroral qabul qilinganida fosfomitsin trometamoli me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi va erkin kislotaga, fosfomitsinga aylanadi. Och qoringa ichga qabul qilinganda mutlaqo biokiraolishligi 37 % tashkil etadi. 3,0 g dozada bir marta qabul qilinganidan keyin qon zardobida fosfomitsinni maksimal kontsentratsiyasiga 2 soat mobaynida erishilgan va 26,1 mkg/ml(standart og‘ish 9,1 mkg/ml)ni tashkil etgan. Ovqat bilan birga qabul qilinganida dori vositasining biokiraolishligi 30 %gacha pasayadi. Fosfomitsin 3,0 g dozada tarkibida yog‘i ko‘p bo‘lgan ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganidan keyin qon zardobida dori vositasining maksimal kontsentratsiyasiga 4 soat mobaynida erishilgan va 17,6 mkg/ml(standart og‘ish 4.4 mkg/ml)ni tashkil etgan.
Birgalikda qo‘llanilganda simetidin fosfomitsinning farmakokinetikasiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Metoklopramid bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon zardobida fosfomitsinning kontsentratsiyasi va siydik bilan chiqarilishi pasayadi.
Taqsimlanishi
Peroral qabul qilinganida muvozanatli holatda fosfomitsinni taqsimlanish hajmi o‘rtacha 136,1 l (standart og‘ish 44,1 l)ni tashkil etadi. Dori vositasi qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanmaydi.
Fosfomitsin buyraklarda, qovuq devorida, prostata bezida va urug‘ pufakchalarida taqsimlanadi. Qovuq raki tufayli urologik operatsiya o‘tkazilgan patsiyentlarda, 50 mg/kgdozada qabul qilinganidan keyin 3 soat o‘tgach, o‘sma joyidan uzoqda olingan qovuq to‘qimalarida fosfomitsin kontsentratsiyasi o‘rtacha to‘qimaning grammiga 18,0 mkg ni tashkil etgan. Fosfomitsinni hayvonlar va odamda yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tishi aniqlangan.
Chiqarilishi
Fosfomitsin organizmdan siydik va axlat bilan o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Peroral qabul qilinganida fosfomitsinni umumiy klirensi va buyrak klirensi muvofiq ravishda o‘rtacha 16,9 l/s (standart og‘ish 3,5 l/s) va 6,3 l/s (standart og‘ish
1,7 l/s)ni tashkil etgan. 3,0 g dozada qabul qilinganida dori vositasining taxminan
38% siydik bilan va 18% axlat bilan chiqariladi. Vena ichiga yuborilganida fosfomitsinni umumiy klirensi va buyrak klirensi muvofiq ravishda o‘rtacha 6,1 l/s (standart og‘ish 1,0 l/s) va 5.5 l/s (standart og‘ish 1,2 l/s)ni tashkil etgan.
Och qoringa 3,0 g dozada bir marta ichga qabul qilinganidan keyin siydikda 2-4 soat mobaynida fosfomitsinni kontsentratsiyasi o‘rtacha 706 mkg/ml(standart og‘ish
466 mkg/ml)ni tashkil etgan, 72-84 soatdan keyin olingan siydik namunalarida esa, u
10 mkg/ml ni tashkil etgan.
Fosfomitsin 3,0 g dozada tarkibida yog‘i ko‘p bo‘lgan ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganidan keyin siydikda fosfomitsinni kontsentratsiyasi 6-8 soat mobaynida o‘rtacha 537 mkg/ml(standart og‘ish 252 mkg/ml)ni tashkil etgan. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganda fosfomitsinni siydik bilan chiqarilish tezligi pasayishiga qaramay, dori vositasi ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganda siydik bilan chiqarilgan dori vositasining umumiy miqdori, och qoringa qabul qilingandagi xuddi shundayiga o‘xshash bo‘lgan (muvofiq ravishda 1118 mg (standart og‘ish 201 mg) va 1140 mg (standart og‘ish
238 mg)). Keyinchalik bir va xuddi shunday davri mobaynida (26 soat) fosfomitsinni siydikdagi kontsentratsiyalari 100 mkg/ml yoki ko‘proqni tashkil etgan, bu dori vositasini ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmagan holda qabul qilinishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Peroral qabul qilinganda fosfomitsinni yarim chiqarilish davri o‘rtacha 5,7 soatni tashkil etadi (standart og‘ish 2,8 soat).
Patsiyentlarning maxsus guruhlari
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Dori vositasining siydikdagi sutkalik kontsentratsiyasi haqida cheklangan ma'lumotlarga muvofiq keksa yoshdagi patsiyentlarda fosfomitsinni siydik bilan chiqarilishida farqlar qayd etilmaydi. Keksa yoshdagi patsiyentlarda fosfomitsin dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Anuriyasi bo‘lgan, dializdagi 5 patsiyentda gemodializ muolajasi o‘tkazilganda fosfomitsinni yarim chiqarilish davri 40 soatni tashkil etgan. Turli darajadagi buyraklar funktsiyasining buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda (kreatinin klirensi 7-54 ml/min) dori vositasining yarim chiqarilish davri 11 - 50 soatni tashkil etgan, siydik bilan chiqariladigan fosfomitsinni foizli miqdori esa 32% dan 11 % gacha kamaygan, bu buyraklar funktsiyasi buzilganida dori vositasining chiqarilishi ahamiyatlti darajada pasayishidan dalolat beradi.
Patsiyentning jinsi
Fosfomitsinni farmakokinetikasida jinsga bog‘liq bo‘lgan farqlar mavjud emas.
Qo‘llanilishi
Urofos faqat ayollarda Escherichia coli va Enterococcus faecalis sezgir shtammlari chaqirgan siydik yo‘llarining asoratlanmagan infektsiyalarini (o‘tkir sistit) davolash uchun qo‘llaniladi.
Agar preparat bilan davolash fonida barqaror yoki qaytalanuvchi bakteriuriya qayd etilsa, davolash sifatida boshqa dori vositasini tanlash lozim.
Urofos piyelonefrit yoki perinefritik abstsessni davolash uchun qo‘llanilmaydi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Siydik yo‘llarining asoratlanmagan infektsiyasi (o‘tkir sistit) bo‘lgan 18 yosh va undan katta ayollar uchun tavsiya etilgan dozasi sutkada bir marta 1 paketchani (3,0 g fosfomitsin) tashkil etadi.
Urofos ichga qabul qilinadi (uni ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmagan holatda qabul qilish mumkin). Kukunni quruq ko‘rinishda qabul qilish kerak emas, uni 1/2 chashka suvda suyultirish va butunlay erigunicha aralashtirish zarur (suyultirish uchun issiq suvdan foydalanish kerak emas); olingan eritmani tayyorlanganidan keyin darhol qabul qilish lozim.
Patsiyentlarning maxsus guruhlari
Bolalar
Bolalarda va o‘smirlarda dori vositasi qo‘llanilishining xavfsizligi va samaradorligi kerakli tarzda nazoratlangan tadqiqotlarda aniqlanmagan.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Keksa yoshdagi patsiyentlar va yoshroq bo‘lgan patsiyentlarda fosfomitsin bilan davolashga bo‘lgan javoblarda farqlar bor yoki yo‘qligi ma'lum emas (dori vositasini qo‘llanilishi bo‘yicha klinik tadqiqotlarga yetarli sondagi 65 yosh va undan katta yoshdagi sub'ektlar kiritilmagan). Boshqa mavjud bo‘lgan klinik ma'lumotlarga muvofiq keksa yoshdagi patsiyentlar va yoshroq bo‘lgan patsiyentlarda davolashga bo‘lgan javoblarda farqlar yo‘q. Qoidaga asosan, keksa yoshdagi patsiyent uchun doza tanlashda ehtiyotkorlikka rioya etish lozim, bunday patsiyentlarda ko‘pincha jigar, buyraklar yoki yurak funktsiyasining pasayganligini, shuningdek ko‘pincha yondosh kasalliklar borligini yoki boshqa dori bilan davolash qabul qilayotganliklarini e'tiborga olgan holda, odatda davolash dori vositasining kichik dozalarini qo‘llanilishidan boshlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Klinik tadqiqotlardan olingan ma'lumotlar
Klinik tadqiqotlarda 1% dan ko‘proq patsiyentlarda qayd etilgan va fosfomitsin qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan noxush reaktsiyalarga quyidagilar kiradi diareya (9,0%), vaginit (5,5%), ko‘ngil aynashi (4,1%), bosh og‘rig‘i (3,9%), bosh aylanishi (1,3%), asteniya (1,1%), dispepsiya (1,1%).
Klinik tadqiqotlarda 1 % dan ko‘proq patsiyentlarda qayd etilgan, dori vositasini qo‘llanilishi bilan bog‘liqligidan qati'y nazar bo‘lgan noxush reaktsiyalarga quyidagilar kiradi diareya (10,4%), bosh og‘rig‘i (10,3%), vaginit (7,6%), ko‘ngil aynashi (5,2%), rinit (4,5%), orqada og‘riq (3,0%), dismenoreya (2,6%), faringit (2,5%), bosh aylanishi (2,3%), qorinda og‘riq (2,2%), og‘riq (2,2%), dispepsiya (1,8%), asteniya (1,7%) va toshma (1,4%).
Quyidagi noxush reaktsiyalar klinik tadqiqotlarda 1%dan kamroq patsiyentlardafosfomitsin qo‘llanilishi bilan bog‘liqligidan qati'y nazar qayd etilgan axlatning buzilishi, anoreksiya, qabziyat, og‘iz qurishi, dizuriya, eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar, tana haroratining ko‘tarilishi, meteorizm, grippsimon sindrom, gematuriya, infektsiyalar, uyqusizlik, limfoadenopatiya, hayz ko‘rish siklining buzilishlari, migrenь, mialgiya, bezovtalik, paresteziya, qichish, qonda glutamat-piruvat-transaminaza darajasining oshishi, teri tomonidan buzilishlar, uyquchanlik va qusish.
Bir patsiyentda ko‘rish nervining bir tomonlama nevriti qayd etilgan, uning sodir bo‘lishi ehtimol fosfomitsin bilan davolashga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Postmarketing davrda olingan ma'lumotlar.
Postmarketing davrdagi og‘ir noxush reaktsiyalar haqida (Amerika Qo‘shma Shtatlaridan tashqarida) kam hollarda xabar berilgan, ularga angionevrotik shish, aplastik anemiya, bronxial astma (kasallikning zo‘rayishi), xolestatik sariqlik, jigar nekrozi va toksik megakolon kirgan.
Sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmaganligiga qaramay, postmarketing davrda fosfomitsin qabul qilgan patsiyentlarda anafilaksiya va eshitishni yo‘qotish hollari qayd etilgan.
Laboratoriya tadqiqotlari natijalariga ta'siri
Klinik tadqiqotlardagi (Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazilgan) fosfomitsin qo‘llanilishi bilan bog‘liqligidan qati'y nazar patsiyentlarda qayd etilgan laboratoriya ko‘rsatkichlarining ahamiyatli o‘zgarishlariga quyidagilar kirgan qonda eozinofillar sonini oshishi, qonda leykotsitlar sonining oshishi yoki pasayishi, qonda bilirubin, glutamat-piruvat-transaminaza, glutamat-oksaloatsetat-transaminaza va ishqoriy fosfataza darajalarining oshishi, qonda gematokrit va gemoglobin darajalarining pasayishi, qonda trombotsitlar sonining oshishi va pasayishi. Qoida bo‘yicha, yuqorida ko‘rsatilgan o‘zgarishlar o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lgan va klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan.
Gumon qilinayotgan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin gumon qilinayotgan nojo‘ya reaktsiyalari haqidagi xabarni berish muhim hisoblanadi. Patsiyentda dori vositasiga jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanganida yoki mazkur bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmako nazorat tizimiga muvofiq ravishda xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning faol moddasiga yoki yordamchi moddalaridan biron-biriga bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Metoklopramid
Metoklopramid (ichak motorikasini kuchaytiruvchi dori vositasi) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon plazmasida fosfomitsinni kontsentratsiyasi va uni siydik bilan chiqarilishi pasayadi. Ichak mtorikasini kuchaytiruvchi boshqa preparatlar bu kabi ta'sir ko‘rsatishlari mumkin.
Simetidin
Birgalikda qo‘llanilganda simetidin fosfomitsinni farmakokinetikasiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Umumiy ko‘rsatmalar
O‘tkir sistit epizodini davolash uchun Urofosni 1 dozasidan ko‘pini qo‘llash kerak emas. Dori vositasi har kuni ko‘p marta qo‘llanilganda davolash samaradorligi yoki mikroorganizmlarni eradikatsiya qilinishini ko‘rsatkichlari bir marta qo‘llanilishi bilan taqqoslanganda oshmagan, biroq bunda noxush reaktsiyalarni sodir bo‘lish tezligi oshgan. Davolash boshlashdan oldin va u tugatilganidan keyin siydik namunalarida mikroorganizmlar sezgirligini aniqlash zarur.
Clostridium difficile chaqirgan diareya
Ko‘pchilik antibakterial vositalar, shu jumladan fosfomitsin, qo‘llanilganida Clostridium difficile chaqirgan diareya sodir bo‘lish hollari haqida xabar berilgan, uning namoyon bo‘lishining og‘irligi diareyani yengil shakldan letal yakunlangan kolitgacha o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Antibakterial davolash fonida yo‘g‘on ichak mikroflorasi o‘zgaradi, bu Clostridium difficile shtammlarining haddan ziyod o‘sishiga olib keladi.
Clostridium difficile diareyani rivojlanishiga yordam beradigan A va V toksinlarini ishlab chiqaradi. Gipertoksin ishlab chiqaradigan Clostridium difficile shtammlari yuqoriroq bo‘lgan kasallanish va o‘limga sabab bo‘ladi, chunki ular antibakterial vositalar bilan davolashga rezistent bo‘lishlari mumkin, bunda kolektomiya o‘tkazilishiga zarurat paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun antibiotiklar qo‘llanilganidan keyin diareya rivojlangan barcha patsiyentlarda Clostridium difficile chaqirgan diareya sodir bo‘lish xavfini e'tiborga olish lozim. Undan tashqari, bunday patsiyentlarning anamnezi sinchkovlik bilan aniqlanishi zarur, chunki Clostridium difficile chaqirgan diareya antibakterial vositalar qabul qilinganidan hatto ikki oy o‘tgach rivojlanishi mumkin.
Clostridium difficile chaqirgan diareya tasdiqlangan yoki gumon qilingan hollarda, agar dori vositasi Clostridium difficile ga nisbatan bevosita faol bo‘lmasa, davom ettirilayotgan antibiotik bilan davolashni to‘xtatish zarurati paydo bo‘lishi mumkin. Klinik ko‘rsatmalarga muvofiq suv-elektrolit muvozanatini tutib turishni, oqsil preparatlarini qo‘llashni, Clostridium difficile ga nisbatan faol antibakterial vositalarni qo‘llashni o‘z ichiga olgan kerakli tarzdagi davolashni o‘tkazish, shuningdek xirurgik tekshiruvlvrni o‘tkazish lozim.
Patsiyentlar uchun ma'lumot
Patsiyentlar quyidagilardan xabardor bo‘lishlari zarur
- preparatni ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmagan holatda qabul qilish mumukin;
- kasallik simptomlarining yengillashishi preparat qabul qilinganidan 2-3 kun o‘tganidan keyin qayd etilishi kerak, agar bunday holat sodir bo‘lmasa, patsiyent davolovchi shifokorga murojaat etishi lozim;
- diareya antibiotiklar qo‘llanganda tez-tez rivojlanadigan noxush reaktsiya bo‘lib hisoblanadi, va u, qoida bo‘yicha, antibiotiklarni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin yo‘qoladi; ayrim hollarda antibiotiklar bilan davolash boshlanganidan keyin suvli axlat yoki qon aralash axlat kuzatilishi mumkin (me'da spazmi va tana haroratini oshishi bilan yoki ularsiz), shu jumladan antibiotikning oxirgi dozasi qabul qilinganidan ikki oy va undan ko‘proq o‘tgandan keyin, bunday hollarda patsiyent darhol shifokorga murojaat etishi lozim.
Yordamchi moddalar
Urofos saxarozani saqlaydi, shuning uchun fruktozani o‘zlashtira olmaslk, glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiyasi yoki saxaroza-izomalьtaza yetishmovchiligi bilan kechadigan kam uchraydigan irsiy muammolari bo‘lgan patsiyentlarga dori preparatini qabul qilish kerak emas.
Urofos 1 paketchada 1 mmolьdan (23 mg) kamroq natriyni saqlaydi, ya'ni deyarli “natriyni saqlamaydi”.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanilishi
Homiladorlik
Homilador ayollarga mushak ichiga natriy tuzi shaklida 1,0 g dozada yuborilganda fosfomitsin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tgan.
Fosfomitsin gestatsiya davridagi kalamushlarga 1000 mg/kg/sutka gacha bo‘lgan dozalarda (mg/m2 va kg tana vazniga hisoblanganda odam uchun dozadan muvofiq tarzda taxminan 1,4 va 9 marta yuqoriroq) yuborilganda yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tgan, bunda dori vositasining teratogen potentsiali aniqlanmagan.
Fosfomitsin gestatsiya davridagi quyonlarga 1000 mg/kg/sutka gacha bo‘lgan dozalarda (mg/m2 va kg tana vazniga hisoblanganda odam uchun dozadan muvofiq tarzda taxminan 2,7 va 9 marta yuqoriroq) yuborilganda fetotoksik ta'sir qilish belgilari qayd etilgan. Biroq bu ta'sir ona organizmi uchun toksik bo‘lgan dozalarda yuborilganida qayd etilgan va, ehtimol dori vositasi yuborilishi tufayli quyonlarning ichak mikroflorasidagi o‘zgarishlarga bo‘lgan sezgirlik bilan bog‘liq.
Homilador ayollarda fosfomitsin qo‘llanilishi bo‘yicha kerakli tarzda nazoratlangan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Hayvonlar reproduktiv funktsiyasiga bo‘lgan ta'siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari har doim ham odamlarnikiga o‘xshash bo‘lmaganligi tufayli, Urofosni homiladorlik davridagi ayollarda faqat haqiqatdan ham zarurat bo‘lgandagina qo‘llash lozim.
Laktatsiya
Fosfomitsin trometamolini ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi noma'lum. Ko‘pchilik dori vositalari odamda ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi tufayli va ko‘krak bilan oziqlantirilayotgan bolalarda og‘ir noxush reaktsiyalar sodir bo‘lish xavfi bo‘lgani tufayli, ko‘krak bilan oziqlantirishni va Urofos qo‘llanilishini to‘xtatish haqidagi savolni dori vositasini ona uchun foydasini e'tiborga olgan holda ko‘rib chiqish lozim.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bilan davolashni qabul qilayotgan patsiyentlar avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya etishlari lozim; Urofosni avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumotlar mavjud emas.
Dozani oshirib yuborilishi
O‘tkir toksikligi bo‘yicha tadqiqotlarda yuqori dozalarda (5,0 g/kg gacha) peroral yuborilganda fosfomitsin yaxshi o‘zlashtirilgan (sichqonlar va kalamushlar) yoki vaqtinchalik bir oz ifodalangan axlatning o‘zgarishlarini (suvli axlat) (quyonlar) va anoreksiya bilan kechadigan diareyani chaqirgan (bir martalik doza yuborilganidan 2-3 kundan keyin) (itlar). Hayvonlarga yuborilgan dori vositasining dozalari, odamdagi terapevtik dozadan 50-125 marta yuqori.
Dozasi oshirib yuborilganda patsiyentlarda quyidagi noxush reaktsiyalar qayd etilgan koordinatsiyaning buzilishi, eshitishni buzilishi, og‘izda metall ta'mini his etish va ta'm sezishning umumiy pasayishi.
Dozani oshirib yuborilishi
hollarida simptomatik va tutib turuvchi davolashni o‘tkazish zarur.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulyatsiya qilingan kukun 8 g dan paketchalarda.
1 yoki 2 paketcha tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.