Metabolik preparatlar: ular nima va nima uchun kerak?
Metaboliklar guruhiga organizmda moddalar va energiya almashinuvini korreksiyalovchi dori vositalari kiradi. Ushbu preparatlarning ta’siri metabolizmni tezlashtirishga emas, balki uni normallashtirishga qaratilgan.
Metabolik dorilar qachon qabul qilinadi
Metabolik vositalar qachon va qanday kasalliklarda qabul qilinishini tushunish uchun moddalar almashinuvining asosiy jarayonlarini tushunish kerak. Tasniflashning eng oddiy turi metabolizmni 2 ta jarayonga bo‘lishdir:
-
anabolizm - hujayralar hosil bo‘lishi uchun moddalar sintezi;
-
katabolizm - ovqatning foydali moddalarga parchalanishi.
Agar bu jarayonlar o‘rtasidagi muvozanat yo‘qolsa, moddalar almashinuvining buzilishi kuzatilib, qator boshqa kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun organizmga turli moddalarning kirishi va ularning qayta ishlanishi o‘rtasidagi muvozanatni o‘z vaqtida tiklash zarur. Bu holatda preparatlar nomutanosiblik sababi aniqlangandan so‘ng shifokor tomonidan buyuriladi.
Metabolik buzilishlarning turli xillari mavjud. Bu yog‘lar, oqsillar, uglevodlar almashinuvining buzilishi bo‘lishi mumkin. Muskul to‘qimalarida moddalar almashinuvi buzilganda nerv-muskul va yurak-tomir kasalliklari kelib chiqadi. Bunday holda, yurak uchun metabolik dori-darmonlarni qabul qilish kerak.
Moddalar almashinuvini tiklash uchun qo‘llaniladigan dorilar guruhiga quyidagilar kiradi:
-
gipolipidemik preparatlar;
-
mikroelementlar, makroelementlar;
-
fermentlar, antifermentlar;
-
oqsillar, aminokislotalar;
-
regidratantlar;
-
vitaminlar;
-
antigipoksantlar, antioksidantlar;
-
anaboliklar;
-
zararsizlantiruvchi vositalar;
-
kislota-ishqor muvozanatini normallashtirish uchun dori vositalari;
-
suv-elektrolit balansini tartibga soluvchi preparatlar;
-
va boshqalar.
Toshkentda metabolik vositalarni sotib olish
"PharmaClick.uz" internet-dorixonasi metabolizmni normallashtirishga yordam beradigan eng yaxshi dorilarni taklif etadi. Siz kerakli dori-darmonni osongina topib, band qilishingiz yoki yetkazib berish xizmati orqali darhol buyurtma berishingiz mumkin.
Bizning kuryerlarimiz Toshkent bo‘ylab va respublikaning boshqa shaharlariga dori vositalarini tez va ishonchli yetkazib beradi. Agar sizda qo‘shimcha savollar bo‘lsa, onlayn mutaxassislarimiz bilan bog‘lanib, malakali maslahat olishingiz mumkin.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.