Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Neoton 1g №1
Nomi | Narx | |||||
Неотон 1г №1 (29165##2 249) |
UZS 208 300
Stokda yetarli (9)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фосфокреатин
Страна производитель
Италия
Дозировка
1 г
Производитель
Alfa Wassermann S.p.A.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Порошок для приготовления суспензии для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Neoton
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) fosfokreatin
Dori shakli
infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi
Faol modda kreatin fosfatning natriyli tuzi – 1 g.
Ta'rifi oq kristall kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
yurak kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.
ATX kodi S01EV06
Farmakologik xususiyatlari
Neoton – miokard va mushak to‘qimasining metabolizmini yaxshilovchi preparatdir. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha endogen makroergik fosfokreatinga o‘xshash. Ishemiyaga uchragan kardiomiotsitlar va miotsitlarning sarkolemmasini destruktsiya jarayoniga to‘sqinlik qiladi, xujayra ichiga energiya tashilishini ta'minlaydi. Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilashi hisobiga preparat nekroz va ishemiya sohasining o‘lchamlarini kamaytiradi. Ishemiyada va postishemik reperfuziyada antiaritmik samara ko‘rsatadi, bu qorinchalarning ektopik faolligini kamayishi va Purkine tolalari xujayralarining fiziologik faoliyatini saqlanishi bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Taqsimlanishi Vena ichiga bir martalik infuziyada preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi 1-3 minut o‘tgach aniqlanadi. Preparatning eng ko‘p miqdori skelet mushaklarida, miokardda va miyada to‘planadi. Jigar va o‘pka to‘qimasida preparatni to‘planishi juda oz.
Chiqarilishi Tez fazadagi yarim chiqarilish davri 30-35 minutni tashkil etadi; sekin fazadagi yarim chiqarilish davri bir necha soatni tashkil etadi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• Quyidagilarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi
-o‘tkir miokard infarkti;
-surunkali yurak yetishmovchiligi;
-intraoperatsion miokard ishemiyasi;
-qo‘l-oyoqlarning intraoperatsion ishemiyasi;
-o‘tkir insult;
-sport tibbiyotida jismoniy zo‘riqish sindromini rivojlanishini oldini olish va ekstremal jismoniy yuklamalarga moslashishini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
O‘tkir miokard infarktida 1-chi sutkada venaga 2-4 g oqim bilan, keyingi 8-16 g ni
200 ml 5% glyukoza eritmasida infuziya usuli bilan tomchilab, 2 soat davomida yuboriladi. 2-chi sutkada 2-4 g dan v/i tomchilab sutkada 2 marta yuboriladi. Zarurati bo‘lganida preparatni 2 g dan sutkada 2 marta infuziya kursini 6 kun davomida o‘tkazish mumkin.
Surunkali yurak yetishmovchiligida 10-14 kun davomida 1-2 g dan sutkada 2 marta v/i tomchilab yuboriladi.
Miokardning intraoperatsion ishemiyasida Oddiy kardioplegik eritma tarkibida 1 l da 3 g miqdorida yuboriladi. Neoton eritma tarkibiga bevosita ishlatishdan oldin aralashtiriladi. Preparatning infuziya kurslarini 2 g dan operatsiyadan oldin 3-5 kun davomida kuniga ikki marta, shuningdek operatsiyadanso‘ng 1-2 kun davomida o‘tkazish tavsiya etiladi.
Oyoqlarning intraoperatsion ishemiyasi rivojlanishi ehtimolida operatsiyagacha preparatning 2-4 g v/i oqim bilan, keyingi operatsiya davomida va reperfuziya davrida 8-10 g ni 5% glyukoza eritmasida infuziya qilish tavsiya etiladi,
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatga yuqori sezuvchanlik, arterial gipotenziya (v/i tez yuborilganida).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Preparatga yuqori sezuvchanlik.
-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanganida Neoton antiaritmik, antianginal preparatlar, shuningdek miokardning inotrop faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatuvchi preparatlarning samaradorligini oshishiga yordam beradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni ishemiyaning birinchi belgilari namoyon bo‘lgan vaqtdan boshlab maksimal qisqa muddatlarda yuborish lozim.
Neoton yurak faoliyatining buzilishlarini shoshilinch ravishda to‘g‘rilash uchun qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni xavfsizligi va samaradorligi haqida ma'lumot yo‘q. Shunga qaramasdan, fosfokreatinni hayvonlarning reproduktiv xarakteristikalari va ona qornida rivojlanishiga toksik ta'sir ko‘rsatmasligi ma'lum. Agar ona uchun foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lsa, preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lgan holda emizishni to‘xtatish kerak.
Bolalarda qo‘llanishi
18 yoshdan kichik bolalarda preparatni qo‘llash to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
Neoton preparatining dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida hozirgi vaqtgacha xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
Neoton infuziya uchun eritma tayyorlash uchun 1 g kristall oq kukun neytral rangsiz shisha flakonda;
Erituvchi 50 ml in'ektsiya uchun suv neytral rangsiz shisha flakonda;
1 yoki 4 flakon Neoton preparati 1 flakon erituvchi bilan majmuada, bir martalik tibbiy tomchilagich va qo‘llash uchun yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan;
1 yoki 4 flakon Neoton preparati qo‘llash uchun yo‘riqnomasi bilan majmuada karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
30oS dan past haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Preparat uchun – 3 yil, erituvchi uchun – 5 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Alfa-Vasserman S.p.A. – Italiya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.