Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Riboksin vena ichiga yuborish uchun eritma 2% 10ml №10
Nomi | Narx | |||||
Рибоксин р-р д/инъек 2% 10мл №10 (471223##2 130) |
UZS 12 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Рибоксин р-р д/инъек 2% 10мл №10 (531223##2 196) |
UZS 10 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Инозин пранобекс
Страна производитель
Россия
Дозировка
2%
Производитель
Дальхимфарм,ОАО,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- ATS kodi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Riboksin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Inozin
Dori shakli
Vena ichiga yuborish uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda inozin (riboksin) – 20 mg
yordamchi moddalar metenamin (geksametilentetramin), 1 M natriy gidroksidi eritmasi (natriy ishqori), in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik vosita
ATS kodi
S01EV
Farmakologik xususiyatlari
Riboksin metabolik jarayonlarni rag‘batlantiruvchi anabolik nosteroid vositalarga mansub. Purin hosilasi, adenozintrifosfat (ATF) o‘tmishdoshi; antigipoksik, metabolik va antiaritmik ta'sir ko‘rsatadi. Miokardning energetik muvozanatini oshiradi, koronar qon aylanishini yaxshilaydi, operatsiya jarayonida ishemiyaga duchor bo‘lgan buyraklarni farmakologik himoya qiladi. Glyukoza almashinuvida bevosita ishtirok etadi va gipoksiya sharoitida va ATF yo‘qligida almashinuvni faollashishiga yordam beradi. To‘qima nafasining normal jarayonini ta'minlash uchun pirouzum kislotasi metabolizmini faollashtiradi, shuningdek ksantin-degidrogenazani faollashuviga yordam beradi. Nukleotidlar sintezini rag‘batlantiradi, Krebs xalqasining ba'zi enzimlarining faolligini kuchaytiradi.
Farmakokinetikasi
Glyukuron kislotasini hosil qilib va keyinchalik uni oksidlanishi bilan jigarda metabolizmga uchraydi. Ahamiyatsiz miqdorda siydik bilan ajraladi.
Qo‘llanilishi
Yurak ishemik kasalligi, yurak glikozidlari qo‘llash, o‘tkazilgan miokard infarkti bilan bog‘liq, o‘tkazilgan infektsion kasalliklardan keyingi miokardiodistrofiya fonidagi yurak ritmini buzilishlarini majmuaviy davolash. Jigar kasalliklari (gepatitlar, sirroz, yog‘li distrofiya). Izolyatsiyalangan buyrakdagi operatsiyalarda (qon aylanishi to‘xtatilishida farmakologik himoya vositasi sifatida) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga oqim bilan (sekin) yoki tomchilab (minutiga 40—60 tomchi) yuboriladi. Davolashni kuniga 1 marta 200 mg (2% li eritma 10 ml) yuborishdan boshlanadi, so‘ngra yaxshi o‘zlashtirilganida dozani kuniga 1-2 marta 400 mg (2% li eritma 20 ml) gacha oshriladi. Davolash davomiyligi 10-15 kun.
Yurak ritmining o‘tkir buzilishlarida 200-400 mg (2% li eritma 10-20 ml) bir martalik dozada oqim bilan yuborish mumkin.
Ishemiyaga duchor bo‘lgan buyrakni farmakologik himoya qilish uchun riboksinni vena ichiga 1,2 g (2% li eritma 60 ml) bir martalik dozada buyrak arteriyasini qisishdan 5-15 minut oldin oqim bilan yuboriladi, so‘ngra qon aylanishi tiklangan zahoti yana 0,8 g (2% li eritma 40 ml) yuboriladi.
Vena ichiga tomchilab yuborish uchun preparatning 2% li eritmasi glyukozaning 5% li eritmasi yoki natriy xloridining izotonik eritmasida (250 ml gacha) suyultiriladi.
Nojo‘ya ta'siri
Allergik reaktsiyalar (eshakemi, teri qichishishi, teri giperemiyasi) (preparat bekor qilinadi). Kam hollarda– qonda siydik kislotasining kontsentratsiyasini oshishi. Podagrani zo‘rayishi mumkin (uzoq muddat qo‘llashda).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, podagra, giperurikemiya, homiladorlik, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
Ehtiyotkorlik bilan buyrak yetishmovchiligi.
Dorilarining o‘zaro ta'siri
Immunodepressantlar (antitimotsitar immunoglobulin, siklosporin, gamma-D-glutamil-D-triptofan va boshq.) bir vaqtda qo‘llanganida Riboksinning samaradorligini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish xollari noma'lum.
Chiqarilish shakli
5 yoki 10 ml dan 20 mg/ml vena ichiga yuborish uchun eritma neytral shisha ampulalarda.
10 ampula ampulani ochish uchun pichoq yoki skarifikator va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Kertikli, halqali va nuqtali ampulalarni qo‘llashda skarifikator yoki ampula pichog‘i joylanmaydi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°C dan 25°C gacha haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Dori preparatini ishlab chiqaruvchisining nomi, manzili va dori preparatini ishlab chiqarish joyining manzili/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«DALXIMFARM» OAJ, 680001, Rossiya Federatsiyasi, Xabarovsk o‘lkasi, Xabarovsk sh., Tashkentskaya ko‘ch, 22
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.