Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tiogamma 12mg/ml infuziya uchun eritma 50ml №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тиоктовая кислота
Страна производитель
Германия
Дозировка
12мг/мл 50мл
Производитель
Worwag Pharma GmbH & Co. KG, Германия произведено: Solupharm Pharmazeutische Erzeugnisse GmbH
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tiogamma
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) tioktat kislotasi
Dori shakli
infuziya uchun eritma.
Tarkibi
1 flakon 50 ml 12/mg/ml infuziya uchun eritma saqlaydi
Faol modda tioktat kislotasining megluminli tuzi – 1167,70 mg (bu 600 mg tioktat kislotasiga ekvivalent);
Yordamchi moddalar makrogol 300 - 4000,00 mg, meglumin, in'ektsiya uchun suv 50 ml gacha.
Ta'rifi och-sariq yoki sarg‘ish-yashil rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik jarayonlarni to‘g‘rilash uchun vosita.
ATX kodi A16AX01
Farmakologik xususiyatlari
Tioktat kislotasi–endogen antioksidant (erkin radikallarni bog‘lab oladi).
Organizmda alfa-ketokislotalarning oksidlanishli dekarboksillanishida hosil bo‘ladi. Mitoxondrial multifermentli komplekslarning koenzimi sifatida pirouzum kislotasi va alfa-ketokislotalarni oksidlanish dekarboksillanish jarayonlarida ishtirok etadi. Qonda glyukozaning kontsentratsiyasini pasayishiga va jigarda glikogenni oshishiga, shuningdek insulinga rezistentlikni pasayishiga yordam beradi. Lipid va uglevodlar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadi, xolesterin almashinuviga ta'sir qiladi, jigar faoliyatini yaxshilaydi, og‘ir metallar tuzlari bilan zaharlanishda va boshqa intoksikatsiyalarda dezintoksikatsion ta'sir ko‘rsatadi.
Neyronlarning trofikasini yaxshilaydi. Qandli diabetda tioktat kislotasi glikirlanishning yakuniy mahsulotlarini hosil bo‘lishini kamaytiradi, endonevral qon oqimini yaxshilaydi, glyutationning miqdorini fizioliogik qiymatlar darajasigacha oshiradi, bu natijada diabetik polineyropatiyada periferik nerv tolalarining funktsional holatini yaxshilanishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Vena ichiga yuborilganida maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti – 10-11 min., maksimal kontsentratsiyasi taxminan 20 mkg/ml ni tashkil qiladi. Jigar orqali «birinchi o‘tish» samarasiga ega.
Metabolitlarini hosil bo‘lishi yon zanjirini oksidlanishi va kon'yugatsiyalanishi natijasida yuz beradi. Umumiy plazma klirensi - 10-15 ml/min. Tioktat kislotasi va uning metabolitlari buyrak orqali (80-90%), katta bo‘lmagan miqdori – o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 25 minutni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Diabetik polineyropatiya, alkogolli polineyropatiya.
Qo‘llash usuli va dozalari
Davolashni boshida Tiogamma infuziya uchun eritma preparati vena ichiga sutkada 600 mg dozada (1 flakon) 2-4 hafta davomida yuboriladi. Preparatli flakon qutidan chiqariladi va darhol berilgan yorug‘likdan himoya qiluvchi g‘ilof bilan yopiladi, chunki tioktat kislotasi yorug‘likka sezgir. Infuziya bevosita flakondan qilinadi. Asta-sekin yuboriladi, taxminan 1,7 ml/min tezlikda, 30 minut davomida yuboriladi.
So‘ngra tioktat kislotasini peroral shaklini (Tiogamma, qobiq bilan qoplangan tabletkalar) qabul qilishni davom ettirish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush nojo‘ya reaktsiyalarni paydo bo‘lishini tez-tezligi JSST tasnifiga muvofiq keltirilgan
Juda tez-tez10 nafar davolanayotganlardan 1 tadan ko‘proq
Tez-tez10 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamroq, lekin 100 nafaridan 1 tadan ko‘proq
Tez-tez emas100 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamroq, lekin 1000 nafaridan 1 tadan ko‘proq
Kam1000 nafar davolanayotganlardan 1 tadan kamroq, lekin 10000 nafaridan 1 tadan ko‘proq
Juda kam10000 nafardan 1 tadan kamroq, shu jumladan alohida hollar ham
Qon yaratish tizimi va limfatik tizimi tomonidan
Juda kam shilliq qavatlar va teriga nuqtali qon quyilishlar, trombotsitopeniya, gemorragik toshma (purpura), tromboflebit;
Immun tizimi tomonidan
Alohida hollarda tizimli allergik reaktsiyalar (hatto anafilaktik shok rivojlanishigacha) bo‘lishi mumkin;
Markaziy nerv tizimi tomonidan
Juda kam hollarda ta'm sezishni o‘zgarishi yoki buzilishi; juda kam tirishishlar;
Ko‘rish a'zosi tomonidan
Juda kam hollarda diplopiya;
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan
Alohida hollarda allergik reaktsiyalar – eshakemi, qichishish, ekzema, toshma.
Boshqa nojo‘ya reaktsiyalar
Alohida hollarda glyukozani o‘zlashtirilishini yaxshilanishi tufayli, qonda glyukozaning kontsentratsiyasi pasayishi mumkin. Bunda gipoglikemiya simptomlari bosh aylanishi, ko‘p terlash, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi; alohida hollarda yuborish joyida allergik reaktsiyalar – ta'sirlanish, giperemiya yoki shish paydo bo‘lishi mumkin;
Juda kam hollarda preparat tez yuborilgan hollarda bosh miya ichki bosimini oshishi (boshda og‘irlik hissi paydo bo‘ladi), nafasni qiyinlashishi kuzatilishi mumkin. Bu reaktsiyalar mustaqil o‘tib ketadi.
Agarda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralar birontasi yomonlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tioktat kislotasi va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Homiladorlik va emizish davri.
Preparatni qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tioktat kislotasi bir vaqtda qabul qilinganida sisplatinning samaradorligini pasaytiradi, shuningdek temir, magniy preparatlari kabi metallarni saqlovchi preparatlar bilan reaktsiyaga kirishadi. Tioktat kislotasi qandlarning molekulalari bilan, masalan levulyoza (fruktoza) eritmasi bilan reaktsiyaga kirishib, qiyin eruvchi molekulalarni hosil qiladi. Glyukokortikoidli vositalarning yallig‘lanishga qarshi ta'sirini kuchaytiradi.
Tioktat kislotasining infuzion eritmasi dekstroza eritmasi, Ringer eritmasi va disulfidli va SH-guruhlari bilan reaktsiyaga kirishuvchi eritmalar bilan nomutanosib.
Tioktat kislotasi insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, ularning ta'siri kuchayishi mumkin.
Agarda Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan yoki qabul qilmoqchi bo‘lsangiz, Tiogamma preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa davolashning boshlang‘ich bosqichida, qonda glyukozaning kontsentratsiyasini doimiy nazorati zarur. Ayrim hollarda gipoglikemiyani rivojlanishidan saqlanish uchun, insulin yoki peroral gipoglikemik preparatning dozasini pasaytirish kerak. Gipoglikemiya simptomlari (bosh aylanishi, ko‘p terlash, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi, ko‘ngil aynishi) paydo bo‘lganida davolashni darhol to‘xtatish kerak. Yakka hollarda Tiogamma qo‘llanganida glikemik nazorat bo‘lmagan va umumiy holati og‘ir bo‘lgan patsiyentlarda jiddiy anafilaktik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. Tiogamma preparati bilan davolanish vaqtida alkogolni iste'mol qilish davolovchi samarani pasaytiradi va neyropatiyani rivojlanishi va kuchayishiga yordam beruvchi xavf omili hisoblanadi. Tiogamma® preparatini qabul qilayotgan patsiyentlar alkogolni iste'mol qilishdan saqlanishlari kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Avtotransport vositasini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i.
Tioktat kislotasi 10 g dan 40 g gacha dozalarda alkogol bilan birga qabul qilingan holda, hatto o‘lim bilan yakunlangan intoksikatsiya hollari kuzatilgan. Dozani o‘tkir oshirib yuborilishining simptomlari odatda keyinchalik yoyilgan tirishishlarni rivojlanishi va laktoatsidozni rivojlanishi bilan birga kechuvchi psixomotor qo‘zg‘alish yoki ongni buzilishi. Shuningdek gipoglikemiya, shok, rabdomioliz, gemoliz, disseminatsiyalangan tomir ichki qon ivishi, suyak ko‘migining depressiyasi va ko‘p a'zolarda yetishmovchilik hollari ta'riflangan.
Davolash simptomatik. Spetsifik antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma 12 mg/ml.
50 ml dan II tur jigarrang shishadan tayyorlangan, rezina tiqin bilan berkitilgan flakonda. Tiqin alyumin qalpoqcha yordamida mustahkamlanadi, uning yuqori qismida polipropilen taglik bor. 1 flakondan yoki 10 flakondan flakonlarning miqdori bo‘yicha qora rangli polietilendan tayyorlangan yorug‘likdan himoya qiluvchi osma g‘iloflar bilan, karton to‘siqlar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.