Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ukraina
Dozasi
100 мл
Производитель
ООО Юрия Фарм
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Раствор оральный
Tivortin Aspartat oral eritma 200mg/ml 100ml haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo’llanishi
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tivortin® Aspartat - Yuriya-Farm kompaniyasining ishonchli mahsuloti
Ta'sir etuvchi modda (XPN)
L-arginin aspartati
Dori shakli
Tivortin aspartat oral eritma (og'izdan qabul qilinadigan eritma)
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 200 mg L-arginin aspartati (tivortin aspartat 200mg/ml);
yordamchi moddalar sorbit (E 420), natriy saxarini (E 954), metilparagidroksibenzoat (E 218), propilparagidroksibenzoat (E 216), «Karamel» ozuqa aromatizatori, tozalangan suv.
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 42 mg arginin gidroxloridi (100 ml eritmada 20 mmol arginin va 20 mmol xloridlar saqlanadi).
Tivortin tarkibida yuqoridagi barcha komponentlar muvozanatli nisbatda joylashgan.
Ta’rifi
Biroz sarg'ish rangli karamel xidli suyuqlik. Tivortin suyuq shakl bo'lib, yoqimli karamel ta'miga ega.
Farmakoterapevtik guruhi
Boshqa kardiologik preparatlar. Aminokislotalar.
ATX kodi S01E
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Tivortin® aspartat antigipoksik, sitoprotektor, antioksidant, dezintoksikatsion, membranani barqarorlovchi ta'sir ko'rsatadi. Preparat ammiakni neytralizatsiya qilish jarayonlarida va uni organizmdan chiqarilishini rag'batlantirilishida muhim rol o'ynaydi, jigarning dezintoksikatsion faoliyatini kuchaytiradi.
Tivortin gepatoprotektor ta'sir ko'rsatadi, gepatotsitlarda energiya bilan ta'minlash jarayonlariga ijobiy ta'sir qiladi.
Azot oksidi donatori sifatida, Tivortin® aspartat organizmni energiya bilan ta'minlanish jarayonlarida ishtirok etadi, qon tomirlar endoteliysiga trombotsitlar va leykotsitlar adgeziyasi va faollashtiruvini kamaytiradi, aterosklerotik blyashkalarning hosil bo'lishi va rivojlanishini oldini oladi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga kirishadi.
Preparat o'rtacha anabolik ta'sir ko'rsatadi, ayrisimon bez faoliyatini rag'batlantiradi, jismoniy zo'riqish vaqtida qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi va insulin sinteziga yordam beradi, kislota-ishqor muvozanatini to'g'rilanishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Tekshirilmagan.
Qo‘llanilishi
Tivortin quyidagi holatlarida qo'llaniladi
Yurak-qon tomir kasalliklari
Yurak ishemik kasalligi
Bosh miya va yurak qon tomirlari aterosklerozi
Arterial gipertenziya
Periferik qon tomirlar aterosklerozi
O'tkazilgan o'tkir miokard infarkti va bosh miya qon aylanishini o'tkir buzilishidan keyingi holatlar
Miokardiopatiyalar
Surunkali yurak yetishmovchiligi
Metabolik buzilishlar
Diabetik angiopatiyalar
Giperxolesterinemiya
O'pka kasalliklari
O'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi
Interstitsial pnevmoniya
Idiopatik o'pka gipertenziyasi
Surunkali postembolik o'pka gipertenziyasi
Jigar kasalliklari
Giperamoniyemiya chaqirgan jigar entsefalopatiyasi
Boshqa holatlar
Gipoksik va astenik holatlar
Ayrisimon bezi faoliyatini pasayishida immunokorrektsiyani majmuaviy davolashda
Qo‘llash usuli va dozalari
Tivortin ovqat vaqtida ichga qabul qilinadi.
Dozalash tartibi
Kattalarga
Yurak ishemik kasalligida, yurak va bosh miya qon tomirlari aterosklerozida, periferik qon tomirlar aterosklerozida, diabetik angiopatiyada sutkada 5 ml dan 3-8 marta (1 o'lchov qoshig'i – 1 g preparatga to'g'ri keladi)
Giperxolesterinemiyada, o'tkazilgan o'tkir miokard infarkti va bosh miyada qon aylanishini buzilishidan keyingi holatlarda, arterial gipertenziyada sutkada 5 ml dan 3-6 marta
O'pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida, interstitsial pnevmoniyada, idiopatik o'pka gipertenziyasida, surunkali postembolik o'pka gipertenziyasida sutkada 5 ml dan 3-6 marta
Turli etiologiyali o'tkir va surunkali gepatitlarda, jigar yetishmovchiligida, giperamoniyemiya chaqirgan jigar entsefalopatiyasida sutkada 5 ml dan 3-6 marta
Gipoksik va astenik holatlarda, ayrisimon bezi faoliyatini pasayishidagi immunokorrektsiyada sutkada 5 ml dan 4-8 marta
Maksimal sutkalik doza 8 g
Davolash kursining davomiyligi 8-15 kun; zarurati bo'lganida davolash kursi takrorlanadi.
Nojo'ya ta'sirlari
Tivortin nojo'ya ta'siri odatda yengil bo'ladi
Kamdan-kam hollarda – me'da va ichakda yengil diskomfort hissi
Preparat bevosita qabul qilinganidan keyin o'z-o'zidan yo'qoluvchi ko'ngil aynishi
Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin
Preparat E216 va E218 kabi yordamchi moddalar saqlanganligi sababli allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin (sust rivojlangan bo'lishi mumkin) va ayrim hollarda bronxospazm
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Tivortin qo'llanilmaydi
Yuqori sezuvchanlik
Buyraklar faoliyatini og'ir buzilishlari
Dorilarning o'zaro ta'siri
Tivortin boshqa dorilar bilan quyidagicha ta'sir qiladi
Arginin aspartat aminofillin bilan birga qo'llanganida qonda insulin miqdori oshishiga olib kelishi mumkin
Spironolakton arginin bilan qo'llanganida qonda kaliy miqdori oshishiga olib kelishi mumkin
Bu ta'sirlarni inobatga olish kerak.
Maxsus ko'rsatmalar
Ehtiyot choralari
Elektrolitlar almashinuvini buzilishlarida, buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak
Preparat qo'llanganida, dam olish va uyquni muvozanatlangan tartibiga rioya qilish kerak
Alkogol va nikotin, psixostimulyatorlardan voz kechish kerak
Agar preparatni qabul qilish fonida asteniya simptomlari rivojlansa, davolashni to'xtatish kerak
Homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo’llanishi
Tivortin homiladorlikda ehtiyot bilan qo'llaniladi. Preparat yo'ldosh orqali o'tadi, shuning uchun homiladorlik davrida ona uchun kutilgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgandagina qo'llash mumkin.
Tivortin emizish davrida qo'llash bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Bolalar
Tivortin 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi.
Avtotransportni boshqarish
Tivortin haydovchilar uchun xavfsiz - reaktsiya tezligiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Gipoglikemik holat
Davolash
Yuqoridagi holatlar kuzatilganida preparat qabul qilishni to'xtatish kerak. Me'dani yuvish, sorbentlar qabul qilish ko'rsatilgan. Antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Tivortin aspartat 100ml va tivortin aspartat 200ml hajmlarida plastik flakonlarda chiqariladi. Har bir flakон karton qutida joylashtirilgan.
Saqlash sharoiti
Tivortin saqlash qoidalari
Yorug'likdan himoyalangan joyda saqlash
25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlash
Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
Tivortin yaroqlilik muddati 2 yil.
Flакоп ochilganidan keyin yaroqlilik muddati – 14 sutka.
Dorixonalardan berish tartibi
Tivortin retseptsiz sotiladi.
Ishlab chiqaruvchi
«Yuriya-Farm» MChJ
Manzili
18030, Ukraina, Cherkassi sh., Verbovetskogo ko'ch., 108.
Tel. +38 (044) 281-01-01
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.