Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
| Nomi | Narx | |||||
| Эссенциале Н 250мг/5мл 5мл №5 (347310A##2 724) |
UZS 188 000
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
| Эссенциале Н 250мг/5мл 5мл №5 (333230A##2 773) |
UZS 217 900
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Эссенциальные фосфолипиды
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ispaniya
Dozasi
250 мг/5 мл
Производитель
Санофи Авентис Груп
Chiqarillish shakli
Раствор для внутривенного введения
Essentsiale N 250mg/5ml 5ml №5 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Essentsiale N
Ta'sir etuvchi modda (XPN) fosfolipidlar
Dori shakli
vena ichiga yuborish uchun eritma
Tarkibi
5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda soya dukkakdoshlarining quritilgan substantsiyasidan olingan, 93% (3-sn-fosfatidil) xolin saqlovchi fosfatidilxolin, sinonimlari - “essentsial fosfolipidlar”, “EPL”-250 mg.
yordamchi moddalar 126,50 mg dezoksixolat kislotasi; 13,40 mg natriy gidroksidi; 45,00 mgbenzil spirti; 12,00 mg - natriy xloridi;0,50 mgriboflavin, in'ektsiya uchun suv - 5 ml gacha.
Ta'rifi tiniq sariq rangli eritma
Farmakoterapevtik guruxi gepatoprotektor vosita
ATX kodi A05C.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Essentsial fosfolipidlar jigarning xujayra qobig‘i va xujayra organellalariningasosiy struktur elementlaridir. Jigar kasalliklarida hamisha jigar hujayralarining qobig‘i va hujayra organellalarini shikastlanishi o‘rin tutadi, bu ular bilan bog‘liq bo‘lgan fermentlar va retseptorlar tizimi faolligini buzilishiga, jigar hujayralarining funktsional faolligini yomonlashishiga va regeneratsiya xususiyatini pasayishiga olib keladi.
Essentsiale N preparatining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar o‘zining kimyoviy tuzilishi bo‘yicha endogen fosfolipidlarga mos keladi, biroq ulardagi ko‘p to‘yinmagan (essentsial) yog‘ kislotalarining mikdorini yuqoriligi hisobiga, faolligi bo‘yicha endogen fosfolipidlardan ustundirlar. Bu yuqori energetik molekulalarni gepatotsitlarning hujayra membranalarini shikastlangan sohalariga tizilib olishi jigar hujayralarining butunligini tiklaydi, ularning regeneratsiyasiga yordam beradi. Ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalarining sis-ikkitalik bog‘lari hujayra qobig‘ining fosfolipidlaridagi uglevodorod zanjirlarini parallel joylashishiga to‘sqinlik qiladi, hujayra qobig‘ining fosfolipid tuzilmasi “yumshab qoladi”, bu ularning oquvchanligi va elastikligini oshishiga olib keladi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Hosil bo‘lgan funktsional bloklar membranalarga birikkan fermentlarning faolligini oshiradi va muhim metabolik jarayonlarni normal, fiziologik yo‘l orqali kechishiga yordam beradi.
Essentsiale N preparatining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar neytral yog‘lar va xolesterinni oksidlanish jarayonlari kechayotgan joylarga tashib, lipoproteinlar metabolizmini yo‘lga soladi, bu asosan yuqori zichlikka ega bo‘lgan lipoproteinlarni xolesterin bilan bog‘lanish xususiyatini oshishi hisobiga yuz beradi.
Shunday qilib, lipidlar va oqsillarning metabolizmiga; jigarning dezintoksikatsion faoliyatiga; jigar hujayralariga va fosfolipidlar bilan bog‘liq fermentlar tizimini tiklanishi va saqlanishiga normallashtiruvchi ta'sir ko‘rsatadi; bu oxir-oqibatda jigarda biriktiruvchi to‘qimani shakllanishiga to‘sqinlik qiladi va jigar hujayralarini tabiiy tiklanishiga yordam beradi.
Fosfolipidlarni safroga ekskretsiya qilinganida litogen indeksini pasayishi va safroni barqarorlashishi yuz beradi.
Farmakokinetikasi
Fosfatidilxolin yuqori zichlikka ega lipoproteidlar bilan bog‘langan holda jigarga tushadi.
Xolin komponentining yarim chiqarilish davri 66 soatni tashkil qiladi, ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar komponentining yarim chiqarilish davri 32 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Jigarning yog‘li degeneratsiyasi (shu jumladan qandli diabetda), o‘tkir va surunkali gepatitlar, jigar sirrozi, jigar hujayralarning nekrozi, jigar komasi va prekoma, jigarni toksik shikastlanishi; homiladorlik toksikozi, operatsiya oldi va operatsiyadan keyingi davolash, ayniqsa gepatobiliar sohasidagi operatsiyalarida, psoriaz, radiatsion sindromda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mahalliy reaktsiyalarni chaqirish ehtimoli bo‘lgani tufayli mushak ichiga yuborish tavsiya etilmaydi. Shifokorning boshqa tavsiyalari bo‘lmaganida vena ichiga asta-sekin, kuniga 1-2 ampula (5-10 ml) yoki og‘ir holatlarda 2-4 ampuladan (10-20 ml) yuboriladi.
Ikkita ampula ichidagi dori vositasini bir vaqtda yuborish mumkin. Boshqa dori vositalari bilan bir shpritsda aralashtirish mumkin emas.
Vena ichiga yuborilayotganda dori vositasini bemor qoni bilan 11 nisbatda aralashtirib yuborish tavsiya etiladi.
Preparatni suyultirish zarurati tug‘ilganida, infuzion yuborish uchun faqat 5% va 10% li dekstroza eritmasi ishlatiladi, yuborish vaqtida suyultirilgan eritma tiniq bo‘lishi kerak.
Preparatni elektrolitli eritmalar (izotonik eritma, Ringer eritmasi) bilan suyultirish mumkin emas!
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlarni paydo bo‘lish tez-tezligini baholash maqsadida quyidagi ta'riflar ishlatiladi juda tez-tez (>1/10); tez-tez (> 1/100 - < 1/10); tez-tez emas (≥1/1000, -<1/100); kamdan kam (> 1/10000 – < 1/1000); juda kam (<1/10000), uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida uchrash tezligini aniqlanishi mumkin emas).
Immun tizimitomonidan
Kamdan kamhollarda tarkibidagi benzil spirtiga nisbatan yuqori sezuvchanlik kuzatiladi.
Juda kam hollarda - terida allergik toshmalar (toshma, ekzantema yoki toshmalar, eshakemi, qichishish ) kuzatilishщi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatningingrediyentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik bo‘lganda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Preparatni 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha noma'lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Faqat tiniq eritma ishlatilsin!
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda, tarkibida platsentar to‘siqdan o‘tadigan benzil spirti bo‘lgani tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim (tarkibida benzil spirti bo‘lgan dori vositalari ta'sirida tug‘ilgan chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘limga olib keluvchi hansirash sindromini rivojlanishi kuzatilgan).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
250 mg/5 ml vena ichiga yuborish uchun eritma.
5 ml dan preparat o‘rta qismi siqilgan to‘q shisha ampulalarda.
5 ampuladan PVX kontur o‘ramda.
1 kontur o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
2ºC dan 8ºC gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Famar Xels Kea Servisiz Madrid, S.A.U., Ispaniya
(Famar Health Care Services Madrid, S.A.U., Spain)
Ishlab chiqaruvchi
ning manzili
Avenida de Leganes, № 62, 28923 Alkorkon (Madrid), Ispaniya
(Avda. Leganes, 62, Alcorcon, 28923 Madrid, Spain)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.