Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Дексаметазон, неомицин, полимиксин В, фенилэфрин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Turkiya
Производитель
World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Спрей
Neladeks-NS nazal sprey 15 ml №1 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Neladeks-NS
Ta'sir etuvchi moddalar Neomitsin + polimiksin V + deksametazon + fenilefrin
Dori shakli
Nazal sprey.
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
neomitsin sulfati 6500 XB;
polimiksin V sulfati 10000 XB;
deksametazon natriy metasulfobenzoati 0,25 mg;
fenilefrin gidroxloridi 2,5 mg.
yordamchi moddalar metilparagidroksibenzoat, natriy xloridi, limon kislotasi monogidrati, makrogol 400, polisorbat 80, natriy gidroksidi va/yoki xlorid kislotasi, tozalangan suv.
Ta'rifi biroz sarg‘ish, bir jinsli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Dekongestantlar va mahalliy qo‘llash uchun boshqa nazal preparatlar. Deksametazon majmuada.
ATX kodi R01AD53
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Neladeks-NS otolaringologiyada mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan majmuaviy preparatdir. Preparatning terapevtik samarasi deksametazonni burun bo‘shlig‘ining shilliq qavatiga yallig‘lanishga qarshi ta'siri, neomitsin hamda polimiksin V antibiotiklarni mikroblarga qarshi ta'siri va fenilefrinni qon-tomirlarni toraytiruvchi ta'siri bilan ifodalanadi. Ko‘rsatilgan antibiotiklar birga qo‘llanganida burun bo‘shlig‘i va burunning yondosh bo‘shliqlarini infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini chaqiradigan ko‘pchilik grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga qarshi antibakterial ta'sir doirasini kengaytiradi.
Neomitsin – aminoglikozid bo‘lib, quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan faoldir
Grammusbat bakteriyalar Corynebacterium, Listeria monocytogenes;
Grammanfiy bakteriyalar Acinetobacter baumanii, Branhamella catarrhalis, Campylobacter, Chrobacter freundii, Citrobacter koseri, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Klebsiella, Haemophilus influenzae, Morganella morganii, Proteus mirabils, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Salmonella, Serratia, Shigella, Yersinia.
Polimiksin V grammanfiy bakteriyalar Acinetobacter, Aeromonas, Alcaligenes, Citrobacter freundii, Citrobacter koseri, Enterobacter, Escherichia coli, Klebsiella, Moraxella, Salmonella, Shigella, Pseudomonas aeruginosa, Stenotrophomonas maltophilia larga nisbatan faoldir.
Farmakokinetikasi
Shikastlanmagan shilliq qavatga qo‘yilganida preparatni tizimli qon oqimiga so‘rilishi deyarli kuzatilmaydi.
Qo‘llanilishi
Burun bo‘shlig‘i, halqum, burunning yondosh bo‘shliqlarini quyidagi yallig‘lanish va infektsion kasalliklari
o‘tkir va surunkali rinit;
o‘tkir va surunkali rinofaringit;
sinusitlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Neladeks-NS sprey faqat intranazal qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Kattalarga har bir burun yo‘liga 1 purkashdan sutkada 3-5 marta buyuriladi.
2,5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga har bir burun yo‘liga 1 purkashdan sutkada 3 marta buyuriladi.
Davolash davomiyligi 5-10 kunni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush reaktsiyalarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan kam hollarda (≥ 1/10000, no < 1/1000), uchrash tezligi noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida uchrash tezligining ko‘rsatkichlarini baholash mumkin emas.
Kam hollarda teridagi ko‘rinishlar, bronxospazm, bosh og‘riqlari.
Uchrash tezligi noma'lum allergik reaktsiyalar.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiyalar paydo bo‘lganida, Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq ma'lumot berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
yopiq burchakli glaukomaga shubha qilinganida;
monoaminooksidaza ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish;
virusli kasalliklar;
albuminuriya bilan kechuvchi buyrak kasalliklari;
buyrak yetishmovchiligi;
homiladorlik;
laktatsiya;
2,5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dorilarning o‘zaro ta'siri tarkibidagi fenilefrin bilan bog‘liq. Fenilefrin diuretiklar va gipotenziv preparatlar (shu jumladan metildopa, mekamilamin, guanadrel, guanetidin) ning gipotenziv samarasini pasaytiradi. Agar bunday majmuada qo‘llashdan saqlanish imkoni bo‘lmasa, u holda shifokorning nazorati kerak bo‘ladi.
Preparatni boshqa qon-tomirlarni toraytiruvchi vositalar, shu bilan birga antidepressantlar va β-blokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, gipertireoidizm bo‘lgan patsiyentlarda Neladeks-NS preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat tarkibida, sportchilarda doping-nazorati o‘tkazilganida musbat natija berishi mumkin bo‘lgan komponentlar saqlashini inobatga olish kerak.
Preparat yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida tizimli samaralar rivojlanishi mumkin.
Preparat burunning yondosh bo‘shliqlarini yuvish uchun qo‘llanmaydi.
Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Preparat ko‘zga yoki boshqa shilliq qavatlarga bexosdan tushganida zudlik bilan katta miqdordagi suv bilan yuvish kerak.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida Neladeks-NS preparatini qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
2,5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi yuzasidan ma'lumotlar aniqlanmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni haydash va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
Tizimli qon oqimiga so‘rilish darajasi past bo‘lganligi tufayli, dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
Nazal sprey 15 ml dan dozalash uchun moslamasi va himoya qalpoqchasi bo‘lgan oq rangli plastik flakonda.
1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.