Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rinomaks Xot Ekstra limon ta'mli 22g №15
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Парацетамол, аскорбиновая кислота, кофеин, фенилэфрин
Страна производитель
Узбекистан
Производитель
Nika Pharm (Узбекистан)
Форма выпуска
Порошок гранулированный для приготовления раствора для приема внутрь
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Rinomaks Xot
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Paratsetamol, fenilefrin gidroxloridi, askorbin kislotasi.
Dori shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun limon yoki apelsin, yoki qora qorag‘at ta'mli kukun.
Tarkibi
1 paketcha quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar paratsetamol - 750 mg, fenilefrin gidroxloridi – 10 mg, askorbin kislotasi - 60 mg;
yordamchi moddalar suvsiz limon kislotasi, natriy sitrati, saxaroza, natriy saxarinati, limon/apelsin/qora qorag‘at xushbo‘yi, sariq Ye 110 «quyosh shafaqi».
Ta'rifi o‘ziga xos hidli kristall kukun. Oq rangli kristallar va yengil sochiluvchan qumoklarni bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Limon ta'mli kukun o‘ziga xos hidli limon hidiga ega oq rangdan sariq ranggacha tovlanuvchi eritma hosil bo‘lgunicha 250 ml qaynoq suvda eritiladi
Apelsin ta'mli kukun o‘ziga xos hidli apelsin hidiga ega sariq rangli tovlanuvchi eritma hosil bulgunicha 250 ml qaynoq suvda eritiladi.
Qora qorag‘at ta'mli kukun o‘ziga xos hidli kora korag‘at hidiga ega to‘k-pushti rangli tovlanuvchi eritma hosil bo‘lgunicha 250 ml qaynoq suvda eritiladi.
Farmakoterapevtik guruxi O‘RK simptomlarini bartaraf qiluvchi vositalar.
ATX kodi N02BE51
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat, ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan bog‘liq.
Paratsetamol - analgetik-antipiretik, og‘riq va termoregulyatsiya markazlariga ta'sir qiladi. Og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Bosh va mushak og‘riqlarini, isitma ko‘rinishlarini kamaytiradi, tomoq og‘rig‘ini yumshatadi.
Fenilefrin gidroxloridi – qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, burun orqali nafasni yengillashtiradi va burun yo‘llari va burunoldi bo‘shliqlarning tozalanishga yordam beradi.
Askorbin kislotasi - oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevodlar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadi, organizmning infektsiyalariga chidamliligini oshiradi.
Qo‘llanilishi
Yuqori harorat, etni uvishishi, bosh og‘rig‘i, bo‘g‘imlar va mushaklar og‘rig‘i, burun bitishi, tomoq va burun bo‘shliqlarining og‘rig‘i bilan birga kechuvchi infektsion-yallig‘lanish kasalliklari (O‘RK, O‘RVI, gripp) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bir paket ichidagisi stakanga solinadi, issiq suv quyiladi, to‘liq erib ketguncha aralashtiriladi va issiq xolida ichiladi.
Kattalarga bir paketchadan har 4-6 soatda, 24 soat davomida 4 paketchadan ortiq qabul qilinmasin. Preparat 4 soatdan tez-tez qabul qilinmasin.
12 yoshdan oshgan bolalarga bir paketchadan xar 6 soatda buyuriladi, 24 soat davomida 3 paketchadan ortiq qabul qilinmasin.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qullanilsin.
Preparatni og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq va isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiqqabul qilish tavsiya etilmaydi.
Agar shamollash vo gripp simptomlari saqlansa, shifokorga murojaat qilish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Paratsetamolning ta'siri bilan bog‘liq nojo‘ya ta'sirlari allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish); kam hollarda - trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz kuzatilishi mumkin.
Fenilefrinning ta'siri bilan bog‘lik nojo‘ya ta'sirlari ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, arterial bosimni biroz ko‘tarilishi, kam hollarda yurak urishi (ular preparat bekor qilinganidan keyin o‘tib ketadi) kuzatilishi mumkin.
Tavsiya etilganidan ancha yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida jigar va buyrak faoliyatini buzilish havfi oshishi mumkin.
Noxush reaktsiyalar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Jigar va/yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari;gipertireoidizm (tiriotiksikoz); yurak kasalliklari (aorta og‘izning yaqqol stenozi) o‘tkir miokard infarkti, taxiaritmiya; arterial gipertenziya; tritsiklik antidepressantlar, beta-adrenoblokatorlar, MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish (shu jumladan ular bekor qilingandan keyingi 14 kungacha bo‘lgan davr); bir vaqtda boshqa paratsetamol saqlovchi vositalar va «shamollash», gripp va burunning bitishi belgilarini yengillashtirish uchun vositalarni qabul qilish; prostata bezining giperplaziyasi;yopiq burchakli glaukoma; 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (shifokor ko‘rsatmasisiz); preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning genetik tanqisligida, xavfsiz giperbilirubinemiyalarda, buyrak yoki jigar yetishmovchiligida, qandli diabet va glyukozaning so‘rilishini nasliy buzilishlarida (3,74 g saxaroza saqlaydi), homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida, keksa yoshdagi shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
MAO ingibitorlari, sedativ vositalar, etanolning samarasini kuchaytiradi.Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi va antipsixotik vositalar va fenotiazin xosilalari siydikni tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyat xavfini oshiradi. Glyukokortikoidlar glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi. Paratsetamol diuretik preparatlarining samaradorligini pasaytiradi. Galotan qorinchalar aritmiyasi xavfini oshiradi. Guanetdin fenilefrinning alfa-adrenostimulyatsiya qiluvchi, tritsiklik antidepressantlar simpatomimetik samarasini kuchaytiradi.
Bir vaqtda barbituratlar, difenin, karbamazetsin, rifampitsin, zidovudin va jigar fermentlarining boshqa induktorlari qabul qilinganida gepatotoksik ta'sirini rivojlanish xavfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Metoklopramid, domperidon, kolestiramin, antikoagulyantlar (varfarin) qabul qilayotgan patsiyentlarga preparatni bir vaqtda buyurish zaruratini shifokor shahsiy ravishda aniqlaydi. Homiladorlikda preparatni buyurish zaruratini shifokor shaxsiy ravishda hal qiladi. Jigarni paratsetamol bilan toksik shikastlanishidan saqlanish uchun, preparatni alkogol bilan qabul qilishdan saqlanish kerakligi to‘g‘risida patsiyentlarni ogohlantirish lozim.
Preparatni surunkali alkogolizmi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish tavsiya qilinmaydi. Preparatning faol komponentlari sedativ ta'sir ko‘rsatmasligi tufayli, tavsiya qilingan dozalarda avtomobilni haydash va mexanizmlar bilan ishlashga cheklanishlar yo‘q.
Preparatni buyrak yoki jigar yetishmovchiligida, homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilgan xolda, xatto agar Siz o‘zingizni yaxshi sezsangiz ham, darhol tibbiy yordamga murojaat qiling, chunki jigarni jiddiy shikastlanishining muddati kechikkan belgilarini paydo bo‘lish xavfi bor.
Dozani oshirib yuborilishi
, odatda paratsetamol bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Simptomlari teri qoplamalarini oqarishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish,jigar transaminazalari faolligini oshishi, gepatonekroz, protrombin vaqtini oshishi.
Davolash keyingi faollashtirilgan ko‘mirni buyurish bilan me'dani yuvish, simptomatik davolash. Paratsetamol bilan zaxarlanganda maxsus antidoti N-atsetiltsisteindir.
Chiqarilish shakli
Ichga kabul kilish uchun eritma tayyorlash uchun 5 g dan paketchalarda.
5, 10, 25, yoki 50 paketchalarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riknomasi bilan birga karton kutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.