|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
Surgi dorilar qanday ta’sir qiladi?
Ichni bo‘shashtiruvchi dorilar qabziyatni davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalari sinfiga kiradi.
Hozirgi vaqtda dorixonalarda bu sinfga kiruvchi dorilarning ko‘pchiligi tez ta’sir etuvchi surgi dorilar bilan ta’minlangan. Ammo o‘zingiz uchun dori tanlamang, siz uchun eng yaxshi ichni yumshatuvchi vositani shifokor diagnostika tekshiruvi va sizning shaxsiy xususiyatlaringiz asosida aniqlaydi.
Surgi dorilar qanday bo‘ladi?
Ushbu toifadagi preparatlarning tasnifi ularning ta’sir darajasi va mexanizmiga bog‘liq. 6 ta asosiy guruh ajratiladi:
1. Yumshatuvchi vositalar
2. Ichakdagi suyuqlik hajmini oshiruvchi vositalar.
3. Kontakt surgilar.
4. Klizma uchun preparatlar.
5. Osmotik preparatlar.
6. Boshqalar.
Chiqarilish shakliga ko‘ra quyidagilar farqlanadi:
-
tabletkalar;
-
tomchilar;
-
kapsulalar;
-
kukunlar;
-
moylar;
-
eritmalar.
Ta’sir kuchi bo‘yicha bu sinf preparatlari quyidagilarga bo‘linadi:
-
yengil vositalar
-
o‘rtacha kuchga ega vosilara;
-
drastik.
Shuningdek, suyuq surgi dorilar va qattiq holatdagi dorilar ham ajratiladi.
Ta’sir mexanizmi
Surgi dorilarning ta’siri yo‘g‘on ichak peristaltikasini kuchaytirishga va suvning qayta so‘rilishini to‘xtatishga qaratilgan. Ular asosan qabziyatda qo‘llaniladi. Agar qabziyat qisqa muddatli bo‘lsa, tuzli surgi dorilar qabul qilish kerak, surunkali qabziyatni davolash uchun o‘simliklardan olingan dorilar, tez ta’sir qiluvchi surgi shamchalari qo‘llaniladi. Bolalar uchun o‘simlik asosidagi preparatlar samarali surgi hisoblanadi.
Tez ta’sir etuvchi surgi vositalarini qo‘llashdan oldin, qarshi ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqish kerak. Ba’zi preparatlarni oshqozon-ichak tizimidagi yallig‘lanish jarayonlarida va homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.
Toshkentda ich bo‘shashtiruvchi dori vositalarni xarid qilish
"PharmaClick.uz" internet-dorixona saytida tez ta’sir qiluvchi yaxshi surgi vositalarini qulay narxda xarid qilishingiz mumkin. Bizda kuchli ich bo‘shashtiruvchi vositalarning keng assortimenti mavjud. Kerakli preparatni topish uchun saytdagi navigatsion qidiruvdan foydalaning. Sizda Toshkentning istalgan tumanida yoki respublikaning boshqa shaharlaridagi hamkor dorixonalarga dori vositasini bron qilish yoki uni manzilingizga yetkazib berish bilan darhol buyurtma berish imkoniyati mavjud.
Surgi vositalari toifasidagi eng mashhur vositalar qaysilar?
Surgi vositalari toifasidagi eng arzon vositalar qaysilar?
СЕНАДЕКСИН ТАБ.№10 (NAVBAHOR SANOAT)
Surgi vositalarining narxi qancha?
Surgi vositalari toifasidagi barcha mahsulotlarning narxi 1 200 so‘mdan 150 600 so‘mgacha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.