Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Глутадин лиоф. пор. д/ин фл 600мг №10 (230730##2 116) |
UZS 449 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Глутадин лиоф. пор. д/ин фл 600мг №10 (230730##2 152) |
UZS 456 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Глутадин лиоф. пор. д/ин фл 600мг №10 (230730##2 156) |
UZS 449 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Глутатион
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Xitoy
Dozasi
600 мг
Ishlab chiqaruvchi
Furen Pharmaceutical Group Co., Ltd.
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun
Glutadin vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun fl 600mg №10 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Glutadin
Ta'sir etuvchi modda (XPH) kimyoviy qaytarilgan glutation
Dori shakli
vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi
Har bir flakon quyidagilarni saqlaydi
faol modda kimyoviy qaytarilgan glutation – 600 mg;
yordamchi modda natriy gidroksidi;
erituvchi saqlagan ampula in'ektsiya uchun suyuqlik – 4 ml.
Ta'rifi oq liofilizatsiya qilingan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
Antidotlar, antioksidantlar.
ATX kodi V03AB32
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Glutation hujayralarda keng tarqalgan, spetsifik faoliyat ko‘rsatuvchi tripeptid hisoblanadi. Glutationning tarkibiga glitsin, sistein va glyutamin kislotasi kiradi.
Glutation – kuchli gepatoprotektor, antioksidant, immunostimulyator va detoksikant.
Glutation ko‘p miqdorda jigarda, eritrotsitlarda va buyrak usti bezlarida uchraydi.
Glutationning kimyoviy jihatdan qaytarilgan shakli ayrim fermentlarni faollashtiradi.
Glutation oksillarning sul'fgidril va disulfid guruhlariga ta'sir qiluvchi og‘ir metallarning ionlari bilan bog‘lanib, ularni zararsizlantiradi.
Glutation vodorod tashuvchi sifatida modda almashuvida qatnashadi. Antioksidant xususiyatlariga ega.
Kimyoviy jihatdan qaytarilgan glutationni oz miqdorda saqlovchi eritrotsitlar nisbatan oson parchalanadilar.
Glutation uglevodlar almashinuvi uchun zarur, me'da osti bezini oksidlovchi shikastlanishlaridan himoya qiladi, lipidlar almashinuviga ta'sir ko‘rsatadi, aterosklerozni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, qarish jarayonini sekinlashtiradi.
Glutation o‘tkir miokard infarktida reperfuziya bilan bog‘liq ayrim salbiy oqibatlarni kamaytiradi.
Glutationning tanqisligi nerv tizimida ta'sir ko‘rsatib, fikrlash, koordinatsiya jarayonlarini buzilishiga olib keladi va tremorni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Glutation OITV replikatsiyasini bostirish yo‘li orqali kasallikni avj olishini sekinlashtiradi.
Farmakokinetikasi
2 g glutation vena ichiga infuziya qilinganidan so‘ng 15 minutdan keyin glutationning qondagi o‘rtacha kontsentratsiyasi 444 mmol'/l ni tashkil etadi (glutationning qondagi o‘rtacha fiziologik kontsentratsiyasi — 6,9 mmol'/l ni tashkil etadi). Taqsimlanish hajmi — 15 l. Yarim chiqarilish davri – 10 minut. Klirensi – minutiga 850 ml ni tashkil etadi. Infuziyadan so‘ng 90 minutdan keyin siydik bilan o‘zgarmagan holda yoki sistein ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
— onkologik kasalliklarni radio- va nur bilan davolash vaqtida;
– onkologik bemorlardagi kaxeksiyada;
– jigarni toksik shikastlanishlari;
— qandli diabet;
– operatsiyadan keyingi davrda;
– o‘tkir miokard infarkti;
— entsefalopatiya;
– bosh miya jarohatlari;
— artritlar;
– turli etiologiyali zaharlanishlar;
– ko‘z shox pardasining yarasi, xoreoretinit, ko‘z gavharini xiralashishi;
— erkaklar bepushtligi;
– o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, o‘pka tuberkulyozi;
– teri kasalliklarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usullari va dozalar
Onkologiya Glutadin radio- va nur bilan davolashda ionlovchi ta'sirdan himoya qilish maqsadida qo‘llanadi. Radio- va nur bilan davolashdan 15 minut oldin sutkada 1200 mg dozada fiziologik eritmada suyultirib, vena ichiga sekin yuboriladi.
Neyronlarni, yurak ho‘jayralarini, nefronlarni ximioterapiyaning (tsisplastin, oksaliplatin, siklofosfamid, 5-ftoruratsil va boshqalar) toksik ta'siridan himoya qilish maqsadida Glutadinni quyidagi dozalarda 1200-2400 mg ni (in'ektsiya uchun suv yoki fiziologik eritmaning 50-200 ml da) ximioterapiyadan 15 minut oldin vena ichiga sekin yuboriladi. Keyinchalik 600-1200 mg dozadan 2-5 kungacha qo‘llash lozim. Glutadin har hafta 1200 mg dan vena ichiga takroran yuboriladi.
Onkologik bemorlardagi kaxeksiyada kuniga 600 mg dan, vena ichiga sekin yuboriladi.
Jigarni shikastlanishlari toksik, shu jumladan alkogolli, virusli, dori vositalari (antibiotiklar, o‘smalarga qarshi, tuberkulyozga qarshi, viruslarga qarshi preparatlar, antidepressantlar, peroral kontratseptivlar) ta'siridagi shikastlanishlarda preparatning dozasi sutkada – 1200 mg dan vena ichiga, sog‘aygunicha yuboriladi.
Glutadion virusli gepatitda gepatotsitlarni himoya qilish uchun VGA, VGV, VGS replikatsiyasini susaytiradi, shuningdek interferonlar bilan viruslarga qarshi davolash samarasini quchaytiradi, preparat sutkada 600 mg dan vena ichiga, sog‘ayguncha yuboriladi.
Jigar sirrozida, sirrozdan oldingi holatlar, jigar ichi xolestazida sutkada 600 mg dan vena ichiga, sog‘ayguncha yuboriladi.
Alflatoksin bilan induktsiyalangan jigar rakini regressiyasiga erishish maqsadida preparat sutkada 1200 mg dan vena ichiga yuboriladi.
Qandli diabetda tlyukozaga bo‘lgan tolerantlikni oshirish uchun, tireotoksikoz. Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda ikkilamchi asoratlarni (gipertoniya, qon tomirlarni shikastlanishi, neyropatiyalar, trombotsitlar agregatsiyasini pasayishi) bartaraf qilish maqsadida sutkada 600 mg dan bir necha xafta davomida vena ichiga uzluksiz va keyinchalik haftada 2-3 marta uzoq muddat davomida yuboriladi.
Operatsiyadan keyingi davrda (narkoz asoratlarini bartaraf etish uchun) - sutkada 600-1200 mg dan vena ichiga yuboriladi.
O‘tkir miokard infarktida reperfuziya bilan bog‘liq nojo‘ya samaralarni bartaraf etish maqsadida, dozalash sutkada 1200-1800 mg dan vena ichiga yuboriladi.
Entsefalopatiyada, shu jumladan jigar yetishmovchiligi (alkogolli va boshqalar) bilan assotsiatsiyalangan hollarda sutkada 1200 mg dan 10-15 kun davomida, keyinchalik har hafta 600 mg dan uzoq muddat davomida qo‘llanadi. Ateroskleroz, depressiv va abstinent sindromlarda, ruhiy jarohatlarda – 600 mg dan har hafta qo‘llanadi.
Parkinsonizmda, Al'ugeymer kasalligida. Dozasi sutkada 600 mg dan bir-ikki oy davomida, keyin har haftada uzoq muddat davomida qo‘llanadi.
Bosh miya jarohatlarida – o‘tkir davrida sutkada 1800 mg gacha, keyinchalik 600-1200 mg dan patsiyentning ahvoli barqarorlashgunicha yuboriladi.
Artritlarda – 600 mg dan 10-15 kun davomida, so‘ngra har xaftada uzoq muddat davomida qo‘llanadi.
Turli etiologiyali zaharlanishlarda (alkogol', narkotiklar, og‘ir metallar va boshqalar tomonidan) – o‘tkir davrda sutkada 1200 mg dan va keyinchalik sutkada 600 mg dan to‘liq sog‘aygunicha qo‘llanadi.
Ko‘zning shox pardasi yarasida, xoreoretinitlarda, ko‘z gavharini xiralashuvida – 600 mg dan 10 kun davomida, keyinchalik haftada bir marta uzoq muddat davomida qo‘llanadi.
Oligospermiya, akinospermiya bilan bog‘liq erkaklar bepushtligida va dispermiyada.
Dozasi sutkada 600 mg dan, ikki oy davomida uzluksiz qo‘llash lozim.
Surunkali bronxitda, pnevmoniyada, tuberkulyoz va o‘pka emfizemasida 600 mg dan 10-15 kun davomida qo‘llanadi.
Teri kasalliklarida va pigmentli buzilishlarda, vitiligo, allergik dermatitlarni, psoriazni, depigmentatsiyalarni davolash va terini oqartirish uchun 600 mg dan 10-15 kun davomida qo‘llanadi.
Sport tibbiyotida 600-1200 mg dan har hafta qo‘llanadi.
Yuborish usuli
Kasallikning yengil shakllarida preparat mushak ichiga, vena ichiga (sekin 2-3 minut davomida) yoki infuziya yo‘li bilan yuboriladi. Preparatni qo‘llash yuzasidan kerakli tushuntirishlarni olish uchun patsiyentlarni shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qilishlari tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, shuningdek teri toshmasi qayd qilingan bo‘lib, preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi. Ma'lumot varag‘ida saqlangan yo‘riqnomalarni o‘rganish, nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish havfini kisqartiradi. Biror bir nojo‘ya reaktsiya paydo bo‘lganida, hatto agar u yo‘riqnomada ta'riflanmagan bo‘lsa ham, shifokorga xabar qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Glutationni boshqa preparatlar bilan nomutanosibligi aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Mushak ichiga yuborilganida preparatni ampuladagi erituvchi bilan yaxshilab eritish kerak. Tayyor bo‘lgan eritma tiniq va rangsiz bo‘lishi kerak.
Vena ichiga yuborilganida preparatni taqdim etilgan erituvchida (in'ektsiya uchun suvda) eritish va sekin yuborish lozim yoki 20 ml dan kam bo‘lmagan infuziya uchun steril eritmaga qo‘shish va tomchilab yuborish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Xatto eksperimental tadqiqotlarda, glutationni embriofetal rivojlanish uchun zaharli emasligi aniqlangan bo‘lsa ham, homilador ayollarga preparatni o‘ta zarur holatlarda va shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash tavsiya qilinadi.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparatni 12 yoshdan katta bolalarda qo‘llash tavsiya etiladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari nojo‘ya ta'sirlar kuchayishi mumkin.
Davolash simptomatik davolash o‘tkaziladi. Preparatni qabul qilishni to‘xtashish lozim.
Chiqarilish shakli
600 mg dan kimyoviy jihatdan qaytarilgan glutationning liofilizatsiya qilingan kukunini 10 ampulasi va 4 ml erituvchi saqlagan 10 ampula kontur uyali o‘ramlarga joylangan, tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
+30°C dan past haroratda saqlansin. Liofilizat eritilganidan keyin xona haroratida 2 soat davomida yoki 0°+5°C haroratda 8 soat davomida saqlash mumkin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Yaroqlilik muddati
saqlash sharoitiga rioya qilinganida, shikastlanmagan o‘ramdagi
preparatlarga taaluqli.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Furen Pharmaceutical Group Co., Ltd.” Xitoy.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.