Gepatoprotektorlar: turlari va klassifikatsiyasi
Gepatoprotektorlar - bu hujayra membranalarining yemirilishini oldini olish va gepatotsitlar regeneratsiyasini rag‘batlantirish uchun qo‘llaniladigan dori vositalari guruhidir. Gepatoprotektorlar jigar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uning patologik jarayonlarga chidamliligini oshiradi, shikastlanishlarda uning tiklanishiga yordam beradi.
Samarali gepatoprotektorlar
Jigar holati va uning funksional holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan preparatlar samaradorligi isbotlangan jigar kassaliklarini davolash uchun dorilar deb e’tirof etilgan.
Hozirda samaradorligi isbotlangan preparatlar ro‘yxati unchalik katta emas, lekin unda jigar salomatligini yaxshilashga qodir dori vositalari mavjud.
Preparatlardan istalgan birini qo‘llash uchun klinik ko‘rsatmalar va cheklovlar belgilanishi kerak. Gepatoprotektorlarni shifokor maslahatisiz qabul qilmaslik lozim, buning ustiga dozasini mustaqil tanlash ham mumkin emas. Ushbu dori vositalarini qabul qilish tibbiy ko‘rikdan keyin qarshi ko‘rsatmalar aniqlanmagandan so‘ng amalga oshiriladi.
Bolalarga bunday dorilarni tayinlash faqat jajji bemor haqiqatan ham jigar uchun qo‘llab-quvvatlovchi terapiyaga muhtoj bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi. Shuning uchun bu guruh preparatlarini alohida ehtiyotkorlik bilan tanlash va bola uchun individual dozani tanlash zarur.
Gepatoprotektor preparatlar klassifikatsiyasi
Hozirgi vaqtda jigar kassaliklarini davolash uchun preparatlarning umumiy qabul qilingan tasnifi mavjud emas.
Shartli ravishda gepatoprotektor preparatlar ularning kelib chiqishi va tarkibiga qarab guruhlarga ajratiladi. Shunday qilib, quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
-
o‘simlik asosidagi dorilar;
-
kelib chiqishi hayvonlardan bo‘lgan dori vositalari;
-
aminokislotalar;
-
tarkibida essensial fosfolipidlar bo‘lgan preparatlar;
-
vitaminlar-antioksidantlar, vitaminga o‘xshash vositalar;
-
boshqalar.
Gepatoprotektorlar quyidagi dori shakllarida ishlab chiqariladi:
-
ampulalarda;
-
tabletkalar ko‘rinishida;
-
tomchilar ko’rinishida;
-
boshqalar.
Toshkentda gepatoprotektorlarni sotib olish
Bizning PharmaClick.uz internet-dorixonamizda eng yaxshi gepatoprotektorlar taqdim etilgan. Sizga kerakli dori vositalarini keng assortimentdagi dorilar orasidan topish uchun sayt bo‘ylab navigatsion qidiruvdan foydalaning. Buyurtma bir necha oddiy qadamlarda rasmiylashtiriladi, biz uni butun shahar bo‘ylab kerakli manzilga yetkazib berishimiz mumkin. Yetkazib berishimiz hududlarga ham taalluqli, ammo bu holatda siz buyurtmani hamkor dorixonalarimizdan olishingiz mumkin. Savollaringiz bo‘lsa, ularni mutaxassislarimizga bering.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.