Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Инозин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Belarusiya
Dozasi
2% 5мл
Производитель
Борисовский завод
Chiqarillish shakli
Tomir ichiga yuborish uchun eritmа
Riboksin amp. 2% 5ml №10 Borisovskiy haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Riboksin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) inozin (inosine)
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda inozin – 100 mg;
yordamchi moddalar geksametilentetramin, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
boshqa kardiologik vositalar.
ATX kodi S01EV.
Qo‘llanilishi
O‘tkazilgan miokard infarkti, yurak ishemik kasalligi, o‘tkazilgan infektsion kasalliklardan keyingi miokardiodistrofiya fonidagi yurak glikozidlarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan yurak ritmining buzilishini kompleks davolash. Jigar kasalliklari (gepatitlar, sirroz, yog‘li distrofiya), urokoproporfiriya. Izolyatsiya qilingan buyrakdagi operatsiyalar (qon aylanishi to‘xtatilganida farmakologik himoya vositasi sifatida).
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat vena ichiga asta-sekin oqim bilan yoki tomchilab (1 minutda 40-60 tomchi) qo‘llanadi. Davolash 200 mg dan (10 ml eritma 20 mg/ml) kuniga 1 martadan boshlanadi, so‘ngra yaxshi o‘zlashtirilganida, doza kuniga 1-2 marta 400 mg gacha (20 ml eritma 20 mg/ml) oshiriladi. Davolashning davomiyligi - 10-15 kun.
Preparatni oqim bilan faqat yurak ritmining o‘tkir buzilishlarida 200-400 mg (10-20 ml eritma 20 mg/ml) bir martalik dozada yuborish mumkin.
Ishemiyaga uchragan buyraklarni farmakologik himoya qilish uchun riboksin vena ichiga oqim bilan 1,2 g bir martalik dozada (60 ml eritma 20 mg/ml) buyrak arteriyasini qisib yopishdan 5-15 minut oldin, so‘ngra esa yana 0,8 g (40 ml eritma 20 mg/ml) qon aylanishi tiklanganidan keyin darhol yuboriladi.
Venaga tomchilab yuborishda 20 mg/ml eritma 5% dektroza (glyukoza) eritmasida yoki natriy xloridining izotonik eritmasida (250 ml gacha) suyultiriladi.
1 yoshdan oshgan bolalarga sutkada 10-20 mg/kg hisobidan 1-2 yuborishga buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Taxikardiya, allergik reaktsiyalar terini qichishishi, terini giperemiyasi (preparatni bekor qilish kerak).
Kam hollarda qondagi siydik kislotasining kontsentratsiyasini oshishi, podagraning zo‘rayishi (uzoq muddat qo‘llanganida).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, podagra, giperurikemiya, buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktatsiya davri, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanganida riboksin antiaritmik, antianginal va inotrop dori preparatlarining samarasini oshishiga yordam beradi.
Bir vaqtda qo‘llanganida steroidlar va nosteroid anabolik vositalarning samarasini kuchaytiradi.
Teofillinning bronxolitik samarasini va kofeinning psixostimullovchi ta'sirini susaytiradi.
Riboksinni boshqa guruh dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Riboksin yurak faoliyatining buzilishlarini shoshilinch to‘g‘rilash uchun qo‘llanmaydi. Riboksin uzoq muddat qo‘llanganida podagra zo‘rayishi mumkin.
Riboksinni uzoq vaqt qo‘llanganida qonda siydik kislotasining darajasini nazorat qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Ampulalarda 5 ml dan o‘ramda №10; №5 x 2.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-25oS gacha haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov» Ochiq aktsionerlik jamiyati,
Belarus Respublikasi, Minsk vil., Borisov sh., Chapayev ko‘ch., 64/27,
tel/faks +375(177) 735612.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.