Bachadon ichi spirallari
Kontratsepsiv dorilar
Qin mikroflorasini tiklash uchun dorilar
Bepushtlikni davolash uchun dorilar
Mastopatiyani davolash uchun dorilar
Emizishni to‘xtatish uchun dorilar
Kolpitga qarshi dorilar
Kandidozni davolash uchun dorilar
Endometriozga qarshi dorilar
Bachadon gipertonusiga qarshi dorilar
Tuxumdonlar faoliyati buzilishida qo’llaniladigan dorilar
Klimaks paytida qo’llaniladigan dorilar
Emizishni yaxshilovchi vositalar
Bachadon qisqarishini kuchaytiruvchi dorilar
Mioma va eroziyani davolash uchun dorilar
Aksariyat ginekologik kasalliklar asosan jinsiy yo‘llarning yuqumli kasalliklari bilan bog‘liq. Akusherlik va ginekologiyada bunday kasalliklarning oldini olish va davolash uchun ginekologik preparatlar guruhiga kiruvchi dorilar qo‘llaniladi.
Qanday kasalliklar ginekologik va mammologik dori vositalari bilan davolanadi?
Ginekologik kasalliklarni davolash kursi kasallikning turiga qarab belgilanadi (infeksion, endokrin, o‘simta). Eng ko‘p tarqalgan infeksion kasalliklar jumlasiga disbakterioz, kandidoz kiradi.
Shuningdek, endometriozda kuchli og‘riqlar bilan kechuvchi hayz davrining buzilishida ginekologik dorilar bilan davolash samarali hisoblanadi.
Tuxumdon kistalarida gormonal fon buzilishini bartaraf etishga yordam beradigan dorilar buyuriladi.
Sut bezlari patologiyalarini davolash va oldini olish uchun mammologik preparatlar zarur. Mastopatiya, kista, mastit va boshqa kasalliklar ushbu dorilarni qo‘llash uchun ko‘rsatma hisoblanadi.
Biror ginekologik yoki mammologik kasallik aniqlanganda o‘z-o‘zini davolash bilan shug‘ullanish mumkin emas. Optimal terapiyani tanlash mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ushbu guruh preparatlari boshqa preparatlar kabi bir qator nojo‘ya ta’sirlar va qarshi ko‘rsatmalarga ega ekanligini hisobga olish kerak. Preparatlarni homilador ayollar va emizikli onalar alohida ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.
Chiqarish shakllari va turlari
Ishlab chiqarilayotgan ushbu toifadagi dori vositalari quyidagi dori shakllariga ega:
- qattiq - draje, tabletkalar, spirallar, shamlar;
- suyuq - suspenziyalar, tomchilar, eritmalar, ekstraktlar;
- gazsimon spreylar.
Ginekologiyada preparatlar yuborish usuli va ta’sir mexanizmiga qarab farqlanadi. Sham va gellar eng samarali va tez ta’sir etuvchi hisoblanadi. Ginekologiyada gormonal o‘zgarishlar, hayz siklining buzilishi va boshqa bir qator patologiyalarda tabletkalar buyuriladi.
Toshkent shahrida ginekologik va mammologik kasalliklarni davolash uchun dori-darmonlar sotib olish
"PharmaClick.uz" saytida ginekologik va mammologik kasalliklarga qarshi ko‘plab samarali dori vositalari taqdim etilgan. Siz veb-saytning dori vositalari bo‘limida navigatsion qidiruvdan foydalanib, tezda buyurtma berishingiz mumkin. Sizning qulayligingiz uchun biz nafaqat Toshkent shahri bo‘ylab, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab hamkor dorixonalarga ham yetkazib beramiz. Biz har qanday dori-darmonlarni topish, sotib olish va qabul qilishda qulay sharoitlarni ta’minlashga harakat qilamiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.