Aksariyat ginekologik kasalliklar asosan jinsiy yo‘llarning yuqumli kasalliklari bilan bog‘liq. Akusherlik va ginekologiyada bunday kasalliklarning oldini olish va davolash uchun ginekologik preparatlar guruhiga kiruvchi dorilar qo‘llaniladi.
Qanday kasalliklar ginekologik va mammologik dori vositalari bilan davolanadi?
Ginekologik kasalliklarni davolash kursi kasallikning turiga qarab belgilanadi (infeksion, endokrin, o‘simta). Eng ko‘p tarqalgan infeksion kasalliklar jumlasiga disbakterioz, kandidoz kiradi.
Shuningdek, endometriozda kuchli og‘riqlar bilan kechuvchi hayz davrining buzilishida ginekologik dorilar bilan davolash samarali hisoblanadi.
Tuxumdon kistalarida gormonal fon buzilishini bartaraf etishga yordam beradigan dorilar buyuriladi.
Sut bezlari patologiyalarini davolash va oldini olish uchun mammologik preparatlar zarur. Mastopatiya, kista, mastit va boshqa kasalliklar ushbu dorilarni qo‘llash uchun ko‘rsatma hisoblanadi.
Biror ginekologik yoki mammologik kasallik aniqlanganda o‘z-o‘zini davolash bilan shug‘ullanish mumkin emas. Optimal terapiyani tanlash mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ushbu guruh preparatlari boshqa preparatlar kabi bir qator nojo‘ya ta’sirlar va qarshi ko‘rsatmalarga ega ekanligini hisobga olish kerak. Preparatlarni homilador ayollar va emizikli onalar alohida ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.
Chiqarish shakllari va turlari
Ishlab chiqarilayotgan ushbu toifadagi dori vositalari quyidagi dori shakllariga ega:
- qattiq - draje, tabletkalar, spirallar, shamlar;
- suyuq - suspenziyalar, tomchilar, eritmalar, ekstraktlar;
- gazsimon spreylar.
Ginekologiyada preparatlar yuborish usuli va ta’sir mexanizmiga qarab farqlanadi. Sham va gellar eng samarali va tez ta’sir etuvchi hisoblanadi. Ginekologiyada gormonal o‘zgarishlar, hayz siklining buzilishi va boshqa bir qator patologiyalarda tabletkalar buyuriladi.
Toshkent shahrida ginekologik va mammologik kasalliklarni davolash uchun dori-darmonlar sotib olish
"PharmaClick.uz" saytida ginekologik va mammologik kasalliklarga qarshi ko‘plab samarali dori vositalari taqdim etilgan. Siz veb-saytning dori vositalari bo‘limida navigatsion qidiruvdan foydalanib, tezda buyurtma berishingiz mumkin. Sizning qulayligingiz uchun biz nafaqat Toshkent shahri bo‘ylab, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab hamkor dorixonalarga ham yetkazib beramiz. Biz har qanday dori-darmonlarni topish, sotib olish va qabul qilishda qulay sharoitlarni ta’minlashga harakat qilamiz.